right|thumb|252x252px| Hinuma koʻli  – Yaponiyaning Ibaraki prefekturasida joylashgan shaharcha. 2020-yil 1-iyul holatiga koʻra, shaharchaning 12,052 xonadonida 31,596 kishi istiqomat qiladi va har bir kvadrat kilometrga 260 kishi toʻgʻri keladi. 65 yoshdan oshganlar aholining 34.9% ini tashkil etadi. Shaharchaning umumiy maydoni 121.58 km².

Geografiyasi Shaharcha Ibaraki prefekturasining markazida, prefekturasi markazi Mitodan janubda joylashgan. Ibaraki Tinch okeani yaqinidagi tekisliklarda joylashgan boʻlib, Yaponiyadagi 30-yirik chuchuk suv havzasi boʻlgan Hinuma koʻlini qamrab oladi.

Yondosh munitsipalitetlar Ibaraki prefekturasi

Mito Omitama Kasama Hokota Oarai

Iqlimi Ibaraki nam kontinental iqlimga ega, yozi issiq va qishi sovuq, yengil qor yogʻis holatii bilan ajralib turadi. Ibarakidagi oʻrtacha yillik harorat 13,9 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1367 mm, sentyabr esa eng nam oydir. Eng yuqori harorat avgustda 25,7 °C atrofida, eng pasti esa yanvarda, 3,1 °C atrofida boʻladiIbaraki climate data.

Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraIbaraki population statistics, Ibaraki aholi soni soʻnggi 40 yil davomida nisbatan barqaror boʻlib kelgan.

Tarixi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan Higasiibaraki tumanida Nagaoka, Kavane, Kaminoai va Isizaki qishloqlari va Kasima tumanida Numasaki qishlogʻi tashkil etiladi. 1955-yil 11-fevralda Nagaokaga shaharcha maqomi berilgan, soʻng Kavane va Kaminoai bilan birlashtirilib, oʻsha kuni Ibaraki shaharchasi tashkil etilgan. Ibarakiga 1958-yil 5-martda qoʻshni Isizaki qoʻshib olingan. Shaharcha 2007-yil 8-dekabrda Mito bilan birlashtirilishi rejalashtiriladi, ammo 2007-yil aprelida yangi mer saylanganidan keyin bu rejalar bekor qilinadi.

Hukumati Ibarakida toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 16 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakli mavjud. Ibaraki qoʻshni Hokota va Oarai bilan birga Ibaraki prefekturasi assambleyasiga ikki aʼzo qoʻshadi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya parlamenti quyi palatasining Ibaraki 2- saylov okrugi tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti Ibaraki iqtisodiyoti asosan qishloq xoʻjaligiga asoslangan.

Taʼlim

Ibarakida shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat boshlangʻich maktabi va ikkita davlat oʻrta maktabi hamda Ibaraki prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi mavjud.

Transporti

Temir yoʻllari

Ibarakida yoʻlovchi poyezdi xizmati yoʻq.

Magistral yoʻllari

Kita-Kanto tezyurar yoʻli – Ibarakimachi-Nisi va Ibarakimachi-Higasi kesishmalari, Ibarakimachi chorrahasi, Higasi-Kanto tezyurar yoʻli – Ibaraki Kuko Kita, Ibarakimachi kesishmalari 6-milliy yoʻnalish

Mahalliy diqqatga sazovor joylari

Hinuma Hydrangea festivali Ibaraki festivali

Ibarakilik taniqli kishilar

Hideaki Tomiyama – kurash boʻyicha Olimpiya oltin medali sovrindori Kami – Malice Mizerning barabanchisi

Manbalar

Havolalar

Rasmiy veb-sayt

Turkum:Ibaraki prefekturasi shaharchalari