Chaldiron jangi (; 1514-yil 23-avgust) — Usmonlilarning Safaviylar ustidan qozongan hal qiluvchi gʻalabasi bilan yakunlangan jangIra M. Lapidus. Mustafa Çetin Varlık (1988—2016). „ÇALDIRAN SAVAŞI Yavuz Sultan Selim ile Safevî Hükümdarı Şah İsmâil arasında Çaldıran ovasında 23 Ağustos 1514’te yapılan meydan savaşı“. TDV Encyclopedia of Islam (44+2 vols.) (in Turkish). Istanbul: Turkiye Diyanet Foundation, Centre for Islamic Studies.. Jang natijasida Usmonlilar Sharqiy Onadoʻli va Shimoliy Iroq hududlarini Safaviylardan tortib olishgan. Gʻalaba Sharqiy Onadoʻliga (Gʻarbiy Armaniston) dastlabki Usmonlilar bosqinining boshlanishi boʻlgan. Shuningdek, ushbu jang natijasida Safaviylarning gʻarbga tomon bosqini toʻxtatilgan. Chaldiron jangi 41 yillik halokatli urushning boshlanishi edi. U 1555-yilda Amasiya shartnomasi bilan yakunlangan. Mesopotamiya va Sharqiy Onadoʻli (Gʻarbiy Armaniston) Shoh Abbos I (1588—1629) davrida Safaviylar tomonidan qayta bosib olingan boʻlsada, 1639-yilgi Zuhob sulhiga koʻra, Usmonlilar qoʻliga butunlay oʻtganLeslie P. Peirce, The Imperial Harem: Women and Sovereignty in the Ottoman Empire, (Oxford University Press, 1993), 37..

Usmonlilar jang maydonida 60000—100000 kishilik yaxshi qurollangan armiya hamda koʻplab ogʻir artilleriya qurollariga ega boʻlsa, Safaviylar qoʻshini 40000—80000 kishini tashkil etgan va shu bilan birga ularning ixtiyorida ogʻir artilleriya boʻlmagan. Safaviylar hukmdori Ismoil I jangda yaralanib, asirga tushishiga sal qolgan. Uning zavjalari Usmonli hukmdori Salim I tomonidan asirga olinganThe Cambridge History of Iran, ed. . Bir nafari Salimning davlat arboblaridan biriga xotinlikka berilganLeslie P. Peirce, The Imperial Harem: Women and Sovereignty in the Ottoman Empire, (Oxford University Press, 1993), 37.. Ismoil bu magʻlubiyatdan keyin hukumat boshqaruviniMoojan Momen, An Introduction to Shiʻi Islam: The History and Doctrines of Twelver Shiʻism, (Yale University Press, 1985), 107. tark etadi va boshqa hech qachon harbiy yurishlarda qatnashmadi. Gʻalabadan soʻng Usmonlilar Safaviylarga qarshi harbiy yurish maydonini kengaytirgan. Safaviylar poytaxti Tabrizni qisqa muddat bosib olishgan. Davlat xazinasini butunlay talon-toroj qilishganLeslie P. Peirce, The Imperial Harem: Women and Sovereignty in the Ottoman Empire, (Oxford University Press, 1993), 37.Aktürk, Ahmet Serdar (2018). „Family, Empire, and Nation: Kurdish Bedirkhanis and the Politics of Origins in a Changing Era“. Journal of Global South Studies. 35 (2): 393. doi:10.1353/gss.2018.0032. ISSN 2476-1419. S2CID 158487762..

Tarixi Ilgari Sulton Salim I bir necha bor Safaviylarga qarshi kurashgan. 1505-yilda Shoh Ismoilning akasi boshchiligidagi Safaviylar qoʻshinini magʻlub etib, mamlakat hududidan quvib chiqargan, koʻplarini qirgʻin qilganGod’s Shadow: The Ottoman Sultan Who Shaped the Modern World. Tucker, Spencer C., ed. (2010). A Global Chronology of Conflict: From the Ancient World to the Modern Middle East. ABC-CLIO. p. 483. ISBN 978-1851096725.. 1507-yilda Arzinjon jangida Shoh Ismoil Usmonlilar yerlari boʻylab Dulqodiriylarga hujum boshlagandan soʻng,Sulton Salim Arzinjonga yurish qilib, Shoh Ismoil tomonidan unga qarshi yuborilgan Safaviylar qoʻshinini magʻlub etdiThe Last Muslim Conquest: The Ottoman Empire and Its Wars in Europe. Matthee, Rudolph (Rudi). „Safavid Persia:The History and Politics of an Islamic Empire“. Retrieved 26 May 2014.. U 1510-yil Trabzon yurishida Safaviylarga qarshi yana bir bor kurash olib borib, Shoh Ismoilning akasi ustidan gʻalaba qozonadiOsmanʼs Dream. .

Manbalar

Adabiyotlar Yves Bomati and Houchang Nahavandi,Shah Abbas, Emperor of Persia,1587-1629, 2017, ed. Ketab Corporation, Los Angeles, ISBN 978-1595845672, English translation by Azizeh Azodi. Floor, Willem (2001). Safavid Government Institutions. Costa Mesa, California: Mazda Publishers. ISBN 978-1568591353. McCaffrey, Michael J. (1990). „ČĀLDERĀN“. Encyclopaedia Iranica, Vol. IV, Fasc. 6. pp. 656-658. Mikaberidze, Alexander (2015). Historical Dictionary of Georgia (2 ed.). Rowman & Littlefield. ISBN 978-1442241466. Savory, Roger (2007). Iran Under the Safavids. Cambridge: Cambridge University Press. ISBN 978-0521042512. Turkum:Usmonlilar imperiyasi Turkum:Usmonlilar Iroqi Turkum:Safaviylar ishtirokidagi janglar