Sharofiddin Eshonxo'jaev (1927-yil Toshkent)- sharqshunos-filolog-uygʻurshunos, filologiya fanlari nomzodi. SAG (hozirgi OʻzMU) sharq fakulteti Sharqiy Turkiston boʻlimining 1949-yil bitiruvchisi.
1950-yildan Oʻzbekiston Ministrlar Soveti qoshidagi Madaniy oqartuv muassasalari komitetida Markaziy leksiya byurosining direktor oʻrinbosari. 1952-yildan Toshkent shahar Ijroiya Komiteti qoshidagi Madaniy-oqartuv muassasalari boʻlimining shahar leksiya byurosida lektor. Oʻz SSR Tashqi mamlakatlar bilan madaniy aloqalar jamiyatida referent. 1959-yildan Oʻz FA TAIda kichik ilmiy xodim, 1994-yillargacha (nafaqagacha) katta ilmiy xodim. Ilmiy yoʻnalishi matnshunoslik, oʻzbek adabiyoti. 40 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Bir qancha Xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi. Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sohibi (1985).
Asosiy ilmiy ishlari: Nomz. diss. mavzusi: “Alisher Navoiyning «Lison ut-tayr” asari». – T., 1966.
Turkum:Oʻzbekistonlik sharqshunoslar