Marcin Kamiński (1992-yil 15-yanvarda tugʻilgan) — polshalik professional futbolchi, Bundesliganing Schalke-04 klubi va Polsha milliy futbol terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Lech Poznań thumb|324x324px| Kamiński Lech Poznań bilan 2012-yilda Kamiński 2009-yil 21-noyabrda Ekstraklasa ligasi vakili Lech Poznań klubida professional debyut qildi. Ruch Chorzowga qarshi oʻyinning 90-daqiqasida Jakub Wilkning oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi, uchrashuv 3:1 hisobida Lech Poznań foydasiga hal boʻldi. Klub safida jami 150 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan, 8 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan. Ikki marotaba Ekstraklasa chempionligini qo‘lga kiritgan (2009—2010 va 2014—2015).
VfB Stuttgart 2016—2017-yilgi mavsumda Kamiński VfB Stuttgart klubida toʻp surdi. 2018-yilning 5-martida VfB Stuttgart klubi bilan shartnomasini 2021-yilning iyuniga qadar uzaytirdi. Klubda 63 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urdi.
Fortuna Düsseldorfga ijara 2018-yil 24-avgustda Kamiński Fortuna Düsseldorfga ijaraga oʻtdi. Bir mavsum davomida 27 ta oʻyinda maydonga tushib, birorta ham gol ura olmadi.
Schalke 04 2021-yil 27-may kuni Kamiński „Schalke-04“ klubiga bepul transfer evaziga qo‘shilganini eʼlon qildi
Xalqaro faoliyati 2018-yilning may oyida Polshaning 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati uchun dastlabki 35 kishilik tarkibiga kiritildi. Garchi u dastlab Rossiyaga qarshi 23 kishilik tarkibni kiritiklmagan boʻlsa-da, jarohat olgan Kamil Glik uchun zaxira oʻyinchisi sifatida jamoada qoldi. Oxir-oqibat Glik Jahon chempionatida oʻynay olishi maʼlum boʻldi va shu sababli Kamiński Rossiyaga bormadi.
Faoliyat statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaLigaKubokYevropaBoshqaJamiIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarLech Poznań2009—2010Ekstraklasa401000—502010—2011Ekstraklasa00301010502011—2012Ekstraklasa28040——3202012—2013Ekstraklasa2331050—2932013—2014Ekstraklasa3222041—3832014—2015Ekstraklasa3626030—4522015—2016Ekstraklasa3517011011542Jami15882402412120810VfB Stuttgart2016—20172. Bundesliga23100——2312017—2018Bundesliga23020——2502019—20202. Bundesliga9000——902020—2021Bundesliga5010——60Jami60130——631Fortuna Düsseldorf (ijara)2018—2019Bundesliga27000——270Schalke 042021—20222. Bundesliga31220——3322022—2023Bundesliga1011——21Jami32231——353Jami faoliyati277113012412133314
Xalqaro +Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollarMilliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Polsha 2011-yil 1 0 2012-yil 2 0 2013-yil 1 0 2014-yil 0 0 2015-yil 0 0 2016-yil 0 0 2017-yil 0 0 2018-yil 3 0 Jami 7 0
Yutuqlari Lech Poznań
Ekstraklasa: 2009—2010, 2014—2015 Polsha Superkubogi: 2015-yil
VfB Stuttgart
2. Bundesliga: 2016—2017
Schalke 04
2. Bundesliga: 2021—2022
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Polshalik erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari