Markos Danilo Ureña Porras (; 1990-yil 5-martda Kosta-Rikaning San-Xose shahrida tugʻilgan) — Kosta-Rikalik futbolchi, „Central Coast Mariners“ futbol klubi va Kosta-Rika terma jamoasi hujumchisi.

Klublardagi faoliyati Marcos Ureña professional faoliyatini 2007-yilda „Alajuelense“ futbol klubida boshlagan. 2007—2008-yilgi birinchi professional mavsumida u 9 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan va jamoa bilan birgalikda Kosta-Rika vitse-chempioniga aylangan va shu tariqa kumush medali bilan taqdirlanishgan.

2008—2009-yilgi mavsumda u 12 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan va yana vitse-chempionga aylangan. Keyingi mavsumda Marcos Ureña toʻliq tayanch oʻyinchisiga aylangan, 23 ta uchrashuvda 4 ta gol urgan.

2010—2011-yilgi mavsumda Marcos Ureña 21 ta oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol urgan va faoliyatida birinchi marta Kosta-Rika chempioniga aylangan.

2014-yilning avgust oyida Marcos Ureña Daniya chempionatining „Midtjylland“ futbol klubiga toʻrt oylik ijaraga oʻtgan. 2014-yilning 10-dekabrida u klub bilan 4 yillik shartnoma imzolagan.

2016-yil 21-iyulda „Midtjylland“ futbol klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati 2007-yilda Marcos Ureña Kosta-Rikaning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi tarkibida Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionati final turniri doirasida 4 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan. 2009- yilda u Kosta-Rikaning 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi uchun Misrda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati final turnirida 7 ta uchrashuv oʻtkazgan va 3 ta gol urgan.

2009-yildan buyon Kosta-Rikaning asosiy terma jamoasi azosi. 2011-yilda u milliy terma jamoa tarkibida Markaziy Amerika kubogi finalchisi boʻlgan va u yerda 73-daqiqada jamoasining yagona golini kiritgan.

2011-yil iyun oyida u jamoa bilan CONCACAF oltin kubogiga yoʻl olgan, u yerda birinchi oʻyinda Kuba terma jamoasiga 2 ta gol urgan. Oʻsha uchrashuv natijalariga koʻra, Marcos Ureña uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Keyin esa Meksikaga qarshi uchrashuv finalida gol urgan. Natijada oʻsha turnirda u jamoaning barcha 4 ta oʻyinida maydonga tushgan.

Statistika Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin GolL. D. Alajuelense 2006—2007 2 0  — —20 2007—2008 10 1101 2008—2009 15 1151 2009—2010 25 5255 2010—2011 21 4214Jami 63 11  —  — 63 11F. C. Kuban Krasnoda 2011—2012 20 0 1 0 —210 2012—2013 6 0 1 070 2013—2014 5 0 1 0 2 080Jami 31 0 3 0 2 0 36 0F. C. Midtjylland 2014—2015 21 3 1 1 —224 2015—2016 8 2 1 0 7 0162Jami 29 5 2 1 7 0 38 6Brøndby I. F. 2016 13 0 1 0 2 0160Jami 13 0 1 0 2 0 16 0San Jose Earthquakes 2017 26 5 0 0 —265Jami 26 5 0 0  — 26 5Los Angeles F. C. 2018 18 1 1 1 —192Jami 18 1 1 1  — 19 2L. D. Alajuelense 2019 9 0  — —90 2019—2020 32 123212Jami 41 12  —  — 41 12Gwangju F. C. 2020 8 0 2 0 —100Jami 8 0 2 0  — 10 0Central Coast Mariners F. C. 2020—2021 22 5  — —225 2021—2022 26 7 4 1308Jami 48 12 4 1  — 52 13 Umumiy faoliyatida 277 46 13 3 11 0 301 49

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kosta-Rikalik erkak futbolchilar