Jacek Waldemar Bąk (Jacek in isolation: [ˈjatsɛk].) (1973-yil 24-martda tugʻilgan) — polshalik sobiq professional futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan.
Oʻz mamlakatidan tashqari, u Fransiya, Qatar va Avstriya klublari safida harakat qilgan. Xususan birgina „Lyon“ jamoasi safida 150 dan ortiq oʻyinda maydonga tushgan. U jamoaga 2002-yilgi milliy chempionatda gʻalaba qozonishga yordam bergan.
Bąk 15 yil davomida Polsha terma jamoasi sharafini himoya qilgan va milliy terma jamoa safida ikkita Jahon chempionati va Yevro-2008da ishtirok etgan.
Klubdagi faoliyati Lublin shahrida tugʻilgan Bąk mahalliy Motor Lublin jamoasi safida atigi 16 yoshida debyut uchrashuvida maydonga tushgan va ikki yildan soʻng Lech Poznan jamosiga koʻchib oʻtgan. 1992—1993-yilgi mavsumda u 28 ta oʻyinda ishtirok etib, klubga toʻrt yil ichida uchinchi marta milliy chempionlikni qoʻlga kiritishiga yordam bergan.
Bąk 1995-yil yozida „Olimpique Lyonnais“ jamosi bilan shartnoma imzolagan va Fransiya Liga 1da toʻliq oʻn yilni „Lyon“ safida va RC Lens bilan oʻtkazgan.
Bąk 2010-yil iyun oyida 37 yoshida, Qatar Yulduzlar Ligasida ikki yil Al-Rayyan SC safida va uch yil Avstriya Bundesligasining „Austria Wien“ klubida o‘ynaganidan so‘ng nafaqaga chiqdi.
Xalqaro faoliyati Bąk Polsha terma jamoasi safidagi ilk oʻyinini 1993-yil 1-fevralda Kipr bilan safarda oʻrtoqlik oʻyinida (0:0) oʻtkazgan. U 2002 (bitta oʻyin, guruh bosqichida 2:0 hisobida mezbon Janubiy Koreyaga magʻlub boʻlgan) va 2006-yilgi FIFA Jahon Chempionatlarida ishtirok etgan terma jamoaga chaqirilgan.
2006-yil noyabr oyida Bąk Belgiya va Polsha oʻrtasidagi UEFA Yevro-2008 saralash oʻyinida penaltini noaniq tepishi uchun unga 10 000 yevro taklif qilinganini daʼvo qilgan va bu boʻyicha UEFA tergov boshlagan. Murabbiy Leo Beenhakker tomonidan musobaqa final bosqichi uchun asosiy jamoaga tanlab olingan. U Xorvatiyaga qarshi guruh bosqichidagi oʻyinlarda asosiy tarkibga kiritilmagan.
Faoliyat statistikasi +Milliy terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Polsha 1993-yil 6 0 1994-yil 6 1 1997-yil 2 0 1998-yil 4 0 1999-yil 6 0 2000-yil 4 0 2001-yil 5 0 2002-yil 7 0 2003-yil 10 1 2004-yil 8 0 2005-yil 10 0 2006-yil 13 0 2007-yil 9 1 2008-yil 6 0 Jami 96 3 +Jacek Bąk tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 1994-yil 17-avgust Stadion Miejski, Radom, Polsha 1-1 Oʻrtoqlik 2 2003-yil 12-noyabr Stadion Wojska Polskiego, Varshava, Polsha 3-1Oʻrtoqlik 3 2007-yil 24-mart Stadion Voyska Polskiego, Varshava, Polsha 5-0 Yevro-2008 saralashi
Yutuqlari Lyon
UEFA Intertoto kubogi : 1997
Manbalar
Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:Polshalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar