Karel Loprais — (1949-yil 4 martda tavvalud topgan; 2021-yil 30-dekabrda vafot etgan) chexiyalik ralli reyd haydovchisi va yuk mashinalari toifasida Dakar rallisining olti karra gʻolibi hisoblanadi. thumb| Tatra 815 4x4 — Koprivnice texnik muzeyida 1988-yilgi poyga gʻolibi

Faoliyati Karel 1967-yilda Chexoslovakiyaning Kopřivnitse shahridagi Tatra shahrida zavod ishchisi sifatida ishlay boshlagan, keyinchalik sinov haydovchisi boʻlib poygalarga kirib kelgan. Loprais birinchi marta 1986-yilda Dakar rallisida Tatra 815 yuk mashinasi bilan bellashgan. Oxirgi bosqich yakuniga kech yetib kelgani uchun 2-o‘rindan diskvalifikatsiya qilingan. U 1986—2006-yillar davomida 19 marta musobaqalarda qatnashgan va oltita unvon (1988-yil, 1994-yil, 1995-yil, 1998-yil, 1999-yil, 2001-yil), toʻrtta ikkinchi oʻrin (1987-yil, 1996-yil, 2000-yil, 2002-yil), bitta uchinchi oʻrin (1992-yil), ikkita toʻrtinchi oʻrinni egallagan.

1994-yilda ikkinchi gʻalabasi va umumiy avtokamionlar toifasida 6-oʻrinni egallaganidan soʻng, baʼzi ommaviy axborot vositalari uni Monsieur Dakar deb eʼtirof etishganAgence France-Presse. „Karel Loprais forfait pour le Dakar“. Réseau des sports, 2 November 2006. Retrieved on 17 May 2013..

Dakar rallisidan so‘ng 1993-yilda Parij-Moskva-Pekin rallisida (3-o‘rin), 1995-yilda Master Rallye (4-o‘rin) va 1999-yilda (3-o‘rin) va 2000-yilda (2-o‘rin) BAA Desert Challenge musobaqalarida ishtiroki bilan faoliyati nihoyasiga yetgan.

Shaxsiy hayot va vafoti Loprais Ales Lopraisning amakisi boʻlgan, u ham yuk mashinasi haydovchisi sifatida tarixga kirgan. Loprais 2021-yil 30-dekabrda 72 yoshida Novy Jičin shahridagi kasalxonada oʻtkir nafas yetishmovchiligi, yuqori va quyi nafas yoʻllarini keskin buzilishi va ikkilamchi kassaliklarini zoʻayishi natijasida, COVID-19 diagnozi bilan vafot etgan.

Dakar Rallisi natijalari YilTuri Transport vositasiDarajasi Bosqichlardagi gʻalabalar soni 1986-yil Yuk mashinalari TatraYoʻq ? 1987-yil 2 ? 1988-yil1 ? 1989-yil Yuk mashinalari turkumiga kirmaydi. 1990-yil Yuk mashinalari Tatra 4 ? 1991-yil 4 ? 1992-yil 3 ? 1993-yil 1994-yil Yuk mashinalari Tatra1 ? 1995-yil1 ? 1996-yil 2 ? 1997-yilYoʻq 2 1998-yil1 2 1999-yil1 1 2000-yil 2 3 2001-yil1 8 2002-yil 2 1 2003-yilYoʻq 1 2004-yil 7 2 2005-yilYoʻq 0 2006-yilYoʻq 0

Manbalar

Turkum:2021-yilda vafot etganlar Turkum:1949-yilda tugʻilganlar