General-mayor Ser David Bruce (1855-yil 29-may — 1931-yil 27-noyabr) Avstraliyada tugʻilgan ingliz patolog va mikrobiologi boʻlib, tropik tibbiyotga hissa qoʻshgan. 1887-yilda u hozir Brucella deb ataladigan Malta isitmasi bakteriyani topdi. 1894-yilda u Trypanosoma brucei nomli oddiy parazitni nagana kasalligining (hayvonlarning tripanosomiazi) qoʻzgʻatuvchisi sifatida aniqlaydi. Armiya Tibbiyot Xizmati va Qirollik Armiyasi Tibbiyot Korpusida ishlagan Brucening asosiy ilmiy hamkori uning mikrobiolog rafiqasi Mary Elizabeth Bruce boʻlib, u bilan birga oʻzining 172 ta maqolasidan oʻttizga yaqin texnik maqolalarini nashr etgan. 1886-yilda u Malta isitmasi deb nomlangan kasallikni tekshirish boʻyicha komissiya raisi boʻlib, u sabab ma'lum bir bakteriyani aniqlaydi. Keyinchalik, rafiqasi bilan birga Zululandda nagana deb nomlangan hayvonlar kasalligining tarqalishini tekshirdi va buni keltirib chiqaruvchi protozoa parazitini topdi. U Ugandada inson uyqu kasalligi epidemiyasini oʻrgangan. Qirollik jamiyati tomonidan uyushtirilgan ikkinchi va uchinchi uyqu kasalligi boʻyicha komissiya boshqaruvchisi sifatida ish olib borgan va u yerda tsetse pashshasi inson va hayvonlarda ushbu kasalliklarining tashuvchisi (vektori) ekanligini aniqlagan. Brucella va u keltirib chiqaradigan kasallik brutsellyoz protozoa bilan birga olimning sharafiga Trypanosoma brucei deb nomlangan.
Biografiyasi
Hayoti va ta'limi Bruce Avstraliyaning Melburn shahrida shotlandiyalik muhandis David Bruce (Airthdan) va uning rafiqasi Jane Russell Hamilton (Stirlingdan) oilasida tugʻilgan. Ular 1850-yilda shoshilinch ravishda Avstraliyaga koʻchib oʻtishgan. U yolgʻiz farzand boʻgan, besh yoshida oilasi bilan Shotlandiyaga qaytib kelgan. Ular Stirlingdagi 1-Viktoriya maydonida yashashgan. Bruce Stirling oʻrta maktabida tahsil olgan va 1869-yilda Manchesterda shogirdlikni boshlagan. Biroq, pnevmoniya hujumi uni bu ishdan voz kechishga va oʻz karerasini qayta yaratishga majbur qiladi. Shundan keyin u zoologiyani oʻrganishni boshlaydi. Keyinchalik 1876-yilda Edinburg universitetida tibbiyot sohasi boʻyicha bilim olishga kirishadi. Bruce 1881-yilda oʻqishni tugatgan.
Tibbiy martabasi Surrey shtatining Reigate shahrida Bruce (1881 — 1883) umumiy amaliyot shifokori sifatida qisqa muddat ishlagandan soʻng, rafiqasi Mary bilan uchrashib qoladi va ular turmush qurishadi. Keyin u Hampshirdagi Netley Victoriya kasalxonasidagi Armiya tibbiyot maktabiga oʻqishga kiradi. U 1883-yilda harbiy imtihondan oʻtadi va armiya tibbiy xizmatiga qoʻshiladi (1919-yilgacha xizmat qilgan). Birinchi lavozimi uchun u 1884-yilda Maltaning Valletta shahrida joylashgan Qirollik Armiyasi Tibbiyot Korpusida ishlay boshlaydi.
