Marselo Vieyra da Silva Junior (; 1988-yil 12-mayda tugʻilgan) – braziliyalik sobiq professional futbolchi, chap qanot himoyachisi ampulasida oʻynagan. Barcha davrlarning eng buyuk chap qanot himoyachilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan Marcelo, oʻzining hujumkor qobiliyatlari bilan tanilgan. U faoliyatining koʻp qismini La Liganing „Real Madrid“ klubida oʻtkazgan va 25 ta sovrinni qoʻlga kiritgan klubning eng koʻp mukofotlangan futbolchilaridan biri hisoblanadi.
Futbolchilik faoliyati
Fluminense
Marselo 9 yoshidan boshlab, futzal oʻynashni boshlagan. 13 yoshida esa braziliyaning grand klublaridan biri boʻlgan Fluminensening yoshlar tarkibiga kelib qoʻshildi. U boshida yarim himoyada oʻynadi, keyinchalik esa yangi kelgan murabbiy uning katta tezlikka egaligidan samaraliroq foydalanish maqsadida himoyada oʻynatishga qaror qildi. U deyarli futbolni tashlab yuborayotgan edi, chunki uning ota-onasi mashgʻulotlar bazasiga borib kelish uchun yoʻl harajatlari koʻtara olishmayotgan edi. Lekin klub iqtidorli oʻyinchidan ajrab qolmaslik maqsadida bu harajatlarni oʻz zimmasiga oldi. Fluminense tarkibida oʻtkazgan ikki mavsumda u 38 oʻyinda maydonga tushdi va 6 marta raqib darvozasiga toʻp kiritdi.
Real Madrid yosh himoyachining iqtidorini payqagan „Real“ seleksionerlari tezda uni jamoaga jalb etish harakatiga tushishdi va natijada 2007 yilning yanvar oyida madridliklar Marselo bilan 2013 yilgacha shartnoma imzolashdi. Kelishuv summasi 7 mln. yevroga baholandi. Marselo „Real“dagi oʻz hamkasblarining saʼy-harakatlari evaziga tez orada Madridda moslashib ketdi. Bunda Roberto Karlosning harakatlari alohida oʻrin tutdi. U Marseloga oʻz tajribasini ulashdi va har taraflama yordam berdi. Mavsumning qolgan davrida u 6 ta oʻyinda ishtirok etdi va Ispaniya chempioni nomiga sazovor boʻldi. Bernd Shuster vaqtida Marselo asosiy tarkibdan muqim joy oldi.
2011 yil 26-iyulda Marselo rasmiy ravishda ispaniya fuqarosi boʻldi, oʻsha vaqtdan buyon u YeI mamlakatlari legioneri hisoblanadiMarselo stal grajdaninom Ispanii.
Yutuqlari
Ispaniya chempioni: 2006/2007, 2007/2008, 2011/2012 Ispaniya kubogi gʻolibi: 2010/2011 Ispaniya superkubogi sohibi: 2008, 2012 Olimpiyada oʻyinlari bronza medali sohibi: 2008 Olimpiyada oʻyinlari bronza medali sohibi: 2012
Shaxsiy sovrinlari UEFA Yilning ramziy jamoasi: 2011 FIFA World XI: 2012
Ishtirok etish statistikasi
2012 yil 13 may holatiga. JamoaMavsumChempionatKubokYevrokuboklarJamiOʻGTUOʻGTUOʻGTUOʻGTUFluminense200512200000001220200618400000001840Jami 30 6 0 0 0 0 0 0 0 30 6 0Real Madrid2006/076000000006002007/08250200050130032008/09294300060035432009/10354920060043492010/113234601122250572011/1232355007044439Jami 156 14 22 17 0 1 36 2 7 209 16 31Faoliyatidagi jami 186 20 22 17 0 1 36 2 7 239 22 31
Manbalar
Havolalar
Marcelo Fluminense FC saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Fluminense FC futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:Olympiacos F.C. futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Braziliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari futbolchilari Turkum:2012-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar Turkum:Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Gretsiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Konfederatsiyalar kubogida gʻolib boʻlgan futbolchilar