Fan Zhendong (1997-yil 22-yanvarda tugʻilgan) – xitoylik professional stol tennischi. Xalqaro stol tennisi federatsiyasi (ITTF) erkaklar oʻrtasidagi yakkalik boʻyicha jahon reytingida 2-oʻrinni egallab turibdi. 2012-yilda Xitoy stol tennisi milliy terma jamoasiga eng yosh aʼzo sifatida qoʻshilgan. Eng yosh ITTF World Tour va jahon chempioni. 2015-yilning noyabr oyidan boshlab 29 oy davomida 2-oʻrinni egallagan. 2015-yil noyabr oyidan boshlab ketma-ket 29 oy davomida jahon reytingda 2-oʻrinni egallaganidan soʻng 2018-yilning aprel oyiga kelib, dunyo reytingida eng yuqori oʻringa koʻtarilgan. 2024-yilgi Fransiyaning Parij shahrida oʻtkazilgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida erkaklar boʻyicha yakkalik bahslarida musobaqaning oltin medalini qoʻlga kiritgan.
Fan Zhendongning hujumkor oʻyin uslubi kuchli oyoq harakatlari, shuningdek, kuchli forehand zarbalarini oʻz ichiga oladi. Fan Zhendongning hujumkor oʻyin uslubi kuchli oyoq harakatlari, shuningdek, kuchli forehand zarbalarini oʻz ichiga oladi. Uning qalin toʻplami muxlislar va sharhlovchilarni uni mehr bilan „Kichkina yogʻli“ deb atashlariga olib keldi (Chinese). Sportchi doimiy ravishda dunyoning eng yaxshi stol tennischilaridan biriga aylanib bormoqda. Shu sababli ham Xitoyning Weibo ijtimoiy media saytida butun dunyo boʻylab yarim milliondan ortiq muxlislar uni kuzatib boradi. 2016-yilda Fan Zhendong ITTF Star Point mukofotini qoʻlga kiritgan. 2013 va 2016-yillar orasida erkaklar oʻrtasida Eng yaxshi yulduz nominatsiyasi berilgan.
Fan Shanghai Jiao Tong universitetida tahsil olgan.
Oʻyin uslubi 2021-yilda Timo Boll oʻzi va Fan Zhendongning oʻyin uslublari bir-biriga oʻxshash boʻlgan.
Sport faoliyati
2013-yil 2013-yil 3-yanvar kuni stol tennisi boʻyicha Xitoy terma jamoasi birinchi marotaba toʻgʻridan-toʻgʻri Parij shahrida oʻtkaziladigan musobaqaga yoʻl oldi.
Fan Zhendong musobaqaning birinchi bosqichida ishtirok etayotgan paytida endigina 16 yoshda boʻlgan. Shunga qaramay musobaqa koʻplab kuchli raqiblarini magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻlgan va kutilmaganda ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. 15–19-yanvar kunlari oʻtkazilgan oʻyinlari ikkinchi bosqichida Fan Zhendong sakkizinchi oʻrinni egallagan.
2014-yil 22-mart kuni stol tennisi boʻyicha Osiyo kubogi erkaklar oʻrtasida yakkalik bahslari finalida Fan Zhendong jamoadoshi Ma Longga qarshi oʻyinda 3:4 hisobida imkoniyatni boy berib, ikkinchi oʻrinni egallagan.
5-may kuni Yaponiyaning Tokio shahrida stol tennisi boʻyicha jamoaviy tarzda oʻtkaziladigan 52-Jahon chempionati final bahslari boshlangan. Finalda Xitoy erkaklar terma jamoasi 3:1 hisobida raqibini magʻlub qilgan holda chempionliknki qoʻlga kiritgan. Terma jamoa tarkibidan oʻrin olgan Fan Zhendong ham shu ytariqa 17 yoshida (17 yoshh 103 kun) jahon chempioniga aylandi.
2015-yil Yanvar oyida Fan Zhendong Zhang Jike, Ma Long, Xu Xin va Fang Bolar bilan birgalikda Dubayda oʻtkazilgan Jahon kubogida erkaklar oʻrtasida jamoaviy bahslarda gʻalaba qozongan. 2015-yilning 28-iyul kuni erkaklar oʻrtasida oʻtkazilgan superliga 13-turida 18 yoshli Fan Zhendong oʻzining navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi. Fan umumiy hisobda 24 ta oʻyinda gʻalaba qozongan va shu orqali 2012-yilda Ma Long tomonidan 23 oʻyinda gʻalaba qozongan holda oʻrnatilgan superliga rekordini yangilagan.
