Dylan D. Olsen () (1991-yil 3-yanvarda tugʻilgan) — amerikalik va kanadalik professional xokkeychi. Dylan Olsen hozirda erkin agent hisoblanadi.

Oʻyin faoliyati

Havaskor Dylan Olsen NCAA huquqini saqlab qolish uchun AJHL vakili Camrose Kodiaks xokkey jamoasi bilan foliyati olib bordi. Dylan Olsen 2006—2007-yillarda Kodiaks jamoasi bilan ikkita oʻyinda maydonga tushib, gol urishga muvaffaq boʻldi.

Dylan Olsen 2007—2008-yilgi yangi mavsumda klub safida 49 ta oʻyinda maydonga tushib, sakkizta gol va 24 ochko toʻpladi. Bu koʻrsatkichlar orqali Dylan Olsen Kodiaks xokkey klubiga ligada eng yaxshi natijani qayd etishga yordam berdi. Shuningdek, Dylan Olsen klub bilan 2008-yilgi AJHL chempionligini qoʻlga kiritdi.

Dylan Olsen 2009—2010-yilgi mavsumni Minnesota Duluth Bulldogs universiteti xokkey jamoasida oʻtkazdi.

Professional Dylan Olsen 2010-yil 31-dekabrda Chicago Blackhawks xokkey jamoasi bilan uch yillik boshlang‘ich darajadagi shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Dylan Olsen Olsen „Blackhawks“ning kichik ligadagi filiali Rockford xokkey klubi safiga joʻnatildi.

Dylan Olsen klub safida 2012-yil 17-aprelda oʻzining birinchi pley-off oʻyinida ishtirok etdi.

2013—2014-yilgi mavsumda, 2013-yilning 14-noyabrida Dylan Olsen Kris Versteeg va Philippe Lefebvre evaziga Jimmy Hayes bilan birga „Blackhowks“ klubi tomonidan Florida Panthers xokkey jamoasiga almashtirildi. Dylan Olsen oʻzining birinchi NHL golini „Panthers“ jamoasi tarkibida 2013-yil 5-dekabrda „Winnipeg Jets“ xokkey jamoasiga qarshi uchrashuvda kiritishga muvaffaq boʻldi.

2015—2016-yilgi mavsumdan soʻng, Dylan Olsen „Panthers“ xokkey klubini tark etdi. Shundan soʻng, Dylan Olsen 2017-yil 13-sentyabrda „Calgary Flames“ xokkey klubi mashgʻulotlarida qatnashish uchun sinov mashgʻulotlariga bora boshladi. Sinovdan soʻng, Dylan Olsen 2017-yil 19-sentyabrda klubning AHL filiali „Stockton Heat“ xokkey klubi bilan sinovdan o‘tishga tayinlandi. 13-oktyabr kuni Dylan Olsen ECHL vakili Adirondack Thunder xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Shimoliy Amerikada 8 mavsum o‘ynagach, Dylan Olsen 2018-yil 31-may kuni Angliyaning „Nottingham Panthers“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzolash uchun xorijga joʻnab ketdi.

Dylan Olsen 2019—2020-yilgi mavsumda Shimoliy Amerikaga qaytib, 2020-yil 10-yanvarda „South Carolina Stingrays“ xokkey jamoasi bilan ECHLdagi professional faoliyatini davom ettirdi.

Shaxsiy hayoti Dylan Olsenning otasi Darryl Olsen 1991—1992-yilgi NHL mavsumida „Calgary Flames“ xokkey jamoasi bilan oʻynagan.

Faoliyat statistikasi

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2006—2007Camrose KodiaksAJHL21010—————2007—2008Camrose KodiaksAJHL4981624451615662008—2009Camrose KodiaksAJHL5310192912310167122009—2010University of Minnesota DuluthWCHA361101149—————2010—2011University of Minnesota DuluthWCHA17112138—————2010—2011Rockford IceHogsAHL4204410—————2011—2012Rockford IceHogsAHL4443744—————2011—2012Chicago BlackhawksNHL280116100002012—2013Rockford IceHogsAHL50291127—————2013—2014Rockford IceHogsAHL160888—————2013—2014San Antonio RampageAHL41122—————2013—2014Florida PanthersNHL4439128—————2014—2015Florida PanthersNHL4426820—————2014—2015San Antonio RampageAHL1212322210122015—2016Florida PanthersNHL80112—————2015—2016Portland PiratesAHL475111612400022016—2017Nanton PalominosRHL61450—————2017—2018Adirondack ThunderECHL5051823141716702017—2018Binghamton DevilsAHL70118—————2018—2019Nottingham PanthersEIHL468111949300002019—2020HK NitraSlovak2102222—————2019—2020South Carolina StingraysECHL90110—————2019—2020Wichita ThunderECHL40330—————2021—2022Wichita ThunderECHL20000—————NHL jami124517223610000

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha xokkeychilar Turkum:Kanada xokkeychilari Turkum:AQSh xokkeychilari