Pape Matar Sarr () (2002-yil 14-sentyabrda tugʻilgan) — senegallik professional futbolchi. Pape Matar Sarr Premyer-liga klubi "Tottenham Hotspur" futbol jamoasi va Senegal terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi oʻyin faoliyati Pape Matar Sarr 2020-yil 15-sentabrda Liga 1 jamoasi „Metz“ futbol klubi bilan besh yillik shartnoma imzolashdan oldin o‘zining vatani Senegalda „Génération Foot“ futbol jamoasida oʻynagan edi.

Pape Matar Sarr dastlab, Championnat National 2da „Metz“ futbol klubining ikkinchi jamoasiga oʻynash uchun tanlangangan edi, ammo Fransiyadagi COVID-19 pandemiyasi tufayli barcha mavsum oʻyinlari toʻxtatilganidan keyin, Pape Matar Sarr birinchi jamoa tarkibiga chaqirildi. Pape Matar Sarr „Metz“ futbol klubining asosiy jamoasidagi ilk oʻyinini 2020-yil 29-noyabr kuni Liga 1 doirasida „Brest“ futbol klubiga qarshi o‘yinda o‘tkazdi. 2021-yil 31-yanvarda Pape Matar Sarr o‘zining Liga 1dagi birinchi golini mehmonda „Brest“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (4:2 hisobida zafar) kiritishga muvaffaq boʻldi.

2021-yil 27-avgustda Pape Matar Sarr Premyer-liganing vakili „Tottenham Hotspur“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Pape Matar Sarr 2021—2022-yilgi mavsum oxirigacha „Metz“ futbol klubiga ijaraga berildi.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati Pape Matar Sarr Senegal terma jamoasidagi ilk oʻyinini 2021-yil 26-mart kuni Kongo terma jamoasiga qarshi AFCON 2021 saralash o‘yinida o‘tkazdi. 2022-yil 6-fevralda Pape Matar Sarr Senegal terma jamoasi bilan 2021-yilgi Afrika Millatlar kubogida g‘olib chiqdi.

Faoliyat statistikasi +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar Klub Mavsum Liga Kubok Boshqa Jami Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Metz II 2020—2021National 2 1 0 — — 1 0 Metz 2020—2021 Liga 1 22 3 3 1 — 25 4 2021—2022 Liga 1 3 0 0 0 — 3 0 Jami 25 3 3 1 — 28 4 Metz (ijara) 2021—2022 Liga 1 26 1 1 0 — 27 1Jami 52 4 4 1 0 0 56 5

Xalqaro +Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyinlar va gollar Terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar Senegal 2021 4 0 2022 7 0 Jami 11 0

Manbalar

Havolalar

Pape Matar Sarr Tottenham Hotspur F.C. saytida

Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Senegallik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Championnat National 2 futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Senegallik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:Afrika Millatlar Kubogida gʻolib chiqqan futbolchilar