Jake Chelios () (1991-yil 8-martda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkey himoyachisi. Jake Chelios hozirda Kontinental xokkey ligasi (KHL) vakili "Kunlun Red Star" xokkey jamoasida faoliyat olib bormoqda. Jake Chelios Qoʻshma Shtatlarda tugʻilgan. U 2022-yilgi qishki Olimpiada oʻyinlarida Xitoy sharafini himoya qilgan.
Oʻyin faoliyati Dastlab, Jake Chelios xokkeychilik faoliyatini „Detroit Red Wings“ xokkey klubi safida boshladi. Keyinchalik, Jake Chelios Amerika Qoʻshma Shtatlari xokkey ligasi (USHL) vakili „Chicago Steel“ xokkey klubi bilan faoliyatini oʻsmirlar davom ettirdi. uNDAN SOʻNG, Jake Chelios Big Ten konferensiyasida Michigan shtat universiteti xokkey jamoasi bilan kollegial xokkey oʻynashga qaror qildi.
Jake Chelios 2013—2014-yillardagi mavsumida AHL vakili „Chicago Wolves“ xokkey jamoasi safiga qoʻshildi.
Jake Chelios 2015—2016-yilgi mavsumda „Charlotte Checkers“ xokkey klubi safida faoliyat olib bordi. Jake Chelios klub safida 73 ta oʻyinda maydonga tushib, 31 ochko toʻplashga muvaffaq boʻldi. Undan soʻng, Jake Chelios 2016-yil 22-aprelda „Carolina Hurricanes“ xokkey klubi bilan NHLdagi birinchi shartnomasini imzoladi. U 2017-yil 27-iyun kuni „Carolina Hurricanes“ xokkey klubi bilan yana yangi shartnoma imzoladi.
2018-yilning 1-iyulida u „Detroit Red Wings“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi. Jake Chelios 2019-yil 1-iyulda „New Jersey Devils“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda NHLdagi ilk uchrashuvini oʻtkazdi. Ushbu voqeadan soʻng, Jake Chelios „Red Wings“ klubi tarixidagi oltinchi ota-oʻgʻil xokkeychilar juftligi boʻldi (Sid va Gerry Abel, Adam va Andy Brown, Bill va Peter Dineen, Gordie va Mark Howe va Jimmy Peters Sr. va Jimmy Peters Jr.).
Jake Chelios erkin agent sifatida 2019-yil 23-may kuni Xitoyning "Kunlun Red Star" xokkey klubi bilan ikki yillik shartnomaga rozilik berib, xorijdagi faoliyatini boshladi.
Shaxsiy hayoti Chelios xokkeychi Chris Cheliosning oʻgʻlidir.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2008—2009Little Caesars 18U AAAT1EHL4614284232—————2009—2010Chicago SteelUSHL5212223445—————2010—2011Michigan State UniversityCCHA37861434—————2011—2012Michigan State UniversityCCHA3927944—————2012—2013Michigan State UniversityCCHA42551079—————2013—2014Michigan State UniversityB1G362192138—————2013—2014Toledo WalleyeECHL71122—————2013—2014Chicago WolvesAHL40114—————2014—2015Chicago WolvesAHL411141532—————2014—2015Kalamazoo WingsECHL81232411222015—2016Charlotte CheckersAHL737243144—————2016—2017Charlotte CheckersAHL764283254501162017—2018Charlotte CheckersAHL414101441—————2018—2019Grand Rapids GriffinsAHL611141528400072018—2019Detroit Red WingsNHL50002—————2019—2020Kunlun Red StarKHL482111332—————2020—2021Kunlun Red StarKHL4327952—————2021—2022Kunlun Red StarKHL3836940—————AHL jami2961791108203901113NHL jami50002—————KHL jami12972431124—————
Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2022 Xitoy OG 12 4 0 2 2 2 2022 Xitoy WC D2A 27 4 2 6 8 2 Jami 8 2 8 10 4
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:AQSh xokkeychilari