Michael Krohn-Dehli (; 1983-yil 6-iyunda tugʻilgan) — daniyalik sobiq professional futbolchi. Asosan hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynagan.
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyati Kopengagenda tugʻilgan Krohn-Dehli Daniyaning Rosenhøj BK klubida futbol oʻynay boshlagan. Shundan soʻng Daniyaning Hvidovre IF va Brøndby IF klublarida oʻynadi.
2002-yilda Krohn-Dehli Ajaxga qoʻshildi. Danny Blind qoʻl ostida „Ajax“ safida ajoyib oʻyin koʻrsatdi. 2004-yilda RKC Waalwijkga tekinga oʻtdi. Klubdagi professional debyutini 2004-yilning 15-avgustida Groningenga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.
Ajaxga qaytish Ikki yil oʻtgach, Krohn-Dehli „Ajax“ bilan 3 yillik shartnoma imzolandi. Yarim himoyachi 2006-yil 17-sentyabrda Roda JC Kerkradega qarshi oʻyinda (2:0) debyutini oʻtkazdi. Qishki tanaffusdan soʻng „Ajax“ safida atigi uchta oʻyinda maydonga tushdi, 2007-yilning 31-yanvarida yarim mavsumga Rotterdamning Sparta klubiga ijaraga berildi. Yozgi tanaffusdan soʻng, 2007—2008-yilgi mavsumda „Ajax“ga qaytdi.
Brøndbyga qaytish Ajax 2008-yilning 29-avgustida Krohn-Dehlini Daniyaning Brøndby IF klubiga oʻtkazishini eʼlon qildi. Ikki kundan keyin 31-avgust kuni Copenhagenga qarshi oʻyinda debyut qildi.
Celta 2012-yilning 21-avgustida Krohn-Dehli tibbiy koʻrikdan oʻtib Celta de Vigoga oʻtishi eʼlon qilindi.
Sevilla 2015-yilning 1-iyunida Krohn-Dehli La Ligada vakili Sevilla bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Deportivo La Coruña 2018-yilning 29-yanvarida Krohn-Dehli La Liga vakili Deportivo La Coruñaga bir yarim yillik shartnoma asosida qoʻshildi. Klub ligadan tushib ketganidan soʻng, Krohn-Dehli 2019-yilning iyulida erkin agent boʻldi. 2020-yilning 10-iyulida, „Deportivo“dan ketganidan bir yil o‘tib, Krohn-Dehli o‘z agenti orqali rasman professional futboldan ketganini va mutaxassis sifatida faoliyat yuritishini eʼlon qildi.
Xalqaro faoliyati Krohn-Dehli Daniya terma jamoasi safida 2006-yil 11-oktyabrda Lixtenshteynga qarshi Yevro-2008 saralash bahsida debyut qilgan. right|thumb| Krohn-Dehli Yevro-2012da Gollandiyaga qarshi oʻyinda Yevro-2012da Daniyaning Gollandiya ustidan qozonilgan g‘alabasidagi (1:0) yagona golni Krohn-Dehli kiritgan.
2018-yil may oyida Daniyaning 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchun dastlabki 35 kishilik tarkibiga kiritildi.
Jahon chempionatidan soʻng terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.
Faoliyat statistikasi
Klub +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokYevropaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarRKC Waalwijk2004—2005Erediviziya312——3122005—2006170——170Jami4820000482Ajax2006—2007Erediviziya30——302007—200810——10Jami40000040Sparta Rotterdam2006—2007Erediviziya121——121Brøndby IF2008—2009Superligaen285—213062009—2010324—603842010—20112912—5034122011—201227510213062012—201360——60Jami122261015213828Celta Vigo2012—2013La Liga34130—3712013—201431020—3302014—201536120—381Jami101270001082Sevilla2015—2016La Liga271631404742016—20172000—202017—20181312030181Jami42283170675Deportivo La Coruña2017—2018La Liga11000—1102018—2019Segunda Diviziyasi14010—150Jami25010—260Jami faoliyati3543317332240338
Xalqaro Manba: +Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Jamoa Yil ishtirok GollarDaniya 2006-yil 1 0 2007-yil - - 2008-yil 2 0 2009-yil - - 2010-yil 8 0 2011-yil 10 4 2012-yil 11 2 2013-yil 11 0 2014-yil 7 0 2015-yil 9 0 2016-yil - - 2017-yil - - 2018-yil 3 0 Jami 62 6 +Michael Krohn-Dehli tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2011-yil 29-mart Štadion Antona Malatinského, Trnava, Slovakiya 2—1 2—1 Doʻstona 2. 2011-yil 7-oktyabr GSP stadioni, Nikosiya, Kipr 3—0 4—1 UEFA Yevro-2012 saralashi 3. 2011-yil 11-oktyabr Parken, Kopengagen, Daniya 1—0 2—1 4. 2011-yil 11-noyabr Parken, Kopengagen, Daniya 2—0 2—0 Doʻstona 5. 2012-yil 9-iyun „Metalist“ stadioni, Xarkov, Ukraina 1—0 1—0 UEFA Yevro 2012 6. 2012-yil 17-iyun Arena Lvov, Lvov, Ukraina 1—1 1—2
Yutuqlari Sevilla
UEFA Yevropa Ligasi: 2015—2016
Manbalar
Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Daniyalik erkak futbolchilar