Bruce 1889-yilda Netley armiya tibbiyot maktabida patologiya kafedrasi dotsenti etib tayinlandi va u yerda besh yil hizmat qiladi. 1894-yilda harbiy xizmatdan qaytgach Pitermaritzburg, Natal, Janubiy Afrikaga yuboriladi. U Zululandda qoramol va ot kasalligi (nagana) ishini tekshirish uchun tayinladi. 1894-yil 27-oktyabrda u rafiqasi (Mary Elizabeth) bilan kasallik eng koʻp tarqalgan Ubombo tepaligiga koʻchib oʻtadi. 1899-yilda Ikkinchi Bur urushi boshlanganda, xotini hamrohligida u Ladysmit qamalida (1899-yil 2-noyabrdan 1900-yil 28-fevralgacha) dala kasalxonasini boshqaradi. Urush davridagi xizmatlari uchun podpolkovnik unvonini olgan. 1899-yilda Bruce Edinburg universitetining terapevtika boʻyicha Kemeron mukofotiga sazovor boʻldi. 1900-yilda u harbiy lagerlarda dizenteriyani tekshiradigan armiya komissiyasiga qoʻshiladi va bir vaqtning oʻzida Qirollik jamiyatining uyqu kasalligi boʻyicha komissiyasida ham ishlaydi.
Bruce 1902-yildan 1911-yilgacha armiya tibbiy xizmati maslahat kengashi a'zosi boʻlib xizmat qilgan. 1914-yilda u London Millbankdagi Qirollik armiyasi tibbiyot kollejining qoʻmondoni etib tayinlandi, 1919-yilda general-mayor lavozimini nafaqaga chiqqunga qadar egalladiS R Christophers: 'Bruce, Sir David (1855–1931)' (rev. Helen J Power), Oxford Dictionary of National Biography, Oxford University Press, 2004; online edn, Oct 2008, accessed 23 May 2014. Bu orada Lister institutining boshqaruv organi raisi etib ham tayinlandi. Faoliyati davomida u toʻqson yettidan ortiq texnik maqolalarni nashr etdi, ulardan oʻttizga yaqiniga rafiqasi hammualliflik qilgan.
Vafoti Bruce 1931-yilda xotinidan toʻrt kun oʻtib, uni xotirlash marosimida vafot etgan. Ikkalasi ham Londonda kuydirilgan va ularning kullari Stirling qal'asi yaqinidagi vodiy qabristonida, shimoliy-janubiy asosiy yoʻlning sharqiy tomonidagi oddiy tosh xoch ostida, janubiy doira yaqinida dafn etilgan. Ularning farzandlari boʻlmagan.
Ilmiy hissalar left|thumb|300x300px| David Bruce (markazda), Oʻrta yer dengizi isitmasi komissiyasi a'zolari bilan (brutselloz uchun). Themistocles Zammit yuqori chap tomonda.
Malta isitmasi Bruce Maltada xizmat qilganida, ingliz askarlari Malta isitmasi deb ataladigan kasallikka chalingan. Kasallik odamlarda toʻlqinli isitma va echkilarda abortga olib kelgan. U echki suti orqali yuqadi. 1886-yilda Bruce epidemiyani tekshirgan Malta isitmasi komissiyasini boshqargan. 1886 — 1887-yillarda u Malta isitmasi bilan kasallangan va kasallikdan vafot etgan besh bemorni oʻrgangan. Jasadlarning taloqidan u mikrokokk bakteriyasini topgan va bu haqida quyidagi fikrlarni bildirgan:Ushbu koloniyalarning biridan olingan qism sterillangan suv tomchisiga solinganda va yuqori quvvat (mikroskop) ostida tekshirilganda, son-sanoqsiz mayda mikrokokklar koʻrinadi. Ular juda faol va raqsga tushayotgandek harakatlanib qoida tariqasida yakka, ba'zan juft boʻlib, kamdan-kam hollarda qisqa zanjirlarda koʻrinishadi.Brucening yordamchisi, jarroh kapitan Matthew Louis Hughes kasallikni „toʻlqinli isitma“ va keltirib chiqaruvchisini micrccoccus melitensis bakteriyasi deb atagan. Infeksion manbai aniq emas edi, Hughes uni tuproqdan va havodan yutilgan deb hisoblaydi. Bruce 1887-yilda „Amaliyotchi“ kitobida ushbu kashfiyot haqida xulosalarini yozib qoldirgan.
Micrococcus jinsi Bruce sharafiga Brucella deb oʻzgartirildi va haqiqiy nom sifatida qabul qilindi. Shunga koʻra, kasallik brutsellyoz deb nomlanadi.
