Gonsalo Ariel Montiel (1997-yil 1-yanvarda tugʻilgan) — argentinalik professional futbolchi, La Liganing "Sevilya" klubi va Argentina terma jamoasi oʻng qanot himoyachisi.

Klublardagi faoliyati

River Plate Montiel oʻz faoliyatini „River Plate“ klubi akademiyasida boshlagan. 2016-yil 30-aprelda, u 19 yoshida klubning asosiy jamoasida debyut qildi. U 2016-17 yilgi mavsumda toʻrtta oʻyin oʻtkazib, asosiy jamoada oʻz oʻrniga ega boʻlishni boshladi. Aynan oʻsha mavsumda u Argentina kubogida ajoyib oʻyin koʻrsatdi. U finalgacha boʻlgan barcha oʻyinlarda maydonda harakat qildi va jamoasi CA Tucuman klubini magʻlub etib, kubokni boshi uzra koʻtardi. Himoyachi Libertadores kubogida ham yaxshi oʻyinlarni oʻtkazdi va bitta gol va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Jamoasi Lanus klubidan magʻlub boʻlgan oʻyingacha ham bir necha yorqin oʻyinlari bilan esda qoldi.

2017-18 yilgi mavsumda Montiel oʻz faoliyatida katta qadam tashladi. U 35 ta oʻyin oʻtkazdi, ulardan oʻn beshtasi liga oʻyini edi. U „Santyago Bernabeu“da „Boka Xuniors“ga qarshi oʻyinda Libertadores kubogini qoʻlga kiritgan yili oʻn toʻrtta oʻyinda maydonga tushdi. Argentina Kubogida beshta oʻyin oʻtkazgan jamoasi oʻtgan yilgi gʻalabasini takrorlashga yaqin edi, biroq yarim finalda „Ximnaziya“ jamoasiga qarshi oʻyinda penaltilar seriyasida magʻlubiyatga uchradi. Oʻsha mavsumda jamoa Argentina Superkubogida „Boka Xuniors“ni magʻlub etib, ikki kubokka ega chiqdi.

Keyingi mavsum „River Plate“ klubida oʻng qanot himoyachisining roli yanada muhim ahamiyatga ega boʻla boshladi. Montiel ligada oʻn ikkita oʻyinda toʻliq maydonda harakat qildi. Ketma-ket ikkinchi mavsumda Montiel oʻn ikki uchrashuvdan soʻng Libertadores kubogi finaliga chiqdi, ammo River Plate bu safar Flamengo klubiga magʻlub boʻldi. Uning jamoasi Markaziy Kordova jamoasi ustidan gʻalaba qozonib, yana bir bor Argentina kubogini qoʻlga kiritdi. U esa kubokning barcha oʻyinida maydonda harakat qildi. Oʻtgan mavsumda Libertadores Kubogida gʻalaba qozonganidan soʻng, River Plate FIFA klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etib, uchinchi oʻrinni egalladi. Montiel jarohati sabab Superkubok oʻyinlarida ishtirok etmadi, biroq tez orada sogʻayib, Recopa musobaqasiga tayyor boʻldi. River birinchi oʻyinda 1:0 hisobida gʻalaba qozondi, keyin „Atletiko Paranaense“ klubiga qarshi oʻyinda 3:0 hisobida gʻalaba qozonib, kubokni qoʻlga kiritdi.

Sevilla 2021-yil 13-avgust kuni, La Liganing "Sevilya" klubi Montiel bilan 3 yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.

Xalqaro martaba 2019-yilning mart oyida, Montiel bosh murabbiy Lionel Skaloni tomonidan Argentina terma jamoasining Venesuela va Marokashga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari uchun qaydnomaga kiritildi. 22-mart kuni Montiel Venesuelaga qarshi oʻyinda oʻz debyutini amalga oshirdi.

2021-yil 11-iyunda, Montiel Argentina milliy terma jamoasining 2021- yilgi Kopa Amerika turniri uchun eʼlon qilingan 28 kishilik tarkibidan joy oldi. U jamoaning turnirda oʻtkazgan yettita oʻyinidan toʻrttasida qatnashdi, shu jumladan final oʻyinining birinchi yarmida Fredning zarbasi natijasida u toʻpigʻidan qon ketishi sababli maydonni erta tark etdi. 

Faoliyatidagi statistikasi

Klub

+Klublardagi oʻyinlar, mavsumlar va musobaqalarKlubMavsumlarLigaKubokMintaqaviyBoshqaUmumiyDivizyonlarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarRiver Plate2016Argentine Primera División10000000102016-17405031-1212017-18150606<ref>0102802018-191205013<ref>0303302019-20190008<ref>0-2702020-21901010<ref>1-2012021123105<ref>1-184Umumiy723180453401396Sevilla2021-22La Liga1814060-2812022-23801041-131Umumiy26150101-412Umumiy statistikasi984230554401808

Xalqaro

+Terma jamoa safidagi oʻyinlar va gollar Milliy terma jamoa Yillar Oʻyinlar Gollar Argentina 2019 4 0 2020 4 0 2021 yil 5 0 2022 5 0 Jami 18 0

Yutuqlari River Plate

Argentina Primerasi : 2021-yil Argentina kubogi : 2015-16, 2016-17, 2018-19 Argentina Superkubogi : 2017, 2019 Libertadores kubogi : 2018-yil Recopa Sudamericana : 2016, 2019

Argentina

Kopa Amerika : 2021 KONMEBOL — UEFA Chempionlar Kubogi 2022

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:Copa América Centenarioda gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Argentina U20 terma jamoasi futbolchilari Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari Turkum:Copa América 2021 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari