Abdulhamid Sobiri (, berber tilida: ⵄⴱⴷⴻⵍⵀⴰⵎⵉⵙ ⵙⴰⴱⵉⵔⵉ; 1996-yil 28-noyabrda tugʻilgan) — marokashlik professional futbolchi. U Serie A vakili Sampdoria klubi va Marokash terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Sobiri avvalroq Sportfreunde Siegen, 1. FC Nürnberg, Huddersfield Town va SC Paderborn jamoalarida oʻynagan. Marokashda tugʻilgan Sobiri 2022-yilda Marokash terma jamoasiga oʻtishga qaror qilishidan oldin Germaniyaning 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasini himoya qilgan.

Yoshligi Sobiri Marokashda tug‘ilgan va u uch yoshligida ota-onasi Germaniyaga ko‘chib o‘tgan. U yerda Sobiri Frankfurtda oʻsgan va Germaniya hamda Marokash fuqaroligiga ega bo‘lgan. Sobiri Goulmima shahridan (Marokash) kelib chiqqan amazig (berber) oilasida tugʻilganInterview with Assahifa channel .

Klubdagi faoliyati Yoshlik faoliyatini TuS Koblenz va Darmstadt 98 jamoalari safida oʻtkazgandan soʻng, Sobiri klubdagi faoliyatini Germaniyaning beshinchi darajali klubi Sportfreunde Siegen bilan boshladi. Barcha musobaqalarda 33 ta oʻyinda 20 ta gol va 6 ta golli uzatmaga erishganidan soʻng u 1. FC Nürnbergga oʻtdi. 2016-yilda dastlab klubning ikkinchi jamoasida oʻynagan Sobiri 2017-yil yanvar oyida asosiy jamoaga koʻtarildi va 2. Budesliganing mavsum oxiridagi 9 ta oʻyinida besh marta gol urdi.

Huddersfield Town Sobiri 2017-yilning 23-avgustida Angliyaning Huddersfield Town klubiga uch yillik shartnoma asosida, nomaʼlum to‘lov evaziga qo‘shildi. Klub yaqinda Angliya futbol ligasining eng yuqori pogʻonasi boʻlgan Premyer-ligaga koʻtarilgan edi. Sobiri Premyer-ligadagi debyutini 2017-yilning 11-sentyabrida West Hamga qarshi safar oʻyinida qildi va jamoasi bilan uni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. U koʻplab jarohat olganidan soʻng, vaqti-vaqti bilan maydonga tushdi va 2019-yil 27-avgustda o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomasi bekor qilindi.

SC Paderborn 2019-yil 27-avgustda Sobiri SC Paderborn klubiga ikki yillik shartnoma asosida qoʻshildi (uchinchi yilga uzaytirish varianti bilan).

Ascoli 2020-yil 28-sentyabrda u Italiya Serie Bsining Ascoli klubiga ikki yillik shartnoma asosida qo‘shildi.

Sampdoria 2022-yil 29-yanvarda Sobiri sotib olish varianti va shartli sotib olish majburiyati bilan Serie Aning Sampdoria klubiga ijaraga oʻtdi. U ushbu klubdagi debyutini Atalanta BCga qarshi o‘yinda o‘tkazdi.

Xalqaro faoliyati Sobiri 2018-yilning oktyabrida Germaniyaning 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan edi. U jami beshta oʻyinda bir marta, Gollandiyaga qarshi oʻyinda gol urgan.

2022-yilning aprel oyida Sobiri Marokash terma jamoasi bilan Jahon chempionatida ishtirok etishni istayotganini aytdi.

2022-yilning sentyabrida u Marokash terma jamoasiga chaqirildi. Sobiri birinchi oʻyinini Chiliga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazdi va Barselonadagi RCDE stadionida boʻlib oʻtgan 2:0 hisobidagi gʻalabali oʻyinda gol urishga muvaffaq boʻldi.

2022-yil 10-noyabrda Sobiri Marokashning 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etadigan 23 kishilik tarkibiga kiritildi.

Oʻyin uslubi Sobiri asosan markaziy hujumchi orqasida „10-raqam“ ostida oʻynaydi, ammo u hujum hududlarining yon qismlarida ham oʻynay oladi.

Faoliyat statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiBoshqaJamiDivizionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarSportfreunde Siegen2015—2016Oberliga Westfalen301822—1033201. FC Nürnberg II2016—2017Regionalliga Bayern2112———21121. FC Nürnberg2016—20172. Bundesliga9500——95Huddersfield Town2017—2018Premyer-liga504010—1002018—2019Premyer-liga200010—30Jami704020—130SC Paderborn2019—2020Bundesliga24410——254Ascoli2020—2021Serie B32800——3282021—2022Serie B11300——113Jami43110000004311Sampdoria (ijara)2021—2022Serie A14300——143Sampdoria2022—2023Serie A11121——132Jami254210000275Faoliyati jami1595493201017157

Xalqaro

+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Marokash 2022-yil 6 1 Jami 6 1

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Marokashning gollari roʻyxatini, ballar ustuni har bir Sobirining golidan keyingi hisobni koʻrsatadi.

+Abdulhamid Sobiri tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati No. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2022-yil 23-sentyabr RCDE stadioni, Barselona, Ispaniya 2-0 2-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Marokashlik erkak futbolchilar Turkum:Futbol yarim himoyachilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar