Hamid Nizomov (; 1987-yil 15-avgustda tugʻilgan) — oʻzbek professional bodibildingchisi va aktyori, bodibilding boʻyicha Oʻzbekiston sport ustasi. 2016-yilda Hamid Nizomov rahbarligida Buxoro viloyati Bodibilding federatsiyasi tuzilib, u uning amaldagi prezidenti hisoblanadi.

Biografiyasi Hamid Nizomov 1987-yil 15-avgustda Buxoro viloyati G‘ijduvon shahrida tugʻilgan. U professional bodibilding faoliyatini 2010-yilda boshlagan. 2013-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Uning bodibilder sifatidagi eng yaxshi natijasi — WBPF jahon chempionatida 14-oʻrin, Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston chempionatlarida 1-oʻrin, Oʻzbekiston ochiq chempionatida ikki marta 1-oʻrin hisoblanadi. Sportchi oilali, 4 nafar farzandi bor.

Antropometrik maʼlumotlar

Boʻyi — 173 sm Mavsumdan tashqari vazni — 92-95 kg Musobaqa vazni — 80-85 kg Mushaklari — 49-51 sm Koʻkrak qafasi — 112-115 sm Yelkalari — 145-150 sm Sonlari — 105-110 sm Beli — 80-85 sm

Musobaqalar roʻyxati +Hamid Nizomov bodibilding musobaqalarida Yil Musobaqa Natija 2011-yil O‘zbekiston ochiq chempionati 1-chi 2012-yil IFBB Osiyo chempionati 5-chi 2014-yil WBPF jahon chempionati 14-chi 2014-yil O‘zbekiston ochiq chempionati 1-chi 2014-yil Markaziy Osiyo va Qozogʻiston chempionati Atletik tana tuzilishi boʻyicha 1-, 2-oʻrinlar 2015-yil Markaziy Osiyo va Qozogʻiston chempionati 1-chi 2015-yil Toshkent kubogi 2-chi 2016-yil Markaziy Osiyo va Qozogʻiston chempionati 3-chi 2016-yil Toshkent kubogi Erkaklar o‘rtasida 80 kg gacha vaznda 4-, 1-o‘rin

Filmografiya

2019-yil — „Snayper“. 2020-yil — „Sevgi oʻyinlari“ — Said 2022-yil — „Muhabbat izidan“ — Hamza

Manbalar

Havolalar

Rasmiy sayt Hamid Nizomov Rasmiy Instagram Xamid Nizomov Rasmiy Facebook

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:15-avgustda tugʻilganlar Turkum:XXI asr hind aktyorlari Turkum:Oʻzbekistonlik aktyorlar