Riley Barber () (1994-yil 7-fevralda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkey hujumchisi. Riley Barber hozirda Milliy xokkey ligasining (NHL) „Dallas Stars“ xokkey jamoasi safida faoliyat olib bormoqda.
Oʻyin faoliyati Riley Barber yoshligida 2006 va 2007-yillarda Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirlarida „Pittsburgh Hornets“, keyin esa „Detroit Red Wings“ kichik xokkey jamoalari bilan oʻynagan.
Riley Barber Oxford (Ohio) shtatidagi Miami universitetining „Miami RedHawks“ xokkey jamoasida kollej xokkeyi oʻynagan. 2013-yil 22-dekabrda Riley Barber 2014-yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi xokkey boʻyicha jahon chempionati uchun tuzilgan Qo‘shma Shtatlar o‘smirlar milliy xokkey terma jamoasi sardori etib tayinlangan. Riley Barber 2013-yilgi musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritgan Qoʻshma Shtatlar milliy xokkey terma jamoasi aʼzosi boʻlgan.
2015-yil 17-aprelda Riley Barber „Washington Capitals“ xokey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Riley Barber klubning AHLdagi filiali „Hershey Bears“ xokkey klubi safiga yuborildi. Riley Barber ilk professional oʻyinini 2015-yil 10-oktyabrda „Springfield Falcons“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (5:1 hisobida g‘alaba) oʻtkazdi.
2017-yil 24-fevralda Riley Barber NHLdagi ilk oʻyinini „Washington Capitals“ xokkey klubi safida „Edmonton Oilers“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi.
2019-yil 1-iyulda Barber „Montreal Canadiens“ xokkey jamoasiga erkin agent sifatida qo‘shildi va klub bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzolashga rozi bo‘ldi. „Montreal Canadiens“ klubi oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatnashganidan soʻng, Riley Barber 2019-yil 24-sentyabrda klubni tark etdi. Riley Barber 2019—2020-yilgi mavsumda „Laval Rocket“ xokkey klubi safida oʻtkazdi.
2020-yil 9-oktyabrda Barber „Detroit Red Wings“ xokey klubi bilan ikki yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi. 2021-yil 12-yanvarda „Detroit Red Wings“ xokkey klubi Riley Barberni „Grand Rapids Griffins“ xokkey klubi safiga yubordi.
2022-yil 14-iyulda Riley Barber erkin agent sifatida „Dallas Stars“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2010—2011Dubuque Fighting SaintsUSHL57141428481120262011—2012U. S. National Development TeamUSHL24561159—————2012—2013Miami RedHawksCCHA4015243922—————2013—2014Miami RedHawksNCHC3819254428—————2014—2015Miami RedHawksNCHC3820204012—————2015—2016Hershey BearsAHL742629553417134242016—2017Hershey BearsAHL39131427121214542016—2017Washington CapitalsNHL30000—————2017—2018Hershey BearsAHL6020183849—————2018—2019Hershey BearsAHL6431296084933642019—2020Laval RocketAHL3913183119—————2019—2020Montreal CanadiensNHL90002—————2019—2020Wilkes-Barre/Scranton PenguinsAHL73366—————2020—2021Grand Rapids GriffinsAHL3220143422—————2021—2022Grand Rapids GriffinsAHL4928255324—————2021—2022Detroit Red WingsNHL40002—————NHL jami160004—————
Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2012-yil Qoʻshma Shtatlar U18 7 6 1 2 3 2 2013-yil Qoʻshma Shtatlar WJC 7 3 3 6 4 2014-yil Qoʻshma Shtatlar WJC 5 5 4 2 6 0 2022-yil Qoʻshma Shtatlar WC 4 9 1 0 1 2 Oʻsmirlar safida 18 8 7 15 6 Kattalar safida 9 1 0 1 2
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:Xokkey Turkum:Xokkeychilar Turkum:Amerikalik sportchilar Turkum:Amerika profissional xokkeychi