Nikolay Aleksandrovich Apuxtin ( ; 1924-yil 20-may, Toshkent, Oʻzbekiston — 1996- yil 10-noyabr, Kiyev, Ukraina) — sovet va ukrain balet artisti va baletmasteri, 1945-1966-yillarda Ukrainaning Kiyev opera va balet teatri solisti. Ukraina SSR xalq artisti (1960).

Biografiya Nikolay Apuxtin 1924-yil 20-mayda Toshkentda (O‘zbekiston) tug‘ilgan.

1934-1942-yillarda Moskvada, soʻngra Leningrad xoreografiya bilim yurtida tahsil olgann.

1945-1966-yillarda Ukrainadagi T. Shevchenko nomidagi Kiyev akademik opera va balet teatrining artisti. Nikolay lirik-romantik plandagi klassik raqqoss boʻlib, ijro etilgan partiyalari: Zigfrid, Dezire, Lukash, Basil, Albert, Spartak, Feb, Giray, Konrad, Menzer, Danila, Stepan, Sofrondan iborat. Uning ijodi ayniqsa duet raqslari bilan tanilgan: „Ukraina balet tarixida oʻziga xos boʻlib, ayniqsa ular orasida Apuxtin va Lidiya Gerasimchuk dueti barchaga maʼlum va mashhurdir“ Stanishevskiy Yu. Ukrainskiy baletniy teatr. Kiev: Muzichna Ukraїna, 2008. — S. 244. .

1951-1971-yillar davomida Kiyev xoreografiya maktabida raqsdan dars bergan. 1971-1975-yillarda Berlin balet maktabida oʻqituvchi lavozimida ishlagan. 1972-1978 va 1981-1996-yillarda — P. Virskiy nomidagi Ukraina raqs ansamblining pedagog-baletmasteri.

1978-1981-yillarda Bolsheviklar madaniyat saroyi (Kiyev) xalq raqs ansamblining badiiy rahbari. 1981-1984-yillarda — Kiyev estrada teatrining xoreograf-baletmasteri.

Manba

Adabiyot

Turkevich V. D. Ukraina xoreografik sanʼati shaxsiyatda. Kiev, 1999. — S.24-25. Stanishevskiy Yu. Ukraina balet teatri. Kiev: Musiqiy Ukraina, 2008. — 411 p.

Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:Kiyevda vafot etganlar Turkum:1996-yilda vafot etganlar Turkum:10-noyabrda vafot etganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1924-yilda tugʻilganlar Turkum:20-mayda tugʻilganlar