Anthony Louis () (1995-yil 10-fevralda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkeychi. Anthony Louis hozirda Kontinental xokkey ligasida (KHL) „Barys Nur-Sultan“ xokkey klubi bilan oʻynamoqda. Anthony Louis 2013-yilgi NHL kirish loyihasida 181-oʻrindagi tanlov asosida „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi tarkibiga qabul qilindi.
Oʻyin faoliyati Anthony Louis 2013-—2017-yillarda („Chicago Blackhawks“ xokkey klubi bilan shartnoma imzolangunga qadar) Miami universiteti xokkey jamoasida oʻynadi. „Miami RedHawks“ universitet xokkey klubidagi faoliyati davomida Anthony Louis 2016—2017-yilgi mavsumda 36 ta oʻyinda maydonga tushib, 39 ochko toʻplashga muvaffaq boʻldi. Anthony Louis universitetdagi faoliyati davomida toʻrt mavsum davomida 145 ta oʻyinda 46 ta gol va 80 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
2017-yilning 13-martida Anthony Louis oʻzining professional faoliyatini boshladi va „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi bilan ikki yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Anthony Louis mavsumning qolgan qismi uchun klubning AHL filiali „Rockford IceHogs“ xokkey klubi safiga yuborildi.
Anthony Louis 2019-yil 25-iyun kuni „Chicago Blackhawks“ xokkey klubini erkin agent sifatida tark etdi. 2019-yil 8-avgustda Anthony Louis amaldagi chempion „Carolina Hurricanes“ xokkey klubi filiali „Charlotte Chekers“ xokkey klubi bilan bir yillik AHL shartnomasini imzoladi. Anthony Louis 2019—2020-yilgi mavsumda klub safida 8 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol qayd etdi. Shundan soʻng, Anthony Louis 2019-yil 20-noyabrda „Dallas Stars“ klubiga tegishli „Texas Stars“ xokkey klubiga almashtirildi.
„Texas Stars“ xokkey klubi bilan uch mavsumdan soʻng, Anthony Louis 2021—2022-yilgi mavsumidan keyin erkin agent sifatida klubni tark etdi. 2022-yilning 15-iyulida u xorijdagi birinchi shartnomasini Qozogʻistonning KHL vakili „Barys Nur-Sultan“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2013—2014Miami RedHawksNCHC3612132510—————2014—2015Miami RedHawksNCHC37927368—————2015—2016Miami RedHawksNCHC3611152627—————2016—2017Miami RedHawksNCHC3614253920—————2016—2017Rockford IceHogsAHL131234—————2017—2018Rockford IceHogsAHL701430448905502018—2019Rockford IceHogsAHL7412223428—————2019—2020Charlotte CheckersAHL81012—————2019—2020Texas StarsAHL389112010—————2020—2021Texas StarsAHL351115268—————2021—2022Texas StarsAHL662431552220000AHL jami3047211118382110550
Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2012-yil Qoʻshma Shtatlar U17 5 3 4 7 2 2012-yil Qoʻshma Shtatlar U18 6 0 1 1 2 2013-yil Qoʻshma Shtatlar U18 7 1 3 4 2 2015-yil Qoʻshma Shtatlar WJC 5 5 0 0 0 2 Jami 23 4 8 12 8
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha xokkeychilar Turkum:AQSh xokkeychilari