Thomas Brett Skinner () (1983-yil 28-iyunda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkey himoyachisi va Shimoliy Amerika xokkey ligasi (NAHL) vakili „Minnesota Wilderness“ klubining hozirgi bosh murabbiyi. Brett Skinner ilgari soʻnggi besh mavsumni Amerika Qoʻshma Shtatlari xokkey ligasi (USHL) vakili „Sioux Falls Stampede“ xokkey jamoasida yordamchi murabbiy sifatida oʻtkazgan.
Brett Skinner 2005-yildan 2017-yilgacha oʻn bir mavsum davomida Amerika xokkey ligasi (AHLda 10 xil klublar uchun 400 dan ortiq oʻyinlar), Kontinental xokkey ligasi (KHL) va Milliy xokkey ligasi (NHL) jamoalarida poroffesional xokkeychilik faoliyatini olib bordi.
Oʻyin faoliyati Brett Skinner 2002-yilgi NHL kirish loyihasining 3-raundida „Vancouver Canucks“ xokkey klubi safiga 68-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Shundan soʻng, Brett Skinner 2000—2001-yillarda BCHL vakili „Trail Smoke Eaters“, 2001—2002-yillarda USHL vakili „Des Moines Buccaneers“ va 2002—2005-yillarda Denver universiteti xokkey jamoasi safida faoliyat olib bordi. 2005-yil 30-avgustda Brett Skinner „Vancouver Canucks“ xokkey klubi bilan birinchi professional shartnomasini imzoladi. 2005—2006-yilgi mavsumda Brett Skinner klubning AHL filiali „Manitoba Moose“ xokkey klubi safiga yuborildi. Brett Skinner klub safida oʻzining ilk professional oʻyinini oʻtkazdi. 2006-yil 9-martda Brett Skinner Keith Carney va Juha Alen evaziga „Anaheim Ducks“ xokkey klubiga „Vancouver Canucks“ klubi tomonidan sotildi.
Skinner 2006—2007-yilgi mavsumni „Augusta Lynx“, „Portland Pirates“ va „Omaha Ak-Sar-Ben Knights“ xokkey jamoalarida oʻtkazdi. Brett Skinner 2007-yilning 24-sentyabrida Nathan Saunders bilan birga „Boston Bruins“ klubiga sotildi.
2009-yil 8-iyulda Brett Skinner „Colorado Avalanche“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Brett Skinner 2009—2010-yillardagi mavsumni „Colorado Avalanche“ xokkey klubining AHL boʻlimi „Lake Erie Monsters“ xokkey klubi safida oʻtkazdi. Brett Skinner „Lake Erie Monsters“ klubi safida 73 ta oʻyinda maydonga tushib, 28 ochko toʻpladi. 2010-yil 22-yanvarda Brett Skinner „Colorado Avalanche“ xokkey klubi safidagi ilk oʻyinini oʻtkazdi.
Shundan soʻng, Brett Skinner Shimoliy Amerikani erkin agent sifatida tark etdi va 2010-yil 12-avgustda Rossiyadagi KHL vakili „Amur Khabarovsk“ xokkey jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
2014-yil 2-sentyabrda Brett Skinner erkin agent sifatida Chexiyadagi „Piráti Chomutov“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Faoliyat statistikasi Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2000—2001Trail Smoke EatersBCHL5911243543—————2001—2002Des Moines BuccaneersUSHL469384725301102002—2003Denver universitetiWCHA374131727—————2003—2004Denver universitetiWCHA447233032—————2004—2005Denver universitetiWCHA414313528—————2005—2006Manitoba MooseAHL65421253313044192006—2007Augusta LynxECHL51348—————2006—2007Portland PiratesAHL416121824—————2006—2007Omaha Ak-Sar-Ben KnightsAHL210662503322007—2008Providence BruinsAHL6874047471001102008—2009Bridgeport Sound TigersAHL241111210—————2008—2009New York IslandersNHL110004—————2008—2009Chicago WolvesAHL37320234—————2009—2010Lake Erie MonstersAHL733252843—————2010—2011Amur KhabarovskKHL3424612—————2011—2012Iserlohn RoostersDEL251101122—————2011—2012TapparaSM-l70336—————2011—2012ModoSEL110330600002012—2013Allen AmericansCHL28730374—————2012—2013Grand Rapids GriffinsAHL3341317122106662013—2014Norfolk AdmiralsAHL100330—————2013—2014Rockford IceHogsAHL3819108—————2014—2015Piráti ChomutovCzech.15042630181115642015—2016Piráti ChomutovELH36371068303162016—2017Piráti ChomutovELH524121620170008AHL jami41029160189183490141427NHL jami110004—————
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanada xokkeychilari