Boku () — Ozarbayjon Respublikasining poytaxti. Absheron yarimorolida, Kaspiy dengizining gʻarbiy sohilida joylashgan. Maydoni 2130 km², taxminan 2,2 mln aholiga ega. Boku shahri tarkibiga 12 tuman, 5 shahar tipidagi posyolka va 32 qishloq kiradi.
Shahar markazi qismi Boku buxtasiga zinapoyasimon pasayib tushuvchi amfiteatr shaklida joylashgan. Bokuning dengiz sohili qismi okean sathidan taxminan 28 m quyidadir. Boku viloyati hududida minerallardan neft, gaz va qurilish materiallari qazib olinadi; muolaja uchun muhim mineral suvlar chiqadi. Koʻpgina balchiq vulqoni mavjud. Iqlimi quruq subtropikdir. Oʻrtacha havo darajasi yanvarda 3-4 °C, iyulda esa 25-26 °C boʻladi. Yiliga 210 mm yogʻin yogʻadi. Kuchli shimol shamoli (xazriy) va janub shamoli (gilavar) Bokuga xosdir.
Boku shahrida va Absheron yarimorolida insonlar qadim zamonlardan beri oʻtroqlashgan va bu yerda aholi punktlari hosil boʻlgan. Bunga sabab Boku shahrining fizik-geografik sharoiti shimoldan janubga, gʻarbdan sharqqa migratsiya va tijorat yoʻllarining kesishgan markazida joylashishi, iqlim sharoiti va eng qadimgi davrdan yer yuziga chiqqan nafta nomli yoqilgʻi va energiya boyligi boʻlgan. Absheron hududida topilgan arxeologik materiallar Bokuda qadimdan insonlar yashaganini isbotlaydi. Pirallahi, Zigʻ koʻli atrofi, Shuvalan, Mardakon, Amirjon va boshqa yerlarda mil.av. III-I mingyilliklarga oid arxeologik ashyolar topilgan. Bokuning paydo boʻlish tarixi nomaʼlum.
Boku Kavkazdagi eng muhim turistik makonlardan biri hisoblanadi. 2014-yilda Boku Forbes jurnalining ruslar uchun biznes sohasida eng jalb qiluvchi sobiq SSSR shaharlari reytingida top oʻnlikka kirgan. 2015-yilda Boku Lonely Planetning sayohat uchun eng qiziqarli makonlar reytingida yettinchi, New York Times gazetasining „2015-yilda safar qilish uchun dunyoning eng yaxshi joylari“ reytingida esa 51-oʻringa loyiq koʻrildi. 2016-yilda Trip Advisor sayohat saytining yiqqan savol anketasida eʼtiborga molik va rivojlanayotgan turizm mintaqalari roʻyxatida Boku shahri 5-oʻrinni egallagan.
Tarixi Etimologiya Boku nomining kelib chiqishi haqida turli fikrlar mavjud. Boku toponimining qadimiyligi haqidagi ilk maʼlumotga Ivan Meshaninovning 1927-yilda Bokuda nashr qilingan „Misr va Kavkaz“ nomli maqolasida duch kelish mumkin. Taxminlarga koʻra, mil.av. III mingyillik oxirlariga tegishli „Marhumlar kitobi“ Misr mifologiyasi toʻplamida aks etgan „Bakhav“ toponimining Kavkazda shakllangan formasidir. Soʻz oʻzagi boʻlgan „Baka“ — „Quyosh chiqqan joy“ yoki „Tong shafagʻi“ sifatida talqin qilinadi. Bu toponim Buyuk Kavkaz sharqida joylashgan Boku bilan bir deb taxmin qilinadi.
Baʼzi manbalarga koʻra, Boku nomi ilk marta V-VIII asr manbalarida „Bagavan“ yoki „Baguan“, „Atshi Bagavan“ yoki „Atshi Baguan“, yaʼni „Otash Baguan“ koʻrinishida uchraydi. Baga soʻzning oʻzagi, „an“ va „van“ esa makonni bildiradi. Toponim milodiy VII asrda bu hududda yashagan „bakan“ urugʻi bilan aloqador deb hisoblanadi, baʼzilarning fikricha esa, „Bakuya“ soʻzidan olingan.
Boku nomlaridan biri esa fors tilidan olingan „Badi Kuba“ soʻzining qoʻshilishidan kelib chiqqan degan taxmin ham mavjud. Fors tilidan tarjima qilinganda „Shamollar shahri“ maʼnosidagi bu soʻz aynan Bokuning haqiqiy tarixi ekanligini bir qancha olimlar taʼkidlaydi.
Professor Sara Ashurbeyli Bokuning eng qadimiy nomi „Xunsar“ boʻlganini bildiradi. Bu toponimning tarkibi 3 000 yildan ortiq vaqtdan beri mavjud ekanligini koʻrsatadi. Xunsar maʼnosi „Quyoshga oʻgirilgan“ demakdir.
Kavkazshunos Kerop Patkanov shaharning nomi lak soʻzi „Baki“-dan (tepalik) kelib chiqqan deb taʼkidlaydi. Bu gipotezaga koʻra, Boku tepaliklar ustida joylashgani sababli shaharning ham nomi bu soʻzdan olingan. Bu fikrni geografiya fanlari doktori Budak Budakov bildiradi.
Gerbi thumb|Boku gubernatorligi gerbi Boku shahrining ilk ramzi har ikki tomonida olov simvoli boʻlgan quyosh tasvirining oʻrtasidagi buqa surati boʻlgan. Buqa surati avval qalʼa devorining kirish eshigida aks etgan ekan. Tashqi qalʼa devorlari 1886-yilda buzib tashlangan va uning darvozasi ichki qalʼa devorida — Shoh Abbos darvozasida qaytadan qurilgan. Bokuning qadimiy simvoli boʻlgan buqa tasviri hozirgi kunda Icherishaharning Qoʻsha Qalʼa darvozalarining ustida tasvirlangan. Buqaning oʻng va chap tomoni sher tasviri bilan qoplangan. Baʼzi tadqiqotchilar sher surati Safaviylar hokimiyati simvoli boʻlganini taʼkidlaydilar.
Boku shahrining ilk rasmiy gerbi 21-may 1843-yilda tasdiqlangan. 4 qismdan iborat qalqonsimon panelning birinchi oltin qismida yoʻlbars, ikkinchi oltin qismida yerdan chiqib yonayotgan gaz gulxanlari tasvirlangan. Panelning bu ikki qismi tasviri Rossiyaning Kaspiy viloyati gerbidan olingan. Gerbning koʻk rang fonidagi 3-qismida yuk ortilgan tuya tasvirlangan. Bu shahar aholisining yuk tashish bilan shugʻullanganliklari timsolidir. Gerbning koʻk rang fonidagi 4-qismidagi yerga sanchilgan langar tasviri esa Bokuning port shahri ekanligidan dalolat beradi.
Boku shahrining ikkinchi gerbi 16-mart 1883-yilda tasdiqlandi. Gerbning qora rangli qalqonsimon panelida uch oltin rangli olov tasvirlangan. Qalqon gubernatorlik va shahar gerblarida ishlangan qizil rangli Aleksandr lentasi (Knyaz Aleksandr Nevskiy nomiga taʼsis etilgan ordenga taqilgan lenta) bilan oʻralgan ikki oltin sunbula bilan qoplangan va shaharlarning gerbida foydalanilgan uch burchakli qalʼa tasviri bilan tugaydi.
14-aprel 1967-yilda Boku shahrining uchinchi gerbi qabul qilingan. Gerb oʻrtasida moviy toʻlqinlar ustida Ozarbayjonni „Olov yurti“ simvoliga aylantirgan uch oltin rangli mashʼala tasvirlagan. 1975-yilda ushbu gerbga qoʻshimchalar kiritildi. Bokuning bugungi gerbi Asosnomasi Boku shahri Ijro hokimiyati hokimining 2001-yil 29-martdagi farmoni bilan tasdiqlandi. Boku shahrining zamonaviy gerbi uning rasmiy ramzidir.
