Brandon Davidson() (1991-yil 21-avgustda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkey himoyachisi. Brandon Davidson hozirda Amerika xokkey ligasining (AHL) „Cleveland Monsters“ xokkey klubi bilan oʻynamoqda. Brandon Davidson ilgari Milliy xokkey ligasida (NHL) „Buffalo Sabres“, „San Jose Sharks“, „Calgary Flames“, „Chicago Blackhawks“, „New York Islanders“, „Montreal Canadiens“ va „Edmonton Oilers“ kabi xokkey jamoalarida oʻynagan edi.

Oʻyin faoliyati Brandon Davidson dastlab, Gʻarbiy xokkey ligasi vakili „Regina Pats“ xokkey klubi safida faoliyatini boshlagan edi. Brandon Davidson 2009—2010-yilgi mavsumdan soʻng „Yilning eng yaxshi yangi xokkeychisi“ deb topildi. Brandon Davidson 2010-yilgi NHL kirish loyihasida „Edmonton Oilers“ xokkey klubi safiga 162-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.

Brandon Davidson oʻzining ilk professional shartnomasini 2012-yil 31-mayda „Edmonton Oilers“ xokkey klubi bilan imzoladi. Shundan soʻng, Brandon Davidson Amerika xokkey ligasi (AHL) vakili „Oklahoma City Barons“ xokkey klubi bilan oʻzining birinchi toʻliq professional mavsumini oʻtkazdi. Brandon Davidson 2013-yilda Fred T. Hunt xotira mukofoti sovrindori deb topildi.

2017-yilning 28-fevralida Brandon Davidson David Desharnais evaziga „Edmonton Oilers“ xokkey klubi tomonidan „Montreal Canadiens“ xokkey klubiga almashtirildi. 2017-yil 2-dekabrda Brandon Davidson „Montreal Canadians“ xokkey klubini tark etdi va oʻzining eski jamoasi „Edmonton Oilers“ xokkey klubi safiga qoʻshildi.

Brandon Davidson erkin agent sifatida 2021-yil 28-iyulda „Buffalo Sabres“ xokkey klubi bilan imzolagan shartnoma muddatini yana bir yilga uzaytirishga rozi boʻldi.

2022-yil 30-avgustda Brandon Davidson Kontinental xokkey ligasi vakili „Kunlun Red Star“ xokkey klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi. Lekin Brandon Davidson klub bilan faoliyatini davom ettirmadi. Brandon Davidson 2022-yil 26-oktyabrda 2022—2023-yilgi mavsumni boshlash uchun „Rochester Americans“ xokkey klubi bilan oʻz faoliyatini davom ettirdi. Brandon Davidson klub safida 9 ta o‘yinda maydonga tushdi. Shundan soʻng, Brandon Davidson „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubining asosiy filiali boʻlgan „Cleveland Monsters“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2007—2008Olds GrizzlysAJHL30002—————2008—2009Olds GrizzlysAJHL40440—————2009—2010Regina PatsWHL591333437—————2010—2011Regina PatsWHL728445271—————2010—2011Oklahoma City BaronsAHL10000100002011—2012Regina PatsWHL6913364983401162012—2013Oklahoma City BaronsAHL26235141706622012—2013Stockton ThunderECHL1175124—————2013—2014Oklahoma City BaronsAHL68581358301102014—2015Oklahoma City BaronsAHL5546104310112122014—2015Edmonton OilersNHL121010—————2015—2016Edmonton OilersNHL51471120—————2016—2017Edmonton OilersNHL2801116—————2016—2017Montreal CanadiensNHL100224300002017—2018Montreal CanadiensNHL130119—————2017—2018Edmonton OilersNHL2331410—————2017—2018New York IslandersNHL151124—————2018—2019Chicago BlackhawksNHL1001115—————2018—2019Rockford IceHogsAHL61015—————2019—2020Stockton HeatAHL343172019—————2019—2020Calgary FlamesNHL70000—————2019—2020San Jose SharksNHL50000—————2020—2021Buffalo SabresNHL60004—————2020—2021Rochester AmericansAHL20000—————2021—2022Rochester AmericansAHL23156386000102022—2023Rochester AmericansAHL90117—————NHL jami180914238230000

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanada xokkeychilari