Zachary Yuen () (1993-yil 3-martda tugʻilgan) () – kanadalik-xitoylik professional xokkey himoyachisi. Hozirda Zachary Yuen Kontinental xokkey ligasi (KHL) vakili „Kunlun Red Star“ xokkey jamoasida oʻynamoqda. Yuen NHLga kirish loyihasida xitoylik boʻlgan birinchi oʻyinchilardan biri edi.

Klublardagi oʻyin faoliyati Zachary Yuen dastlab, Gʻarbiy xokkey ligasining (WHL) „Tri-City Americans“ xokkey klubi bilan faoliyatini boshlagan edi. Shundan soʻng, Zachary Yuen 2011-yilda „Winnipeg Jets“ xokkey klubi safiga NHL kirish loyihasida 119-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Zachary Yuen NHL kirish loyihasida ishtirok etgan birinchi xitoylik xokkeychilardan biriga aylandi.

„Tri-City Americans“ xokkey klubi bilan yana ikki mavsum oʻynaganidan soʻng, Zachary Yuen 2013—2014-yilgi mavsumda Amerika xokkey ligasi (AHL) vakili „Toronto Marlies“ xokkey klubi bilan ilk professional oʻyini oʻtkazdi. Zachary Yuen ECHLga tayinlanishidan oldin „Toronto Marlies“ klubi bilan uchta oʻyin oʻtkazdi.

Zachary Yuen 2016-yilda Kontinental xokkey ligasi (KHL) vakili „Kunlun Red Star“ xokkey jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Zachary Yuen „Amur Khabarovsk“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (1:0 hisobida gʻalaba) maydonga tushib, raqib darvozasiga gol urishga muvaffaq boʻldi. Zachary Yuen „Kunlun Red Star“ xokkey klubi uchun gol urgan birinchi xitoylik xokkeychiga aylandi.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati Zachary Yuen 2022-yil 28-yanvarda boʻlib oʻtadigan 2022-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida Xitoy milliy xokkey terma jamoasi vakili sifatida terma jamoaga chaqirilgan.

Shaxsiy hayoti Zachary Yuen Britaniya Kolumbiyasining Vancouver shahrida tugʻilgan. Uning otasi Hong Kongdan koʻchib kelgan. Zachary Yuenning onasi uning ota-bobosi Hong Kongdan koʻchib kelganidan keyin Vancouverda tugʻilgan.

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2008—2009Tri-City AmericansWHL40000710122009—2010Tri-City AmericansWHL421341922112122010—2011Tri-City AmericansWHL72824326510033122011—2012Tri-City AmericansWHL661226384615145182012—2013Tri-City AmericansWHL7193443585011102013—2014Toronto MarliesAHL30004—————2013—2014Orlando Solar BearsECHL481111230—————2014—2015Wheeling NailersECHL2734716—————2014—2015Gwinnett GladiatorsECHL356101638—————2015—2016Atlanta GladiatorsECHL1717810—————2015—2016Idaho SteelheadsECHL513172048701162016—2017Kunlun Red StarKHL60381142510142017—2018Kunlun Red StarKHL2121318—————2017—2018KRS HeilongjiangVHL80004—————2018—2019Kunlun Red StarKHL3511241—————2019—2020KRS BSU BeijingVHL130448—————2021—2022Kunlun Red StarKHL2902218—————ECHL jami17814496314270116KHL jami1456121811951014

Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2010 Kanada U17 5 5 0 1 1 6 2022 Xitoy OG 12 4 0 0 0 0 2022 Xitoy WC D2A 27 4 0 3 3 29 Oʻsmirlar safida 5 0 1 1 6 Kattalar safida 8 0 3 3 29

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanada xokkeychilari