Ruslan Shamilovich Chagayev (, , 1978-yil 19-oktyabr, Andijon, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek bokschisi, Butunjahon Boks Assotsiatsiyasi (ingl. WBA) versiyasi boʻyicha super ogʻir vaznda jahon chempioni. Ogʻir vaznda (81-91 kg) havaskorlar orasida Osiyo hamda jahon chempioni.
Faoliyati Bokschi, „Oʻzbekiston iftixori“ (1998), Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2000). Andijon respublika olimpiya oʻrinbosarlari bilim yurtida tahsil olgan (1991—1997), Andijon universitetini tugatgan (2002). 91 kg vazn toifasida Oʻzbekiston (1996, 1999, 2000, 2001), Markaziy Osiyo oʻyinlari (1995, Toshkent; 1997, Olmaota), Osiyo (1995, 1999, Toshkent), Osiyo oʻyinlari (1998, Bangkok), jahon (1997, Budapesht) chempioni. U 91 kg dan ziyod vaznda ham jahon chempioni boʻlgan (2001, Belfast). 2001-yildan professional bokschi. Gamburg (GFR)ning „Universum boks promoshn“ klubi bilan shartnoma imzolab, reyting uchrashuvlarini oʻtkazib keladi (2004). „El-yurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan (2001)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
1997-yilgi havaskorlar oʻrtasidagi Jahon Chempionati finalida kubalik bokschi Feliks Savonni magʻlubiyatga uchratib, oltin medalni qoʻlga kiritgan, lekin keyinchalik professional bokschi sifatida chetlatilgan. Ruslan Chagayev „Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan sportchi“, „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvonlari bilan mukofotlangan.
2007-yilning 14-aprel kuni WBA versiyasi boʻyicha jahon chempionligi uchun Nikolay Valuyev bilan ringga chiqdi. Ushbu bahsda Ruslan 114-114, 115-113, 117-111 hisobida ochkolar boʻyicha gʻalaba qozondi. Bu janggacha Valuyev bironta uchrashuvida magʻlubiyatga uchramagan edi.
Germaniyaning Gamburg shahrida yashaydi va shugʻullanadi. Murabbiyi: Mixael Timm (nem. Michael Timm). Uylangan, bir oʻgʻli bor. thumb|Nikolay Valuyev bilan jangda Ruslan Chagayev 2008-yilning 19-yanvarida Britaniyalik bokschi Matt Skelton bilan oʻz unvonini himoya qilish uchun ringga chiqdi. Bu jang 12 raund davom etib, ochkolar boʻyicha gʻalaba Ruslan Chagayevga berildi va u oʻz chempionlik kamarini yana bir marta oʻzida saqlab qoldi.
Lekin ayrim axborot manbalari tarqatgan xabarga koʻra, Chagayev va Valuyev jangi 5-iyulga qoldirilganBBC Oʻzbek xizmati. Jang sanasi muddatining uzaytirilishiga Ruslan Chagayevning sogʻligi yomonligi sabab boʻlgan.
Ruslan Chagayev 2007-yilda „rossiyalik dev“ laqabli Nikolay Valuevni yengib, ilk bor professional boksning WBA yoʻnalishi boʻyicha eng ogʻir vazn toifasida Jahon chempioni boʻlgan va oʻshanda Oʻzbekistonda chempionni millionlab ishqibozlari oliqshlar bilan kutib olganChechen rahbari Chagaevni oʻziniki qilib oldi.
