Adrien Sébastien Perruchet Silva (; 1989-yil 15-martda Fransiyaning Angulem shahrida tugʻilgan) — portugaliyalik futbolchi, „Al-Wahda“ futbol klubining yarim himoyachisi. Portugaliya terma jamoasi futbolchisi. 2016-yilgi Yevropa chempionati gʻolibi. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.
Adrien Fransiyada tugʻilgan. Uning otasi portugal va onasi fransuz millatiga mansub boʻlgan.
Klublardagi faoliyati thumb|212x212px| Silva Sporting CP jamoasi safida thumb|212x212px| Silva Portugaliya terma jamoasi tarkibida Silva futbol oʻynashni Fransiyaning „Bordo“ futbol klubi akademiyasida boshlagan, ammo 2000-yilda u Portugaliyaga joʻnab ketgan va u yerda tez orada Lissabonning „Sporting“ futbol klubiga oʻtgan. 2007-yilda u klub bilan besh yillik muddatga birinchi professional shartnomasini imzoladi. 17-avgust kuni „Akademik Sofia“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Adrien Sangrish ligasida debyut qilgan. 12 dekabr kuni Chempionlar ligasi doirasida Kievning „Dinamo“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u xalqaro maydonda debyut qilgan. 2009-yil 1-oktabrda Yevropa ligasi doirasida Germaniyaning „Hertha“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Adrien faoliyatidagi ilk golini urgan. „Sherlar“dagi dastlabki uch yilida u liga kubogi va ikki marta Portugaliya Superkubogini qoʻlga kiritgan.
Xalqaro faoliyati 2014-yilning 18-noyabrida Argentinaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Silva Portugaliya terma jamoasidagi debyutini o‘tkazdi va ikkinchi bo‘limda Andre Gomesh o‘rniga maydonga tushgan.
2016-yilning yozida Adrien Fransiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionati gʻolibiga aylandi. Turnirda u Xorvatiya, Polsha, Uels va Fransiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2017-yilda Silva Rossiyada boʻlib oʻtgan Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Rossiya, Chili va ikki marta Meksika jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Meksikaliklarga qarshi kechgan bahsda Adrien terma jamoadagi ilk golini urdi.
2018-yilda Silva Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Marokash, Eron va Urugvay jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Statistika JamoaMavsumLigaKubokXalqaro turnirBoshqaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolSporting CP2007—2008605040001502008—20091304020001902009—20101307041—2412012—20131933040—2632013—20142885100—3392014—20153084082—42102015—20162983180104192016—20172743151103662017—2018310020—51Jami168323433742024139Maccabi Haifa (ijara)2010—2011600020—80Académica (ijara)2010—20116120——812011—201228493——377Jami345113——458Leicester City2017—201812040——1602018—20192030——50Jami14070——210Monaco (ijara)2018—20191500000—1502019—202022030——250Jami37030——400Sampdoria2020—202124120——2612021—202217010——180Jami41130——441Umumiy faoliyatida300365863942039946
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Sporting CP futbolchilari
Turkum:Portugaliya terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya U21 terma jamoasi futbolchilari