Koʻkaldosh — oʻrta asrlarda Turonda dargohdagi oliy mansablardan biri.
Buxoro xonligida Koʻkaldosh — Buxoro xonligida mamlakat ichki xavfsizligini taʼminlash ishlari bilan shugʻullanuvchi amaldorning mansabiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. Buxoro xonligida koʻkaldoshning vazifasi mamlakat ichkarisidagi tartibni nazorat qilish, millat va davlat hamda oliy hukmdor xavfsizligini taʼminlashdan iborat boʻlgan. Unga koʻplab xoʻfiylar muntazam ravishda xizmat qilib turgan. Koʻkaldosh mansabi oliy hukmdor dargohining eng ishonchli kishilaridan hisoblanib, unga topshirilgan vazifalar ham shu qadar nozik va masʼuliyatli boʻlgan. Mazkur maqomga ega shaxsning yana bir vazifasi mamlakatda oliy hukmdor olib borayotgan siyosatning daxlsizligi, unga kishilarning munosabatlari bilan bogʻliq yumushlardan iborat boʻlgan. Bu mansab biror bir davrda Abdullaxon II davridagidek yuqori darajada boʻlmagan. Turon tarixidagi eng qudratli koʻkaldosh Qulbobo Koʻkaldosh boʻlgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Ilmiy maqolalar
Turkum:Lavozimlar Turkum:Mansablar