2011-yil 27-avgustda Chagayev rossiyalik Aleksandr Povetkin bilan WBA muntazam jahon chempioni unvoni uchun jangda ringga chiqdi. Jangning boshidanoq Aleksandr oʻzining murabbiyi Teddi Atlas rejalashtirganidek, hujumga oʻtishni boshladi. 5-o‘yin oxiri — 6-tur boshiga qadar Povetkinning ustunligi sezilarli bo‘lib, ochkolar bo‘yicha peshqadam edi. Keyin esa Chagayevning oʻzi ancha tajovuzkor harakat qila boshladi. Uning zarbalari raqibiga aniq yetib bordi va bir nuqtada ochkolar uning foydasiga ishlay boshladi. Biroq Chagayev tezda charchay boshladi va 11-raunddan boshlab ustunlik yana Povetkinga oʻtdi, u koʻp boʻlmasa-da, baribir Chagayevning kuchli toʻsigʻini yorib oʻtdi. Natijada, Ruslan soʻnggi raundda umumiy zarbalar boʻyicha raqibidan ustun keldi, shu bilan birga ularning soni boʻyicha sezilarli darajada magʻlub boʻldi. Yakunda hakamlar bir ovozdan gʻalabani Povetkinga berishdi: 116-112, 117-113, 117-113Takogo krasivogo boya Xolifild ne videl uje mnogo let.
Ruslan Aleksandr Povetkinga yutqazgach, 2011-yilda ringga chiqmagan. Reytingdagi oʻrinlarni yoʻqotib, 2012-yil boshidan beri Chagayev sakkiz raundlik janglardan asta-sekin tiklana boshladi. Shunday qilib, 28-yanvar kuni Ruslan mashhur bokschi Kerston Mansvellni magʻlub etdi.
21-aprel kuni Ruslan Chagayev amerikalik Billi Zambranni mutlaq nokautga uchratdi.
2012-yilning 1-sentyabr kuni Feliks Shturm va Daniel Gil jangining underkatida u germaniyalik taniqli sportchi Verner Kreyskottni 7-raundda nokautga uchratdi.
2012-yilning 1-dekabrida Ruslan bu yilgi toʻrtinchi jangini magʻlubiyatsiz kubalik Mayk Peresga (18:0) qarshi oʻtkazishi kerak edi, ammo jangdan bir hafta oldin Peres jarohat oldi va jang bekor qilindi.
Faoliyatining tugashi 2016-yil 17-oktyabrda u boksdagi faoliyatini yakunlash to‘g‘risida yakuniy va qaytarib bo‘lmaydigan qarorni qabul qildi. Bunga Lukas Braun bilan soʻnggi jangdan keyin kuchaygan koʻrish bilan bogʻliq muammosi sabab boʻldi.
Jang natijalari Yil Sana Joy Raqib Kamar Natijalar 1997 21-Avgust Hollywood Casino, Aurora, Illinois, Vereinigte Staaten Donnie Penelton Gʻalaba/ KO 1 3-sentyabr Ramada Inn, Rosemont, Illinois, Vereinigte Staaten Brian Jones Gʻalaba/ KO 2 2001 21-sentyabr Toshkent, Oʻzbekiston Everett Martin Gʻalaba/ TKO 4 2002 14-aprel Hard Rock Hotel and Casino, Las Vegas, Nevada, Vereinigte Staaten Val Smith Gʻalaba/ KO 1 11-may Grand Casino, Biloxi, Mississippi, Vereinigte Staaten Chris Isaac Gʻalaba / 8 raundlik jang 5-oktyabr Cobo-Hall, Detroit, Michigan, Vereinigte Staaten Rob Calloway Nomaʼlum/ 3 raundlik jang 2003 22-may Yonkers Raceway, Yonkers, New York, Vereinigte Staaten Zakeem Graham Gʻalaba / TKO 3 18-Noyabr Universum Gym, Wandsbek, Hamburg, Deutschland Daniel Frank Gʻalaba / KO 2 2004 17-Fevral Hansehalle, Luebeck, Schleswig-Holstein, Deutschland Sedreck Fields Gʻalaba / 6 raundlik jang 30-Mart Saaltheater Geulen, Aachen, Nordrhein-Westfalen, Deutschland Alexei Varakin Gʻalaba/ KO 2 18-may Hansehalle, Luebeck, Schleswig-Holstein, Deutschland Wade Lewis Gʻalaba/ TKO 1 22-Iyun Sportzentrum, Telfs, Österreich Sedreck Fields Gʻalaba/ KO 2 31-Iyul Hanns-Martin-Schleyer-Halle, Stuttgart, Baden-Württemberg, Deutschland Garing Lane Gʻalaba/ KO 5 26-oktyabr Scandlines Arena, Rostock, Mecklenburg-Vorpommern, Deutschland Willie Williams Gʻalaba/ KO 3 16-Noyabr Kugelbake Halle, Cuxhaven, Niedersachsen, Deutschland Asmir Vojnovic Gʻalaba/ TKO 4 14-Dekabr Freizeit Arena, Soelden, Österreich Tommy Connelly Gʻalaba/ TKO 2 2005 26-Mart Sachsen, Deutschland Sherman Williams Gʻalaba / 8 raundlik jang 28-sentyabr Color Line Arena, Altona, Hamburg, Deutschland Jucimar Francisco Hipolito Gʻalaba/ TKO 1 22-oktyabr Brandberge Arena, Halle an der Saale, Sachsen-Anhalt, Deutschland Mark Krence Gʻalaba/ KO 5 2006 7-Yanvar Zenith — Die Kulturhalle, Munich, Bayern, Deutschland Rob Calloway Gʻalaba/ KO 2 11-Mart Color Line Arena, Altona, Hamburg, Deutschland Vladimir Virchis WBA Inter-Continental-Titel Gʻalaba / 12 raundlik jang 15-Iyul Color Line Arena, Altona, Hamburg, Deutschland Michael Sprott WBA Inter-Continental-Titelverteidigung Gʻalaba/ TKO 8 18-Noyabr Nordrhein-Westfalen, Deutschland John Ruiz Gʻalaba / 12 raundlik jang 2007 14-aprel Porsche-Arena, Stuttgart, Baden-Württemberg, Deutschland Nikolay Valuev WBA-Weltmeisterschaft Gʻalaba / 12 raundlik jang 2008 19-Yanvar Burg-Wächter Castello, Düsseldorf, Nordrhein-Westfalen, Deutschland Matt Skelton WBA-Titelverteidigung Gʻalaba / 12 raundlik jang 2009 7-Fevral Stadthalle, Rostock, Mecklenburg-Vorpommern, Deutschland Carl Davis Drumond WBA-Titelverteidigung Gʻalaba / 6 raundlik jang 20-Iyun Veltins-Arena, Gelsenkirchen, Nordrhein-Westfalen, Deutschland Vladimir Klichko IBF- und WBO-Weltmeisterschaft Magʻlubiyat 2010 22-may Rostok, Deutschland Mian Kali Gʻalaba / 12 raundlik jang(Quelle: BoxRec-Datenbank )
Shaxsiy hayoti Ruslan Chagayevning millati tatarRuslan Chagaev: Tolko posle boya ya razglyadel, kakoy je Valuev ogromniy!, islom diniga eʼtiqod qiladi. Uning otasi Shamil Chagayev, Kalda qishlogʻida tugʻilgan (Ulyanovsk viloyati Barishskiy tumani), 1950-yilda oila Oʻzbekiston SSRga koʻchib kelgan. Onasi, O‘zbekistonda tug‘ilgan Zamira Chagayeva 2005-yilda Moskvada vafot etganChempion mira WBA Ruslan Chagaev (Uzbekistan): Tolko posle boya ya razglyadel, kakoy je Valuev ogromniy! — Teksti — Sovetskiy Sport.
Xotini — Viktoriya arman millatiga mansub, andijonlik, Andijon tibbiyot institutini tamomlagan.
Manbalar
Havolalar Ofitsialniy sayt Ruslana Chagayeva Match-revansh Valueva s Chagayevim naznachen na 31-maya Ruslan Chagayev zaщitil titul protiv Metta Skeltona Profayl Ruslana Chagayeva na boxing.de Profayl Ruslana Chagayeva na boxrec.com Luchshie boi Ruslana Chagayeva Intervyu i video s Ruslanom Chagayevim
Turkum:„Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston bokschilari Turkum:Alifbo boʻyicha bokschilar Turkum:Boks boʻyicha Osiyo Chempionlari Turkum:21-asrda Oʻzbekiston sportchilari