Yovan Jokich (; 1992-yil 13-avgust, Brus, Yugoslaviya) – serbiyalik professional futbolchi, Oʻzbekistonning „Neftchi“ futbol klubi yarim himoyachisi hisoblanadi.

Faoliyati

Klub miqyosida Professional faoliyatini 2011-yilda „Yavor“ klubida boshlagan. 2012-yilda u „Rudar Kostolats“ klubiga ijaraga oʻtadi.

2017-yil boshida u Qozogʻistonning „Atirau“ futbol jamoasiga borib qoʻshiladi. Qozogʻistondagi faoliyatidan soʻng 2018-yildan buyon Oʻzbekiston chempionatining AGMK, Lokomotiv (Toshkent) klublarida oʻynagan hamda 2022-yildan buyon Navbahor futbol klubida toʻp surib kelmoqda. Navbahor jamoasi tarkibida uch mavsum davomida 98 ta oʻyinda ishtirok etgan 12 ta gol muallifi boʻlgan. Bu davrda Jovan ikki bor Oʻzbekiston kubogi finaliga qadar yetib borgan.

2024-yil 9-deakbrda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Milliy terma jamoa 2017-yilda u Serbiya terma jamoasida AQShga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻz debyut oʻyinini oʻtkazgan.

Yutuqlari

Yavor

Serbiya Birinchi Ligasida kumush medali sohibi: 2014/15 mavsum Serbiya kubogi finalchisi: 2015/16 mavsum

Atirau

Qozogʻiston kubogi finalchisi: 2017-yil

OKMK

Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2018-yil Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2020-yil

Lokomotiv

Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2019-yil

Oʻzbekiston vitsa-chempioni: 2019-yil

Navbahor

Oʻzbekiston Superligasi vitsa-chempioni: 2022-yil Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2022, 2024

Neftchi

Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2025 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2026

Manbalar

Havolalar

Jovan Đokić Utakmica.rs saytida

Turkum:13-avgustda tugʻilganlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FK Rudar Kostolac futbolchilari Turkum:FK Javor Ivanjica futbolchilari Turkum:FC Atirau futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Serbiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar