Martin Linnes (; 1991-yil 20-sentyabrda Norvegiyaning Kongsvinger shahrida tugʻilgan) — norvegiyalik futbolchi, „Galatasaray“ futbol klubi va Norvegiya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati Martin Linnes oʻz shahrining „Kongsvinger“ futbol klubi bitiruvchisi. 2010-yilning 5-mayida Martin Linnes Tippeligdagi debyutini „Sandefjord“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan. Mavsum oxirida klub „Superettan“ futbol klubiga oʻtgan. 2011-yil 26-iyunda „Brunet“ futbol klubiga qarshi bahsda u klub uchun birinchi golini urgan.

2012-yil boshida Martin Linnes „Molde“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 23-mart kuni „Strømsgodset“ futbol klubiga qarshi bahsda u yangi jamoada debyut qilgan. 4-avgust kuni „Sogndal“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Martin Linnes „Molde“ futbol klubi safida birinchi golini urgan. Klub bilan u ikki marta chempionlikni va Norvegiya kubogini qoʻlga kiritgan. 17-sentyabr kuni Yevropa ligasi doirasida Turkiyaning „Fenerbahçe“ jamoasiga qarshi o‘yinda Martin Linnes gollardan birini kiritgan.

2016-yilning 9-yanvarida Martin Linnes Turkiyaning „Galatasaray“ futbol klubiga o‘tgan. Shartnoma uch yarim yil muddatga imzolangan. 19-yanvar kuni Turkiya kubogi doirasida „Akhisar Belediyespor“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoasi safida debyut qilgan.

Xalqaro faoliyati 2013-yil iyun oyida Martin Linnes yoshlar jamoasining Isroilda boʻlib oʻtadigan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatiga daʼvogarligiga kiritilgan. Turnirda u Isroil, Angliya va Italiya yoshlar terma jamoasiga qarshi bahslarda qatnashgan.

Oʻsha yilning 15-noyabrida Daniyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Martin Linnes Norvegiya terma jamoasida Umar Elabdellaui oʻrniga maydonga tushgan. 2017-yilning 5-oktyabr kuni JCh-2018 saralashida San-Marinoga qarshi o‘yinda Martin Linnes terma jamoa safidagi ilk golini urgan.

Statistikasi +JamoaMavsumLigaKubokYevropa kubogiBoshqaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolKongsvinger201015030——180201126130——291Jami41160——471Molde20122413080—35120132446141—34620142846040—384201528220111—413Jami104111712720014814Galatasaray2015—20161007000—1702016—20171807110102712017—20182006020—2802018—20191927260103342019—202012040——1602020—20212201030—260Jami1012323120201475Molde20211100000—110202222452101—377Jami3345210100487Umumiy faoliyatida279186064932039027

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Norvegiyalik erkak futbolchilar