Qadimgi davr thumb|right| 1964-yilda Icheri sheher minorasi yaqinida Omar Ismizada tomonidan olib borilgan arxeologik qazishmalarda topilgan. Baliq / ajdar, e.o. IV-VII asrlar, AMEA Arxeologiya va etnografiya muzeyi.
Boku shahrida va Absheron yarimorolida insonlar juda qadim zamonlardan oʻtroqlashgan va bu yerda aholi punktlarini yaratganlar. Bunga sabab Boku shahrining fizik-geografik sharoiti shimoldan janubga, gʻarbdan sharqqa borgan koʻchmanchilar va tijorat yoʻllarining kesishgan markazida joylashishi, iqlim sharoiti va eng qadimgi davrdan yer yuziga chiqqan nafta nomli yoqilgʻi va energiya boyligi boʻlgan. Absheron hududida topilgan arxeologik materiallar Bokuda qadimdan insonlar yashaganini isbotlaydi. Pirallahi, Zigʻ koʻli atrofi, Shuvalan, Mardakon, Amirjon va boshqa yerlarda mil.av. III-I mingyilliklarga oid arxeologik ashyolar topilgan. Bokuning paydo boʻlish tarixi nomaʼlum.
Oʻrta asrlar thumb|Shirvonshohlar maqbarasi, Shirvonshohlar saroyi kompleksinin pastki avlusundaki uchta binolardan biri. thumb|right|Multani va Buxoro karvonsaroylari
Ilk oʻrta asrlarda Boku iqtisodiyotining asosini neft va tuz mahsuloti, Boku va Absheron hududida yetishtirilgan roʻyan va zafʼaron tashkil qilar edi. Ularning ham quruqlikdagi karvon yoʻllari, ham dengiz orqali Uzoq Sharq mamlakatlariga eksporti feodallar shahri rivojining muhim omili edi. Shirvon tarkibiga kirgan Absheron tabiiy va iqtisodiy xususiyatlari tufayli undan farqlangan geografik, iqtisodiy va siyosiy boʻlinma edi. Absheronning iqtisodiy va siyosiy markazi boʻlgan Boku shahri iqtisodiy jihatdan uning qishloqlari bilan bogʻliq boʻlib, shirvonshohga vassal qaram boʻlgan parokanda feodal yerlarining yagona doirasini tashkil qilardi.
X asr oxirida va XI asrda Abbosiylar xalifaligining tanazzuli sababli bir qator viloyat va mamlakatlar hokimlari, shu jumladan, Shirvonshohlar mustaqil hokimiyat tuza boshladilar. Boku X asr oxirlarida Shirvonning asosiy shaharlaridan biriga aylandi. Aholi hunarmandchilik, tijorat, bogʻdorchilik, polizchilik, uzumchilik, pillachilik, ekinchilik, neft qazish, baliqchilik va boshqa ishlar bilan shugʻullanardilar. Feodal munosabatlarning, tijorat va hunarmandchilikning rivoji shaharning taraqqiy etishiga imkon berardi. Xalqaro tijorat yoʻllari markazida joylashgan Boku Sharq va Gʻarb mamlakatlari orasidagi tijoratda muhim ahamiyatga ega edi.
Boku X asrdan port shahri sifatida mashhur edi. XI asr oxiri — XIII asr boshlari Bokuning taraqqiyot davri edi. 1191-yilda Shamaxida kuchli zilzila sodir boʻlgach, shirvonshoh I Axsitan poytaxtni vaqtinchalik Bokuga koʻchirdi.
XII asr oxiri — XIII asr boshlari Boku shahrining feodal taraqqiyot davri edi. Shirvonshohlar shaharda bir qator binolar qurdirib, uni yana-da mustahkamladilar. XII asrning birinchi yarmida Boku ikki qatorli qalʼa devori va xandaq bilan oʻralgan edi. Shaharning mudofaa tizimiga Qiz qalʼasi ham kirar edi. 1232-1235-yillarda Bokuni dengiz tomondan qoʻriqlash maqsadida buxta bilan birgalikda mustahka, qalʼa qurildi. Shirvonshohlar Kaspiy dengizida kuchli flot tuzdilar.