Pashsha kasalligi va uyqu kasalligi Bruce Janubiy Afrikaga koʻchirilganda, u mahalliy aholi nagana deb atagan hayvonlar kasalligi va Yevropaliklarda pashsha kasalligining tarqalishini tekshirish uchun Zululandga yuborilgan. 1894-yilda u rafiqasi bilan bu kasallik qoramol, eshak, ot va itlar orasida keng tarqalganligini aniqlaydi. Ular kasallangan hayvonlardan qon namunalarini yigʻishadi va tekshirishlar natijasida Bruce 1895-yilda oʻz hisobotida ta'riflaganidek, „gematozoon“ (qon parazitlari boʻlgan protozoalar) turi sifatida toʻgʻri aniqlagan parazitlarni topadi.
Uyqu pashshasi boʻyicha komissiya thumb|Uyqu kasalligi boʻyicha uchinchi komissiya a'zolari (toʻgʻridan-toʻgʻri): Persival Makki, Ledi Bruce, Ser David Bruce, HR Bateman, AE Hamerton Ugandada 1900-yildan boshlab uyqu kasalligi avj ola boshlagan. 1901-yilga kelib, oʻlim soni 20 000 ga yaqin boʻlgan holda ogʻirlashadi. Yigirma yil davom etgan epidemiyada 250 mingdan ortiq odam halok boʻlgan. Odatda „negro letargiya“ nomi bilan mashhur boʻlgan kasallikning pashsha kasalligi bilan bogʻliqligi bilinmagan. Oʻsha paytda insonlarda uchraydigan bu kasallik bakterial infektsiya yoki gelmint infektsiyasi deb hisoblangan.
Qirollik jamiyati epidemiyani tekshirish uchun 1902-yilda uch a'zodan iborat uyqu kasalligi komissiyasini tuzdi. London Gigiena va Tropik tibbiyot maktabidan Jorj Karmaykl Lou boshchiligidagi jamoa tarkibiga uning hamkasbi Aldo Kastellani va Hindistonning Bombay shahrida navbatchi tibbiy xodimi Katbert Kristi qoʻshilishdi. Ekspeditsiya muvaffaqiyatsiz boʻldi, chunki ular bakteriya yoki gelmintlarning kasallikka aloqasi yoʻqligini aniqladilar.
1902-yilda ikkinchi komissiya Brucega topshirildi, unga Universitet kolleji kasalxonasidan David Nunes Nabarro yordam berdi. 1903-yil avgustga kelib, Bruce va uning jamoasi kasallik tsetse pashshasi Glossina palpalis orqali yuqishini aniqladi. Uchinchi komissiyada (1908-1912) Bruce va uning hamkasblari tsetse pashshasida tripanosomaning toʻliq rivojlanish bosqichlarini oʻrganishdi.
Faxr va mukofotlar alt=David Bruce's name as it features on the LSHTM Frieze in Keppel Street|thumb| David Brucening nomi London Gigiena va Tropik tibbiyot maktabida. Bruce 1899-yilda Qirollik jamiyati (FRS) a'zosi etib saylandi. U 1904-1908-yillarda Qirollik Armiyasi Tibbiyot Korpusi jurnalining muharriri boʻlib ishlagan. 1901-yilda Edinburg universitetining Kemeron mukofoti laureati boʻlgan. 1904-yilda Qirollik jamiyatining Qirollik medali, 1905-yilda Mary Kingsley medali va Britaniya Tibbiyot Assotsiatsiyasining Stewart mukofotiga sazovor boʻlgan. U 1915-yilda Qirollik shifokorlar kollejida Croonian oʻqituvchisi sifatida faoliyat yuritgan. 1915-yilda Leeuwenhoek medali bilan taqdirlangan, 1908-yilda ritsar unvoniga ega boʻlgan va 1918-yilda Vannaning ritsar qo‘mondoni (KCB) unvoniga ko‘tarilgan. U 1924 — 1925-yillarda Britaniya Ilmiy Assotsiatsiyasi prezidenti boʻlganPresidential Address to the British Association Meeting, held at Toronto in 1924.
Bruce 1904 — 1932-yillarda tripanosomiazdagi kashfiyotlari uchun Fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofotiga 31 marta nomzod boʻlgan, ammo hech birida tanlanmagan.
Manbalar
Turkum:1931-yilda vafot etganlar Turkum:1855-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Biologlar Turkum:Biologiya Turkum:Tibbiyot