Claus Lundekvam (; 1973-yil 22-fevralda tugʻilgan) — norvegiyalik sobiq professional futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan.
Lundekvam faoliyatini Brann bilan boshlagan, 1996-yilda Angliyaning Southampton jamoasiga oʻtgan va klubda 2008-yilgacha oʻynab, nafaqaga chiqqan. Klub safida jami 413 ta oʻyin oʻtkazgan, shundan 290 tasi Premyer-ligada. 2003-yilda Angliya kubogi finalida Arsenalga qarshi oʻyinida tarkibga kiritilgan. Lundekvam Norvegiya terma jamoasi safida 40 ta oʻyinda maydonga tushgan va koʻpincha terma jamoa sardori boʻlgan.
Faoliyati Norvegiyaning Austevoll shahrida tugʻilgan Lundekvam Brannga yosh oʻyinchi sifatida qoʻshilgan, 1993-yilda professional debyut qilgan. 1996-yilning kuzida Angliyaning Southampton jamoasiga sotilgan. Bir necha yil davomida jamoaning sardori boʻlgan.
Lundekvam 1995-yilning noyabrida Norvegiya terma jamoasi safida debyut qilgan, 2002-yilgacha asosiy oʻyinchi boʻlgan. 40 ta oʻyinda maydonga tushib, ikki bor gol urgan. 2002-yilda Bosniya va Gersegovina darvozasiga kiritgan goli Norvegiya terma jamoasi tarixidagi 1000-gol boʻlgan.
2002—2003-yilgi mavsum „Southampton“ning 1980-yillardan buyon eng yaxshi mavsumi boʻlgan. Premyer-ligada sakkizinchi oʻrinni egallagan. Angliya kubogi finaliga chiqqan. Finalda „Arsenal“ga qarshi oʻyinda (1:0) maydonga tushgan.
2005-yilda Southampton Premyer-ligadan tushib ketgan boʻlsa ham klubda qoldi. 2006—2007-yilgi mavsumning birinchi oʻyini boshlanishidan besh daqiqa oʻtib jarohat oldi, mavsumning dastlabki ikki oyini oʻtkazib yubordi. Keyin mart oyida yana bir jarohati oldi va uni yana bir oyga safdan chiqardi. 2007-yil 6-may kuni St Mary’s da Southend Unitedga qarshi oʻyinda oyogʻidan jarohat oldi. 2008-yilning 18-martida jarohatlari tufayli futbolchilik faoliyati yakunlangani eʼlon qilindi.
Faoliyat statistikasi
Klub +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaFA kubogiLiga kubogiYevropaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarBrann1993Tippeligaen30000000301994Tippeligaen20000—002001995Tippeligaen14020—001601996Tippeligaen16000—20180Jami530200020570Southampton1996—1997Angliya Premyer-ligasi2901080—2901997—1998Angliya Premyer-ligasi3100040—3301998—1999Angliya Premyer-ligasi3302020—3701999-2000Angliya Premyer-ligasi2702040—3202000—2001Angliya Premyer-ligasi3804030—4302001—2002Angliya Premyer-ligasi3401020—3702002—2003Angliya Premyer-ligasi3306020—4102003—2004Angliya Premyer-ligasi3111020203612004—2005Angliya Premyer-ligasi3404030—4102005—2006Championship3413000—3712006—2007Championship3300000—330Jami3572240300204132Jami faoliyati4102260300404702
Xalqaro +Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Norvegiya 1995-yil 2 0 1996-yil 2 0 1998-yil 1 0 1999-yil 2 0 2000-yil 1 0 2001-yil 3 0 2002-yil 5 1 2003-yil 9 0 2004-yil 8 0 2005-yil 6 1 Jami 40 2
Yutuqlari Southampton
Angliya kubogi sohibi: 2002—2003
Eslatmalar
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Norvegiyalik erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari