Bram Nuytinck (; 1990-yil 4-mayda Gollandiyaning Xyomen shahrida tugʻilgan) — gollandiyalik futbolchi, „Udinese“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati thumb|235x235px| Nuytinck „Anderlecht“ futbol klubi safida Bram „NEC“ futbol akademiyasiga 2001-yilda qoʻshilgan. 2009-yilning bahorida jamoa murabbiyi Mario Ben Nuytinckni mavsum uchun tarkibga kiritgan va shundan soʻng Bram klub bilan birinchi professional shartnomasini imzolagan.
2009-yil 23-dekabrda u Gollandiya kubogi doirasidagi „Groningen“ futbol klubiga qarshi o‘yinda ilk jamoadagi debyutini o‘tkazgan. 2010-yil 30-yanvarda Nuytinck Erediviziyadagi debyutini „Sparta“ futbol klubiga qarshi bahsda o‘tkazgan. 12-fevral kuni „Breda“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „dubl“ni amalga oshirib, klubdagi ilk gollarini urgan.
2012-yil 31-avgustda Nuytinck Belgiyaning „Anderlecht“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. Transfer summasi 3 million yevroni tashkil qilgan. 15-sentyabr kuni „Lierse“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Yupil ligada debyut qilgan. Uch kundan soʻng, „Milan“ futbol klubiga qarshi bahsda, Bram Chempionlar ligasida debyut qilgan. 2013-yilning 1-aprelida „Genk“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Nuytinck klub uchun birinchi golini urgan.
2017-yilning yozida Bram Italiyaning „Udinese“ jamoasiga oʻtgan. Transfer summasi 3 million yevroni tashkil qilgan. 20-avgust kuni „ChievoVerona“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Italiya A seriyasida debyut qilgan. 27-avgust kuni „SPAL“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Nuytinck “Udinese” futbol klubi safidagi ilk golini urgan.
Xalqaro faoliyati 2010-yil 2-sentyabrda Nuytinck Gollandiya yoshlar terma jamoasi safida Ispaniyaga qarshi oʻyinda debyut qilgan. 2012-yil 7-sentyabrda yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati saralash bosqichida Avstriyaga qarshi o‘yinda u yoshlar jamoasi safidagi ilk golini urgan.
Statistika JamoaMavsumLigaMilliy kubokYevropaBoshqaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolNEC2009—201013210——1422010—201133200——3322011—201225220—202922012—20132100——21Jami73730—20787Anderlecht2012—20133316050—4412013—20142312050103112014—20151101020101502015—20161822040—2422016—201730120120—441Jami1155130280201585Udinese2017—201827130——3012018—201927000——2702019—202026020——2802020—202120110——2112021—202227120——291Jami12738000001353Umumiy faoliyatida315162402804037116
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:4-mayda tugʻilganlar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar