thumb|225x225px| Airbus A340-600Thai Airways (inglizcha: Thai Airways International Public Company Limited; tay tili: การบินไทย) — Thai Airways International sifatida faoliyat yuritadi, Tailand milliy aviakompaniyasi hisoblanadi. 2020-yil 19-mayda bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritish eʼlon qilindi.
Aviakompaniyaning asosiy aeroporti — Suvarnabhumi. Thai Airways International Star Alliancening asoschisi hisoblanadi. Aviakompaniya eng uzun toʻxtovsiz yoʻlovchi reyslarini amalga oshiradi, jumladan Bangkok — Los-Anjeleshttps://samolets.com/thai-airways/. thumb|224x224px| Boeing 747-400 thumb|225x225px| Airbus A380
Tarix 1960-yilda tashkil etilgan Thai Airways International taniqli SAS aviakompaniyasining bevosita ishtirokida tashkil etilgan qoʻshma korxona maqomiga ega edi. 1977-yilgacha SAS Thai Airways International kompaniyasining 30% ulushiga ega edi. 1977-yilda SAS kompaniyaga tegishli aktsiyalarning bir qismi (15%) Tailand hukumati tomonidan sotib olindi. Oʻzining texnik parkini va parvozlar geografiyasini oshirish boʻyicha strategik dastur doirasida Thai Airlines 1988-yilda Tailandning eng yirik mahalliy aviatashuvchisi Thai Airways kompaniyasi bilan birlashdi. Thai Airlines bir vaqtning oʻzida jahon aviatashuvchilarning eng yirik alyansi — Star Allianceni yaratish tashabbuskorlaridan biri boʻlgan.
Flot 2018-yil oktyabr oyida Thai Airways quyidagi samolyotlardan foydalanhan: Thai Airways xalqaro flotiSamolyot turiXizmatdaYoʻlovchi sigʻimiEslatmalarFCYJamiAirbus A350-90012N/D—Airbus A380-80061260435507—Boeing 747-40081040325375—Boeing 777-2006—30279309Ishdan chiqarish rejalashtirilganBoeing 777-200ER6030262292—Boeing 777-3006—34330364—right|thumb| Aviakompaniya shtab-kvartirasi Ultra uzoq parvozlar 2005-yil 1-maydan 2008-yil 1-iyulgacha Thai Airways International uzoq masofali A340-500 laynerida Bangkok — Nyu-York reysini toʻxtovsiz amalga oshirdi. Parvoz vaqti taxminan 17 soat edi. Shu bilan birga, Nyu-Yorkdan Bangkokga parvoz Norvegiya, Rossiya, Afg'oniston va Hindiston hududlari orqali amalga oshirilgan, qaytish esa Xitoy, Sharqiy Sibir, Alyaska va Kanada hududlari orqali amalga oshirilgan. Samolyotlarning bandligi 80% bo‘lishiga qaramay, yoqilg‘i sarfi ko‘p bo‘lgani uchun parvozlar bekor qilingan.
Manbalar
Turkum:Tailand aviakompaniyalari