XIII asr 30-yillarida moʻgʻullar Ozarbayjonga hujum qilib, bir qancha shaharlarni bosib oldilar. Bosqinchilar kelgan yoʻldan chetda joylashgan Boku boshqa shaharlarga nisbatan oz talafot koʻrgandi. Shunga qaramay, moʻgʻullar shahrini ishgʻol qilgan vaqti Qiz qalʼasining yuqori qismi vayron qilingandi. Moʻgʻullar istilosi va mamlakatning vayron qilinishi shahar iqtisodiyotiga putur yetkazdi, Absheron va Bokuning neft ishlab chiqarishini vaqtincha boʻlsa ham toʻxtatdi. XIII asr oxiri, XIV-XV asrlarda Boku Kaspiy dengizidagi asosiy port va Danbandiylar sulolasi boʻlgan Shirvonshohlar davlati poytaxti boʻlganida nafaqat Ozarbayjon, balki butun Yaqin Sharqning muhim shaharlaridan biriga aylandi. Boku xalqaro tranzit ipak tijoratida va Sharq bilan Gʻarb orasida boshqa mollarning tijoratida faol ishtirok etardi. Bu feodal shaharning taraqqiyot davri edi.
1501-yilda Shoh Ismoil Xatoiy Shirvonga hujum qilib Bokuni oldi. Safafiy hukmdori I Tahmasp 1538-yilda Boku ham kiruvchi Shirvonni Safaviylar davlatiga birlashtirdi. Safaviylar-Usmoniylar jangi vaqti 1578-yilda Usmoniylar qoʻshini Bokuni bosib oldi. 1607-yilda shahar yana Safaviylar hokimiyatiga oʻtdi. Safaviylar davlati davrida Bokuda mis pullar chiqarila boshlandi. Boku va Absheron aholisining koʻpgina qismi gilamdoʻzlik bilan shugʻullanardi. XVI-XVIII asrlarda hunarmandchilik, xususan, gilamdoʻzlik yana-da takomillashdi. XVI asrdagi ayovsiz urushlarda Safaviylar davlatiga birlashtirilgan Shirvondagi bir qator antifeodal isyonlarga qaramay, Volga-Kaspiy yoʻlining ochilishi bilan bogʻliq Bokuning yirik tijorat markazi va Kaspiy dengizidagi muhim port sifatidagi oʻrni yoʻqolmadi.
XVI asr oxiri-XVII asr boshlarida turk ishgʻolidan soʻng Boku qaytadan Safaviylar davlati tarkibiga qoʻshildi. Markaziy hokimiyatning kuchayishi XVII asrning 40-yillaridan eʼtiboran mamlakatning mahsuldor kuchlarni zaiflatgan feodal nizolar va ayovsiz urushlarning toʻxtashi Boku shahri hayotining taraqqiyotiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Shaharga koʻpgina xorijiy tijoratchilar va sayyohlar kela boshlaydi. Ular shaharning xoʻjalik hayotining jonlanishini, hunarmandchilik mahsulotlarining ortishi, mamlakatdan eksport qilingan neft va tuz hosilotini qayd etadilar. Shaharning ijtimoiy hayotida tijoratchilarning roli orta boshlaydi. Shahar va mamlakatning barcha ichki va tashqi tijorati ularning qoʻlida edi. Boku Kaspiy dengizida muhim port hisoblanardi. Bu yerdan tranzit yoʻli bilan Yevropaga, Rossiyaga va boshqa oʻlkalarga Shamaxi ipagi va boshqa hunarmandchilik mahsulotlari yetkazib berilardi. Bokuning feodal rivoji XVII asr oxirigacha davom etdi. Bundan keyin esa nafaqat Ozarbayjonda, balki butun Old Osiyo mamlakatlarida mavjud boʻlgan shahar hayotining tanazzuli kuzatiladi.
XVII-XIX asrlar thumb|XIX asrning oxirida Boku shahrida qora shahar.