Nikita Andreyevich Tryamkin () () (1994-yil 30-avgustda tugʻilgan) — rossiyalik professional xokkey himoyachisi. Hozirda Nikita Tryamkin Kontinental xokkey ligasi (KHL) vakili „Avtomobilist Yekaterinburg“ xokkey jamoasida oʻynamoqda.

Nikita Tryamkin oʻzining Kontinental xokkey ligasidagi (KHL) 2012—2013-yilgi KHL mavsumida ham Yekaterinburgning „Avtomobilist Yekaterinburg“ xokkey jamoasida oʻynagan edi.

Oʻyin faoliyati 2014-yilgi NHL Draft paytida Nikita Tryamkin „Vancouver Canucks“ xokkey klubi safiga 66-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. 2016-yil 8-martda Nikita Tryamkin „Vancouver Canucks“ xokkey klubi bilan ikki yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. Bu shartnomada Nikita Tryamkin keyingi mavsumda „Vancouver Canucks“ xokkey jamoasi uni asosiy jamoa safiga qabul qilmasa, klubning AHL filialiga emas, Rossiyaga qaytish imkoniyatiga ega edi.

Nikita Tryamkin 2015—2016-yilgi mavsumning qolgan qismida „Vancouver Canucks“ xokkey klubi tarkibiga qoʻshildi. 2016-yil 16-martda Nikita Tryamkin NHLdagi ilk oʻyinini „Colorado Avalanche“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi. U, shuningdek, ushbu uchrashuvda oʻzining birinchi NHL ochkosini ham qoʻlga kiritdi. 2016-yil 7-aprelda Nikita Tryamkin NHL faoliyatidagi ilk golini „Calgary Flames“ xokkey klubi darvozaboni Joni Ortio darvozasiga kiritdi.

Nikita Tryamkin „Vancouver Canucks“ xokkey klubining 2016—2017-yilgi mavsumi uchun tuzilgan jamoa roʻyxatiga kiritilmadi. Xabarlarga koʻra, „Vancouver Canucks“ klubi Nikita Tryamkinni AHLdagi filiali „Utica Comets“ xokkey jamoasiga joʻnatmoqchi boʻlishgan, biroq Tryamkin oʻz shartnoma variantidan foydalanib, uni oʻz roʻyxatida ushlab turishga yoki Rossiyaga qaytishiga ruxsat berishga majbur qilgan. Shundan soʻng, Nikita Tryamkin klub safiga qoʻshilib, 66 oʻyinda maydonga tushdi.

2017-yil 20-aprelda Nikita Tryamkin Yekaterinburgning „Avtomobilist Yekaterinburg“ xokkey jamoasida oʻynash uchun Rossiyaga qaytib kelayotgani eʼlon qilindi.

Faoliyat statistikasi

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2011—2012JHC AvtoMHL60391282900082012—2013JHC AvtoMHL2881018588123402012—2013Avtomobilist YekaterinburgKHL3231412—————2013—2014JHC AvtoMHL22134100002013—2014Avtomobilist YekaterinburgKHL4516738400022014—2015JHC AvtoMHL313481000122014—2015Avtomobilist YekaterinburgKHL58156375000122015—2016Avtomobilist YekaterinburgKHL53471171601142015—2016Vancouver CanucksNHL1311210—————2016—2017Vancouver CanucksNHL6627964—————2017—2018Avtomobilist YekaterinburgKHL5191625109600042018—2019Avtomobilist YekaterinburgKHL41381131902262019—2020Avtomobilist YekaterinburgKHL58291161502222020—2021Avtomobilist YekaterinburgKHL603121553511202021—2022Avtomobilist YekaterinburgKHL4527926—————KHL jami4432871994384016730NHL jami79381174—————

Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2014-yil Rossiya WJC 7 1 2 3 2 2018-yil RossiyaWC 6 6 0 1 1 4 Oʻsmirlar safida 7 1 2 3 2 Kattalar safida 6 0 1 1 4

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha xokkeychilar‎ Turkum:Rossiya xokkeychilari