Yaponiya iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakat.YIM(XQP) ning umumiy hajmiga ko‘ra dunyoda AQSH, Xitoy va Hindistondan keyingi to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Umumiy tavsif Yaponiya Yevroosiyo qitʼasining sharqiy qismida joylashgan mamlakat. Umumiy maydoni 378,000 kv.km.ga teng. Mamlakat toʻrtta asosiy orol — Honshyu, Hokkaido, Kyushu, Shikoku va 6800 dan ortiq mayda orollardan iborat. Yaponiya jahon mamlakatlari orasida yetakchi igtisodiyotga ega, uning jahon YalMsidagi ulushi 6,2 foizni tashkil qilmoqda. Jahon xoʻjaligida XXR va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvining kuchayishi ortidan Yaponiya iqtisodiyotining oʻsish sur’atlari tushib ketmoqda. O‘rta va kichik biznes barcha sohalarda samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bu raqobatni rivojlantirishda, tovarlarning raqobatbardoshligini oshirishda bozorning asosiy elementi hisoblanadi. Yaponiya kompaniyalarining 99 foizi kichik va oʻrta bizneslardir. Avtomobilsozlik, elektron va elektrotexnika sanoatida katta roʻl egallaydi. Eksport tarkibi: transport vositalari, avtomobillar, mototsikllar, elektronika, elektrotexnika va boshqalar. Import tarkibi: mashina va uskunalar, yoqilgʻi, oziq-ovqat, xom ashyo va boshqalar.
Statistika Quyidagi jadvalda 1980-2020 yillar iqtisodiy ko‘rsatkichlari keltirilgan. 2% dan kam inflyatsiya yashil strelka bilan koʻrsatilgan. YillYaIM (XQP)(milliard AQSH dollariga)Aholi jon boshiga YaIM (XQP) boʻyicha(milliard AQSH dollariga)YaIM oʻsishi Inflyatsiya darajasi(%)Ishsizlik(%)Davlat qarzi (YaIMga nisbatan foiz sifatida)19801 068,19 1473,2 %7,8 %2,0 %47,8 %19811 218,410 358,14,2 %4,9 %2,2 %52,9 %19821 336,511 283,03,3 %2,7 %2,4 %57,8 %19831 437.812 054.53,5 %1,9 %2,7 %63,6 %19841 556,712 967,14,5 %2,3 %2,7 %65,6 %19851 690,013 989,85,2 %2,0 %2,6 %68,3 %19861 781,414 667,93,3 %0,6 %2,8 %74,0 %19871 911,815 666,34,7 %0,1 %2,9 %75,7 %19882 113,517 246,06,8 %0,7 %2,5 %71,8 %19892 303,018 719,64,9 %2,3 %2,3 %65,5 %19902 506,120 302,74,9 %3,1 %2,1 %63,0 %19912 679,421 620,83,4 %3,3 %2,1 %62,2 %19922 763,722 222,40,8 %1,7 %2,2 %66,6 %19932 814,622 558,2−0,5 %1,3 %2,5 %72,7 %19942 899,923 177,40,9 %0,7 %2,9 %84,4 %19953 038,624 224,12,6 %−0,1 %3,2 %92,5 %19963 191,225 385,03,1 %0,1 %3,4 %98,1 %19973 278,126 014,11,0 %1,7 %3,4 %105,0 %19983 272,825 903,3−1,3 %0,7 %4,1 %116,0 %19993 307,926 131,3−0,3 %−0,3 %4,7 %130,0 %20003 476,327 409,22,8 %−0,7 %4,7 %135,6 %20013 568,428 068,30,4 %−0,7 %5,0 %145,1 %20023 625,528 457,70,04 %−0,9 %5,4 %154,1%20033 753,829,410,91,5 %−0,3 %5,2 %160,0 %20043 938,930 836,42,2 %−0,01 %4,7 %169,5 %20054 135,732 372,71,8 %−0,3 %4,4 %174,3 %20064 321,833 831,11,4 %0,3 %4,1 %174,0 %20074 504,535 257,91,5 %0,05 %3,8 %172,8 %20084 534,635 512,2−1,2 %1,4 %4,0 %180,7 %20094 303,933 742,5−5,7 %−1,3 %5,1 %198,7 %20104 534,135 535,24,1 %−0,7 %5,1 %205,7 %20114 629,436 215,10,02 %−0,3 %4,6 %219,1 %20124 799,637 628,81,4 %−0,05 %4,3 %226,1 %20135 021,639 436,82,0 %0,3 %4,0 %229,6 %20145 034,539 604,10,3 %2,8 %3,6 %233,5 %20155 200,940 959,31,6 %0,8 %3,4 %228,4 %20165 159,740 640,50,8 %−0,1 %3,1 %232,5%20175 248,441 409,01,7 %0,5 %2,8 %231,4 %20185 403,842 719,60,6 %1,0 %2,4 %232,5 %20195 501,343 584,80,02 %0,5 %2,4 %235,4%20205 312,342 211,7−4,6 %−0,03 %2,8 %254,1% {| class="wikitable" Sanoat Yaponiya sanoati eng zamonaviy texnologiyalarga asoslangan tarmoqlar — elektronika, elektrotexnika, dastgohsozlik, kemasozlik, avtomobilsozlik, asbobsozlik, kimyo va neft-kimyo sanoatiga ixtisoslashgan. Yaponiyaning eng mashhur transmilliy kompaniyalar toifasiga „Toyota“, „Honda“, „Sony“, „Mitsubishi“ va boshqalar kiradi. Qishloq xoʻjaligi Yaponiya dehqonchiligining yetakchi tarmog‘i sholikorlik. Sholi jami ekin maydonlarining yarmiga ekiladi. Shuningdek, bug‘doy, soya, turli sabzavot va mevalar ham yetishtiriladi.2000-yilda 9,490 ming tonna guruch, 688 ming tonna bug'doy yetishtirilgan, 2016-yilda 8,044 ming tonna guruch va 791 tonna bugʻdoy yetishtirilgan. Yaponiya sabzavotlardan kartoshka, batat, soya, bodring, pomidor, karam, xitoy karami, piyoz, latuk, yapon rediskasi va sabzi kabilar yetishtiriladi. Mevalardan mandarin, olma, uzum va yapon noki keng targalgan. Yaponiyada tovuq va cho'chqa go'shti asosiy go'sht mahsulotlari hisoblanadi. Mamlakat mol va qoʻy goʻshtini katta qismini asosan Avstraliya va AQShdan import qiladi. Yaponiya hududining 20,08 mIn. gektari (mamlakatning 70 foiz hududi) o'rmonli hududlardan iborat. O'rmonlarning 54 foiz tabiiy oʻrmon hududlari hisoblanadi, 41 foizi inson qoʻli bilan yaratilgan.
Xizmat koʻrsatish sohasi Yaponiyada xizmat ko'rsatish sohasi sanoatni rivojlanishi taʼminlovchi sektor sifatida shakllanib kelgan. Chakana va ulgurji savdoning ulushi xizmat koʻrsatishda ustuvor, 1980 yillardan reklama, maʼlumotlarni qayta ishlash, nashriyot,turizm, dam olish sohalari, koʻngilochar va boshqa sohalar jadal rivojlandi. Xizmat koʻrsatish sohalarining aksariyati dastlab kichik hajmda faoliyat yurituvchi va mehnat sigʻimkorligi yuqori bo’lgan, hukumat tomonidan kompyuter va elektron mahsulotlarning xizmat koʻrsatish sohasida qoʻllanishi yoʻlga qoʻllanishi qoʻyilib texnologik jihatdan rivojlanib bordi. Xizmat koʻrsatish sohasida bandlar ulushi, 75%ni tashkil etadi. Yaponiyada nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari ichida savdo,moliyaviy va sugʻurta xizmatlari hamda bank xizmatlarini koʻrsatish yuqori oʻrin egallaydi. Yaponiya iqtisodiyotida axborot, turizm, aloqa xizmatlarining roli oshmoqda.
Savdo
Yaponiya savdosi qoʻshilgan qiymatyaratilgan tovarlar savdosiga asoslanadi. Mamlakat xom-ashyoni import qilib, soʻngra uni qayta ishlaydi va qoʻshilgan qiymat yaratilgan sanoat tovorlarini eksport qiladi. Yaponiya imperiyasi davrida Yaponiyada savdo yengil sanoatga ixtisoslashgan edi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng mamlakat, neft va yoqilgʻi mahsulotlarini import qilib, mashinasozlik, avtomobilsozlik, yarimoʻtkazgichlar, yugori texnologik uskunalarni eksport qila boshladi. Bu davrda savdo ogʻir sanoat va kimyo sanoati mahsulotlariga ixtisoslashdi. 1980 yildan Yaponiya savdo balansi ijobiy boʻla boshladi. AQSH va Yaponiya oʻrtasida bir necha bor savdo nizolari kelib chiqa boshladi. Yaponiya kompaniyalari 1990 yillardan boshlab qator ishlab chigarish zavodlarni Osiyo mamlakatlariga koʻchira boshladi. Osiyo mamkatalrida ishlab chiqilgan tovarlarni esa import qilishga oʻtdi.
Moliya
Yaponiyada moliya bozori rivojlangan, xizmatlar diversifikatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan. Mamlakat iqtisodiyoti moliya bozorining infrastrukturasining rivojlanganligi oʻz zaxiralarini va mavjud resurslarini samarali ishlata olgan. Mamlakatda faoliyat yurituvchi eng yirik konglomeratlarham aynan markazi bank boʻlgan moliya-sanoat guruhlari. 2019 moliya yilida boshlangʻich umumiy hisoblar byudjetidan asosiy xarajatlar ijtimoiy taʼminot (34,2 foiz), davlat qarziga xizmat koʻrsatish (23,6 foiz); mahalliy ajratmalar, soliq imtiyozlari va boshqalar (16,1 foiz), jamoat ishlari (6,1 foiz), taʼlim va fan (5,4 foiz) va milliy mudofaa (5,2 foiz) uchun ajratilgan.
Transport
Yaponiyada transportning barcha turlari yuqori darajada rivojlangan. Ayniqsa, mamlakatning yirik shaharlarini bog‘lovchi „Sinkansen“ tezyurar poyezdlari alohida eʼtiborga sazovor. Yaponiyada ayrim orollar orasida suvosti tunnellar ham o‘tkazilgan. Ulardan eng uzuni Xonsyu va Hokkaydo orollarini bog‘laydigan Seykan tunnelidir (54 km).
Turizm
Yaponiyada turizmning deyarli barcha turi yaxshi rivojlangan. Har yili Yaponiyaga 30 mln. atrofida xorijiy sayyohlar tashrif buyuradi. Yaponiyaning eng muhim turistik resursi uning boy va betakror tarixiy-madaniy merosi hisoblanadi. Mamlakatda turizm iqisodiyotning yetakchi tarmogʻiga aylantirilgan. Yaponiyada turistlar uchun 1600ta muzey, 357 ta milliy va prefektura parklari, 290 ta hayvonot bogʻi va botanika bogʻlari, 76 ta akvarium va „Tokio Disneylendi“ qatorida 227 ta koʻngilochar majmualar faoliyat yuritadi. Turizm xizmatlari hajmi yildan-yilga oshmoqda.
Yana qarang Yaponiya iqtisodiy mo'jizasi Sanoat bo'yicha Yaponiyaning eng yirik kompaniyalari Abenomika
Manbalar
Adabiyotlar G. P. Gulyamova, Oʻ.H.Choriyev. Yaponiya iqtisodiyoti 1-qism. Oʻquv qoʻllanma:TDSHU.-T.:2020; S.Baxramova, N.Abdulazizova. Yaponiya iqtisodiyoti 2-qism. Oʻquv qoʻllanma:TDSHU.-T.:2020; N. S. Ismailova. Jahon Iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar.-T.:2021;
Havolalar Delovaya Yaponiya v proekte „Polpred“ Yaponskoe chudo: kak spasti ekonomiku, kotoraya provela v kome 20 let // finmarket.ru Novosti o yaponskoy ekonomike na vestifinance.ru