2016-yil Iyun oyida Fan Zhendong ITTF Yaponiya xalqaro chiq turnirida erkaklar oʻrtasida yakkalik bahslari chempionligini qoʻlga kiritganhttps://web.archive.org/web/20160831113449/http://www.ittf.com/competitions/competitions2.asp?Competition_ID=2663&category=PT . Chorak finalda fransiyalik oʻyinchi Simon Gauzyga qarshi oʻyinga tushgan. Fransiyalik tennischini magʻlub etgan Fan ushbu gʻalabasi orqali katta mashhurlikka erishgan va ITTF Star mukofotining „Star Point of the Year“ nominatsiyasini qoʻlga kiritgan.
2017-yil 2017-yilning 8-mart kuni Dyusseldorf Jahon chempionatining soʻnggi bosqichida Fan Zhendong 9 ta gʻalaba va 2 ta magʻlubiyat bilan birinchi oʻrinni egallagan Xu Xinni 2:0 hisobida magʻlub etgan va sport faoliyati davomida ilk Dyusseldorf chempionligini qoʻlga kiritgan. 12-aprel kuni stol tennisi boʻyicha Osiyo chempionatida ham erkaklar oʻrtasida jamoaviy bahslarda chempion boʻlgan.
2018-yil 2018-yilning 22-yanvar kuni Vengriya ochiq chempionatida Fan Zhendong erkaklar oʻrtasidagi yakkalik bahslari finalida yana bir xitoylik jamoadoshi Wan Chuqinni 4:1 hisobida magʻlub etgan va chempionlikni qoʻlga kiritgan.
2019-yil 2019-yil 3-mart kuni Fan Zhendong jahon turnirining barcha 11 ta uchrashuvida gʻalaba qozongan va Budapeshtda boʻlib oʻtadigan 2019-yilgi Jahon chempionati yakkalik bahslarida birinchi raqam ostida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan. Fan Zhendong toʻrtinchi bosqichda hamyurti Liang Jingkun tomonidan magʻlubiyatga uchragan.
2020-yil 2020-yil 15-noyabr kuni stol tennisi boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi 2020-yilgi Jahon kubogi finalida Fan Zhendong Ma Longni 4:3 hisobida magʻlub etgan va toʻrtinchi bor jahon chempionligini qoʻlga kiritgan. 22-noyabr kuni ITTF musobaqasi erkaklar oʻrtasidagi yakkalik bahslari finalida Fan Zhendong Ma Longga 1:4 hisobida magʻlub boʻlgan va ikkinchi oʻrinni egallagan.
2021-yil thumb|Fan Zhendong 2024-yilgi Busan shahrida oʻtkazilgan Jamovaiy jahon chempionati finalida gʻolib boʻlganidan soʻng, Xitoy yangilik xizmati. May oyida Fan Zhendong Xitoy Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. Guruh bahslarida barcha raqiblari ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan va guruh bosqichida Xu Xinni 4:2 hisobida magʻlub etgan 16 yoshli Lin Shidongga qarshi chorak finalda oʻyinga tushgan va uni magʻlub etgan. Fan keyingi bosqich yarim finalda Wang Chuqinni magʻlub etgan, ammo finalda Chjou Qixaoga magʻlub boʻlgan. Fan Tokioda oʻtkazilgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarining erkaklar oʻrtasida yakkalik bahslarida xitoylik oʻyinchi Ma Long bilan oʻyinga tushgan, biroq magʻlubiyatga uchragan.
2023-yil Fan Zhendong 2023-yilda besh marta, jumladan, Singapore Smash va 2023-yilgi Jahon chempionatlarida ikki marta oltin medalni qoʻlga kiritgan. Sportchi oʻsha yili ITTF tomonidan „Yilning erkak oʻyinchisi“ mukofotiga sazovor boʻlgan.
2024-yil 2024-yilning 4-avgust sanasi, yakshanba kuni Fan Zhendong erkaklar oʻrtasida yakkalik bahslarida shvetsiyalik Truls Möregårdhni 4:1 hisobida magʻlub etib, Parij-2024 Yozgi Olimpiadasi oltin medalini qoʻlga kiritganhttps://olympics.com/en/news/paris-2024-fan-zehndong-takes-table-tennis-individual-gold. .
Maʼlumotnomalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Stol tennischilar 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida