Quincy Anton Promes (; 1992-yil 4-yanvarda Amsterdamda tugʻilgan) – gollandiyalik professional futbolchi, hujumkor yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi.
Xalqaro faoliyati 2014-yil 5-mart kuni Fransiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Promes 22 yoshida Gollandiya terma jamoasi safida debyut qilgan. 13-oktabr kuni Islandiya terma jamoasiga qarshi Yevropa chempionati-2016 saralash oʻyinida Quincy terma jamoadagi rasmiy debyutini oʻtkazgan. Quincyning Gollandiya terma jamoasidagi dastlabki oltita oʻyini jamoaning magʻlubiyati bilan yakunlangan. Bir qator muvaffaqiyatsiz oʻyinlar tufayli Gollandiya terma jamoasi sensatsion tarzda oʻz guruhida atigi 4-oʻrinni egallab, 2016-yilgi Yevropa chempionatiga chiqa olmagan. Faqat yettinchi oʻyinda Gollandiya Promes ishtirokidagi oʻrtoqlik uchrashuvida Uels termasini magʻlub etishga muvaffaq boʻlgan.
2016-yilning 7-oktabr kuni JCh-2018 saralashida Belarusga qarshi oʻyinda 15-uchrashuvida Promes dubl qayd etib, terma jamoadagi ilk gollarini kiritgan.
2018-yilning 19-noyabr kuni Millatlar ligasining oltinchi turida Germaniya terma jamoasiga qarshi oʻyinda 85-daqiqada Manuel Neuer darvozasiga birinchi golni urgan, bu gol bilan Quincy jamoasiga yordam bergan. 2019-yil 6-iyun kuni Millatlar ligasi yarim finalida Angliyaga qarshi oʻyinda Promes zaxiradan maydonga tushgan va qoʻshimcha vaqtda jamoasining uchinchi golini kiritgan. Millatlar ligasining Portugaliyaga qarshi final oʻyinida Promes ikkinchi boʻlimda Rayan Babel oʻrniga maydonga tushgan, bu bahsda Gollandiya Portugaliyaga yutqazgan.
2021-yil 26-may kuni Promes Gollandiya terma jamoasining 2020-yilgi Yevropa chempionati final bosqichida ishtirok etish uchun yakuniy tarkibiga kiritilgan. EURO-2020da u Shimoliy Makedoniya terma jamoasiga va Chexiya terma jamoasiga qarshi ikkita oʻyin oʻtkazgan. Bu oʻyinlarda u zaxiradan maydonga tushgan. Chexiyaga qarshi oʻyin Promes uchun Niderlandiya terma jamoasidagi 50-oʻyin boʻlgan.
Statistika
JamoaMavsumLigaMilliy kubokUEFABoshqaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolTwente2011—20123000——302012—2013000010—102013—2014311100——3111Jami34110010003511Go Ahead Eagles (ijara)2012—2013321331—634117Spartak Moscow2014—2015281310——29132015—2016301820——32182016—201726121020—29122017—2018261543721138212018—2019510021—72Jami11558831131113566Sevilla2018—201933260101—493Ajax2019—2020201210641028162020—20211961050—256Jami391820114105322Spartak Moscow2020—202111300——1132021—20222263462—31122022—2023161453—102217Jami49238762106432Umumiy faoliyatida3021262711391094377151
Manbalar
Havolalar
Quincy Promes Voetbal International saytida Netherlands U21 stats OnsOranje saytida
Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:4-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:FK Tvente futbolchilari Turkum:Go Ahead Eagles futbolchilari Turkum:FC Spartak Moskva futbolchilari Turkum:Sevilla FC futbolchilari Turkum:AFC Ajax futbolchilari Turkum:United FC (Dubay) futbolchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Eerste Divisie futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:BAA Birinchi ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi muhojir erkak futbolchilar