Karim Xusanovich Mirxodiyev () – sovet va oʻzbek aktyori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti.
Biografiyasi Karim Xusanovich Mirxodiyev 1954-yil 29-iyulda Oʻzbekiston SSRga qarashli Buxoro shahrida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgach, Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat teatr va rassomlik institutiga oʻqishga kirgan. 1976-1983-yillarda institutni tugatgach, Abror Hidoyatov nomidagi teatrda ishlagan.
1983-yildan „Ilhom“ teatrida ishlagan. Teatrda 60 dan ortiq rollarni ijro etgan.
Karim Mirxodiyev kinoga ilk marta 1979-yilda „Alibobo va qirq qaroqchi“ filmidagi epizodik rol bilan kirib kelgan.
1970-yildan buyon „Boʻysunmas“ oʻzbek kinofilmidagi bosh roli tufayli mashhurlikka erishadi. Mirxodiyev nafaqat oʻzbek filmlarida, balki rus seriallarida ham suratga tushgan. 2007-yilda „Asfaltdagi ov“, „Zastava“ va „platina“ kabi filmlarda oʻynagan. Karim Mirxodiyev 2001-yildan Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistMirxodiyev haqida, oilasi, instagram, rasmlari Biografiya savol-javob.com.
Maʼlumoti
Toshkent shahridagi 228-umumtaʼlim maktabi 1972-1976-yillarda Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat teatr va rassomlik institutida tahsil olgan.
Oilasi
Otasi: Husan Mirbadiyevich Mirxodiyev 1927-yilda Buxoroda tugʻilgan, 2008-yilda Toshkentda vafot etgan. Onasi: Mirxodiyeva Sanʼatxon 1933-yilda Buxoroda tugʻilgan, 2019-yilda Toshkentda vafot etgan. Ukasi: Olim Xusanovich Mirxodiyev 1956-yilda Buxoro shahrida tugʻilgan. Opasi: Yarasheva Mavluda 1953-yilda Buxoroda tugʻilgan. Singlisi: Quratova Mehri 1960-yilda Buxoroda tugʻilgan. Xotini: Mirxodiyeva Sayyora Usmonovna 1961-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan.
Filmografiya Quyida Karim Mirxodiyev suratga tushgan filmlar xronologik tartibda keltirilgan. Yil Nomi Roll 1981 Isyonkor Turumbet 1984 Jontoyning qasamyodi 1985 Togʻlardagi uzoq aks sado Xalilov 1988 Qasoskorning oltin boshi 1989 Eshikni taqillatish 1990 XX asrning dinozavrlari Farhod Xalilova 1990 Tangalik bolalar 1990 Seni izlabDilbarning dadasi 1990 „Qora mushuk“ niqobi ostida 1991 Oʻngga qadam … Chapga qadam 1993 Sukunat kodeksi-2 Umar Quliev 1995 Ajdodlar chaqirigʻi Sohrak 1996 Yulduzingni ber osmonShukur 1998 Kichkina tabibTeshavoy 2006 Osmon yaqindirektor 2007 Muruvvat 2008 Iblis devori To'lqin 2009 Oxirgi daqiqa 2010 Kechikkan hayot Erkinning amakisi 2011 Hur qiz Malikaning otasi 2011 Qoʻrgʻoshin Zoir Rahmon 2012 Xiyonat Rustam 2013 Gulchatoy. Sevgi uchun Ojibek 2014 Ota Mirsobit 2015 Mehmonxona Mayor Samadov 2016 Toliqqan koʻngillar oyga talpinar 2017 96 soat 2017 Hamroh 2018 Mehmonxona-2 Mayor Samadov 2018 Tinchlik ortida 2018 Mis quyosh Yusup 2018 Sabot Saydulla 2020 Ibrat2020Rangsiz tushlar2023Abdulla Oripov2023Osmondagi bolalar 3: Yerdagi otalar +Seriallar Yil TV seriallar Rol 1997-2000lar CharxpalakEgamqul 1998 Shaytanat Mahmud Esonov 2004 Egizaklar Vohid Ibrohimov 2005 Asfaltdagi ov Voqif 2007 Zastava Nazar 2007 Platina Nejmetdin 2009 Salamandr izi 2011 Vysotskiy. Tirikligingiz uchun rahmat Kibirov 2011 Gulchatoy Adjibek
Teatr asarlari 1979 – „Ezilgan havoriy“ – Chaqaloq 1980 – „18 yoshligim“ – Ravshan 1983 – „Chandiqlar“ – Baxtiyor 1989 – „Otilmagan oʻq“ – Sobir 1990 – „Vetsay tarixi“ – Toni
Mukofotlari 2001-yilda – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. 2018-yilda – Eng yaxshi erkak roli, „Sabot“ filmi, „Yevroosiyo“ xalqaro kinofestivali Ostona – 2018Uzbekskiy aktyor Karim Mirxadiev priznan luchshim na kinofestivale „Yevraziya“ uz.sputniknews.ruMirxadiev poluchil priz kinofestivalya „Yevraziya“ v Astane nuz.uz 2019-yilda – „Sabot“ filmidagi roli uchun „Eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasi gʻolibi. 2021-yilda – „Ibrat“ filmidagi roli uchun „Eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasi gʻolibi. 2025-yilda – Oʻzbekiston xalq artisti — Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining yorqin iste’dodi, keng qamrovli ilmiy-ijodiy va amaliy faoliyati bilan xalqimizning intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun.
Manbalar
Havolalar
Karim Mirxadiev ivi.ru Karim Mirxadiev kino-cccp.net Karim Mirxadiev filim.ru
Turkum:Oʻzbekistonlik aktyorlar Turkum:Sovet aktyorlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkent sanʼat instituti bitiruvchilari