Jesper Bratt () (1998-yil 30-iyulda tugʻilgan) — Milliy xokkey ligasi (NHL) vakili „New Jersey Devils“ xokkey jamoasi safidagi shved professional xokkeychisi.
Oʻyin faoliyati Jesper Bratt „New Jersey Devils“ xokkey klubi safiga 2016-yilgi NHL kirish loyihasining oltinchi raundida umumiy 162-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Shundan soʻng, Jesper Bratt „XockeyAllsvenskanda AIK“ jamoasi bilan 48 ta oʻyinda maydonga tushib, 17 ochko toʻplashga muvaffaq boʻldi. Jesper Bratt 2017-yilning 13-mayida „New Jersey Devils“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlang‘ich darajadagi shartnoma imzoladi.
Jesper Bratt 2017—2018-yilgi mavsumda „New Jersey Devils“ xokkey klubi safida harakat qildi. Jesper Bratt klubning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inidan soʻng asosiy klub safiga qabul qilingan edi. Jesper Bratt o‘zining NHLdagi birinchi o‘yinida „Colorado Avalenche“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda maydonga tushib, ikki ochko toʻplashga muvaffaq boʻldi.
2018-yil oktyabr oyi boshida mashg‘ulot vaqtida jag‘ini sindirib olganidan so‘ng, Jesper Bratt 2018—2019-yilgi mavsumdagi ilk oʻyinini 9-noyabr kuni „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda o‘tkazdi.
2021-yil 10-yanvarda Jesper Bratt „New Jersey Devils“ xokkey klubi bilan yana ikki yillik 5,5 million dollarlik shartnomaga imzo chekdi.
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati Jesper Bratt Slovakiyada boʻlib oʻtgan 2019-yilgi IIHF jahon chempionatida Shvetsiya milliy xokkey terma jamoasi safida ishtirok etdi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2014—2015AIKJ203917234020100002014-—2015AIKAllsv10000—————2015—2016AIKJ2021122—————2015—2016AIKAllsv48891761000042016—2017AIKJ2010110200022016—2017AIKAllsv46616226811202017—2018New Jersey DevilsNHL7413223518100002018—2019New Jersey DevilsNHL51825336—————2019—2020New Jersey DevilsNHL601616326—————2020—2021New Jersey DevilsNHL46723308—————2021—2022New Jersey DevilsNHL7626477316—————NHL jami307701332035410000
Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2014-yil Shvetsiya U17 6 1 3 4 2 2015-yil Shvetsiya IH18 5 3 2 5 0 2016-yil Shvetsiya WJC18 7 2 2 4 2 2019-yil Shvetsiya WC 5 6 0 2 2 0 Oʻsmirlar safida 18 6 7 13 4 Kattalar safida 6 0 2 2 0
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Xokkey Turkum:Xokkeychilar Turkum:Shvetsiya profissional xokkeychi