Aleksey Vladimirovich Tixonov (; 1971-yil 1-noyabrda tugʻilgan) — rossiyalik figurali uchuvchi. Sherigi Mariya Petrova bilan birga 2000-yilgi Jahon chempionligini qoʻlga kiritgan va ikki karra (1999, 2000) Yevropa chempioni boʻlgan.
Faoliyati Tixonov oʻzining tugʻilgan shahri Samarada konkida uchishni boshlagan. Dastlab yakka holda konkida uchgan va 15 yarim yoshida juftlikda konkida uchishga oʻtgan.
Tixonov dastlab sherigi Irina Sayfutdinova bilan Sovet Ittifoqi vakili sifatida va keyin Rossiya uchun raqobatlashgan. Ular Sovet Ittifoqi uchun 1989-yilda figurali uchish boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritganlar.
Aleksey Tixonov 1998-yilning yozida Petrova bilan sheriklik qila boshlagan. Ular birga 2000-yilda Jahon chempionligini qoʻlga kiritishgan. Juftlik2002-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida 6-oʻrinni, 2006-yilgi Olimpiadada esa 5-oʻrinni egallagan. Ular 2005-yilda jahon chempionatida kumush, 2006-yilda esa bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Petrova va Tixonov juftligi 2006-yilgi Jahon chempionatidan soʻng sportdan nafaqaga chiqishlarini eʼlon qilishgan, ammo Rossiya konkida uchish federatsiyasining iltimosiga koʻra, ular keyinchalik yana bir yil musobaqalarda qatnashishga rozi boʻlishgan. Yakuniy mavsumda juftlik Gran-pri finali tur nirida 6-oʻrindan joy olgan va Petrovaning jarohati tufayli Jahon chempionatini tark etishgan.
Petrova va Tixonov juftligi Sankt-Peterburgda murabbiy Lyudmila Velikova qoʻl ostida mashgʻulot oʻtkazdilar. Musobaqadan chiqqandan soʻng, juftlik muz shoularida, shu jumladan Rossiya televideniye loyihalarida chiqish qilishgan.
Shaxsiy hayoti Tixonov Petrova bilan turmush qurgan va 2010-yil 1-fevralda uning birinchi farzandi, Polina ismli qizini dunyoga kelgan. Oila Moskva viloyatida istiqomat qiladi.
Dasturlari
Petrova bilan MavsumQisqa dasturErkin dastur1999 — 2000 Francesca de Rimini
ㅤ Pyotr Ilyich Tchaikovsky Four Seasons
ㅤ Antonio Vivaldi
Mr. Bureaucrat (film saundtrek)1998 — 1999 Doctor Zhivago
ㅤ Maurice Jarre
Natijalari
Petrova bilan NatijalariXalqaroMusobaqa1998 — 991999 — 002000 — 012001 — 022002 — 032003 — 042004 — 052005 — 062006 — 07Olympiada6ㅤ5ㅤJahon chempionati4ㅤ1ㅤ4ㅤ4ㅤ3ㅤ4ㅤ2ㅤ3ㅤWDYevropa chempionati1ㅤ14ㅤ3ㅤ3ㅤ2ㅤ3ㅤ3ㅤ2ㅤGP Bompard2ㅤ1ㅤGP Cup of China3ㅤ1ㅤGP Cup of Russia1ㅤ2ㅤ2ㅤ2ㅤGP NHK Trophy5ㅤ1ㅤ3ㅤ4ㅤ1ㅤ1ㅤGP Skate America2ㅤGP Skate Canada2ㅤ3ㅤ2ㅤGP Sparkassenㅤ1ㅤ1ㅤ2ㅤ3ㅤ4ㅤGoodwill Games3ㅤMilliyRossiya chemp.2ㅤ2ㅤ2ㅤ3ㅤ2ㅤ2ㅤ2ㅤ1 WD: Musobaqani tark etgan
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1977-yilda tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar Turkum:1971-yilda tugʻilganlar