Abr (forscha) — bulut. Alisher Navoiy ijodida abr bilan bog‘liq juda ko‘p iboralar uchraydi:

Abri balo — balo buluti, ofatli bulut; Abri bahor — bahor buluti, ko‘klam buluti; Abri bahoriy — bahorgi bulut, ser­yog‘in bulut; Abri guharbor — gavhar yog‘diruvchi bulut; (majoziy) saxovatli, qo‘li ochiq kishi; Abri guharsanj - gavhar yog‘diruvchi bulut; Abri ehson — (majoziy) karam va saxovatda mardonalik, lutfu karam bilan to‘kin-sochin qiluvchi; Abri kofurbez — qor yog‘diruvchi bulut; Abri karam — saxovat, ikrom buluti; Abri mutir — seryog‘in bulut; Abri navbahor — erta bahordagi seryog‘in bulut; Abri nayson — aprel oyidagi seryog‘in bulut; Abri purbor — qalin, seryog‘in bulut; Abri hasrat — (majoziy) armon, qayg‘u va hasratni ko‘paytiruvchi hodisa. Abri rahmat — rahmat va baraka yomg‘irini keltiradigan bulut; Abri qiyrmonand — qora bulut

Abr irfoniy ramz shaklida banda va Iloh o‘rtasidagi hijob — parda. Bu shunday pardaki, istidlol va ijtihod orqali Mutlaq Haqiqatga yetishish imkonini beradi. Shuningdek, abr ilohiy fayz timsoli sifatida ham qo‘llanilgan.Yuzung g‘amida erur abri navbahor ko‘z­um,

Ne ayb, yer yuzini qilsa lolazor ko‘zum.

(„G‘aroyib us-sig‘ar“, 434-g‘azal)

Manbalar Turkum:Navoiyshunoslik