Mensur Mujdža (; 1984-yil 28-martda tugʻilgan) — sobiq Bosniya va Gersegovina milliy terma jamoasi futbolchisi, oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynagan.
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyati Mujdža professional faoliyatini ona shahrining Zagreb jamoasida boshlagan.
SC Freiburg 2009-yil iyun oyida Bundesliganing Freiburg klubiga oʻtdi va 22-avgust kuni Bayerga qarshi oʻyinda debyut qildi.
2011-yilning 12-yanvarida Mujdža shartnomasini uch yarim yilga uzaytirdi.
Mujdža oʻzining yagona golini 2012-yil 28-aprelda 1. FC Köln darvozasiga kiritdi. Oʻsha oʻyinda 4:1 hisobida gʻalaba qozonishdi.
2015-yilda jamoasining sardori boʻldi.
1. Kaiserslautern Shartnoma muddati tugagach, Mujdža 2016-yil 28-avgustda 1. FC Kaiserslautern bilan shartnoma imzoladi. Biroq, mavsumoldi mashgʻulotlarida jarohat oldi va shu sabab butun mavsum davomida maydonga tushmadi. Birorta ham oʻyin oʻtkazmasdan klubni tark etdi.
2017-yil 14-noyabrda Mujdža professional futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.
Xalqaro faoliyati Mujdža Xorvatiyanining turli yosh terma jamoalarini himoya qilgan.
2010-yilning may oyida Mujdža kelajakda Bosniya va Gersegovina terma jamoasida oʻynashni afzal koʻrishini tasdiqladi. Mujdža 2010-yil iyun oyida Shvetsiya va Germaniyaga qarshi oʻyinlarda ilk bor chaqiruv oldi. 2010-yil 10-avgustda Qatar milliyy terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi.
Mujdža Bosniya va Gersegovina terma jamoasining birinchi yirik turniri, 2014-yilgi FIFA Jahon Kubogi uchun qaydnomaga kiritildi. Turnirdagi debyutini 16-iyun kuni Argentinaga qarshi oʻyinda (1:2) oʻtkazdi.
Shaxsiy hayoti Mujdžaning oilasi Bosniya va Gersegovinaning Doboj shahridan. Akasi Jasmin Mujdza ham Bosniya va Gersegovina milliy terma jamoasida oʻynagan.
Faoliyat statistikasi
Klub +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokQitʼaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarZagreb2002—20031. HNL7010-802003—20041. HNL21010202402004—20051. HNL16120-1812005—20061. HNL17010-1802006—20071. HNL30030-3302007—20081. HNL30340203632008—20091. HNL21151-262Jami1425171401636SC Freiburg2009—2010Bundesliga14000-1402010—2011Bundesliga32020-3402011—2012Bundesliga14110-1512012—2013Bundesliga23030-2602013—2014Bundesliga701000802014—2015Bundesliga10020-1202015—20162. Bundesliga18020-200Jami1181110001291Jami faoliyati2606281402927
Xalqaro +Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollarMilliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Bosniya va Gersegovina 2010-yil 4 0 2011-yil 8 0 2012-yil 6 0 2013-yil 3 0 2014-yil 9 0 2015-yil 7 0 Jami 37 0
Yutuqlari
2. Bundesliga: 2015—2016
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Bosniya va Gersegovinalik erkak futbolchilar