James Alan Robinson (; 1960-yil 27-fevral) — britaniyalik iqtisodchi va siyosatshunos. 2015-yildan Chikago universitetining Harris nomidagi jamoat siyosati maktabi professori, shuningdek, maktabning global mojarolarni oʻrganish va hal qilish boʻyicha Pearson institutining direktori, iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati. Olim 2004—2015-yillarda Harvard universitetida dars bergan, bundan tashqari Kaliforniya, Janubiy Kaliforniya va Melburn universitetlarida ham faoliyat yuritgan.
Olim asosan qiyosiy-iqtisodiy tahlil va uzoq davrlardagi siyosiy taraqqiyot, jumladan, Janubiy Amerika va Janubiy Sahroi Kabirdagi jarayonlar boʻyicha tadqiqotlar olib boradi. Daron Acemoglu () bilan hammualliflikda „Diktatura va demokratiyaning iqtisodiy manbalari“ (2006), „Mamlakatlar tanazzuli sabablari“ (2012) va „Tor koridor“ (2019) kabi kitoblarni yozishgan.
Tarjimayi holi Robinson 1960-yil 27-fevralda Buyuk Britaniyada tavallud topgan. Dastlab London School Economics () da (BSc, 1982), soʻngra Uorik universiteti (magistr, 1986), Yel universitetida (PhD, 1993) iqtisodni oʻrgangan. 1992—1995-yillari Melbrun universitetida dars bergan, 1995-—1999-yillarda Janubiy Kaliforniya universitetida assistent-professor, 1999—2004-yillari Berklidagi Kaliforniya universitetida dastlab assistent-professor, 2001-yildan esa dotsent (associate professor) boʻlib ishlagan. 2004-yilda Harvard universiteti davlat boshqaruv kafedrasi professori boʻlgan. 2015-yil 1-iyuldan Chikago universitetining Harris nomidagi jamoat siyosati maktabi professori sifatida faoliyat yuritmoqda.
Mongoliyaga birinchi tashrifi chogʻida olim 2016-yil 9-mayda Mongoliya Milliy universiteti faxriy doktori unvoni bilan taqdirlanadi.
Ilmiy asarlari Kitoblar
Maqolalar Acemoglu, Daron, Simon Johnson, and James Robinson. 2001. „The Colonial Origins of Comparative Development: An Empirical Investigation.“ American Economic Review Vol. 91, Nº 5: 1369-401. Robinson, James A. 2006. „Economic Development and Democracy.“ Annual Reviews of Political Science 9, 503-527. Acemoglu, Daron, Simon Johnson, James A. Robinson, and Pierre Yared. 2008. „Income and Democracy.“ American Economic Review 98 (3): 808-42. Acemoglu, Daron, Simon Johnson, James A. Robinson, and Pierre Yared. 2009 „Reevaluating the Modernization Hypothesis.“ Journal of Monetary Economics 56 (8): 1043-58. Acemoglu, Daron and James Robinson. 2022. „Non-Modernization: Power-Culture Trajectories and the Dynamics of Political Institutions.“ Annual Review of Political Science 25 (1): 323-339
Mukofotlari 2024-yilda iqtisodiyot boʻyicha „institutlarning shakllanish jarayonlari va ularning iqtisodiy farovonlikka ta’sirini tadqiq qilgani uchun“ Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1960-yilda tugʻilganlar Turkum:Iqtisodchilar Turkum:Ingliz olimlari Turkum:Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureatlari