Riad Bajić (; 1994-yil 6-mayda tugʻilgan) – bosniyalik professional futbolchi, Superliganing Giresunspor klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Željezničar Bajić 2003-yilda Željezničar klubining yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan. 2013-yilning may oyida jamoa bilan ilk professional shartnomasini imzoladi. 27-iyul kuni 19 yoshida NK Zvijezda Gradačacga qarshi oʻyinda professional debyut qildi. 19-oktyabr kuni Mladost Velika Obarska qarshi oʻyinda klubi bilan gʻalaba qozonib, oʻzining birinchi professional golini kiritdi.
Konyaspor 2015-yilning avgustida Bajić Turkiyaning Konyaspor jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. 15-avgust kuni Akhisarsporga qarshi oʻyinda jamoa safida debyut qildi. 17-oktyabr kuni Gaziantepsporga qarshi oʻyinda jamoadagi birinchi golini urdi.
31-may kuni Turkiya kubogi finalida klubi bilan İstanbul Başakşehirni magʻlub etib, klubning ilk sovrini — kubokni qoʻlga kiritdi.
Udinese Avgust oyida Bajić nomaʼlum pul evaziga Italiyaning Udinese klubiga oʻtdi. 12-avgust kuni Italiya kubogi doirasida Frosinonega qarshi oʻyinda jamoa safida debyut qildi. Besh hafta oʻtgach, Milanga qarshi ligadagi debyutini oʻtkazdi.
2018-yil yanvar oyida Bajić olti oylik ijaraga Istanbul Başakşehirga oʻtdi. Iyun oyida ijara muddati bir mavsumga uzaytirildi.
2019-yil iyun oyida Bajić sobiq jamoasi Konyasporga ijaraga berildi.
2020-yil sentabr oyida Ascoliga mavsumiy ijaraga yuborildi.
2021 yil iyul oyida bir mavsumga Brescisaga ijaraga berildi.
Giresunspor 2022-yil iyul oyida Bajić Giresunsporga oʻtdi.
Xalqaro faoliyati Bajić Bosniya va Gersegovinani turli yoshlar darajasida himoya qilgan.
2015-yil mart oyida Andorraga qarshi Yevro-2016 saralashi va Avstriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini uchun birinchi marta chaqiruv oldi.
Shaxsiy hayot Bajić 2019-yil sentabrida Sanitaga uylandi.
Faoliyat statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokQitʼaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarŽeljezničar2013—2014Bosniya Premyer-ligasi18352202552014—2015Bosniya Premyer-ligasi2815214134172015—2016Bosniya Premyer-ligasi20006282Jami4818731236724Konyaspor2015—2016Süper Lig325114-4392016—2017Süper Lig3217103604820Jami6422217609129Udinese2017—2018Serie A5020-70İstanbul Başakşehir (ijara)2017—2018Süper Lig93--932018—2019Süper Lig2262020266Jami3192020359Konyaspor (ijara)2019—2020Süper Lig27410-284Ascoli (ijara)2020—2021Serie B341200-3412Brescia (ijara)2021—2022Serie B29311-304Giresunspor2022—2023Süper Lig13300-133Jami faoliyati25171341120330585
Xalqaro
+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa YilIshtirok GollarBosniya va Gersegovina 2017 3 0 2018 6 0 2019 3 0 Jami 12 0
Yutuqlari Konyaspor
Turkiya kubogi: 2016—2017.
Individual
Bosniya Premyer-ligasining eng yaxshi toʻpurari: 2014—2015.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Bosniya va Gersegovinalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar