Mariya Valeryevna Butina (, 1988-yil 10-noyabrda tugʻilgan)-rossiyalik siyosatchi. U Federatsiya Kengashining sobiq aʼzosi, Vladimir Putinning „Yagona Rossiya“ partiyasi aʼzosi, Rossiya Markaziy banki raisining oʻrinbosari Aleksandr Torshinning yordamchisi boʻlib ishlagan. 2016-yilgi Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidentlik saylovlarida Milliy miltiq assotsiatsiyasiga ishlagan. 2018-yilning iyul oyida Vashingtonda istiqomat qilayotganda Butina FQB tomonidan hisobgan olingan va „Bosh prokurorni oldindan ogohlantirmasdan“ Rossiya Federatsiyasi agenti sifatida ishlaganlikda ayblangan. 2018-yil dekabr oyida Rossiya davlatining xorijiy agenti sifatida harakat qilish uchun fitna uyushtirish boʻyicha jinoiy ayblovlarni tan olgan. 2019-yil aprel oyida federal sudyasi 18 oylik qamoq jazosiga hukm qilgan. 2019-yil oktyabr oyida ozodlikka chiqarilgan va Rossiyaga deportatsiya qilingan. U Rossiya agenti ekanligi haqidagi ayblovlarni rad etgan. 2021-yilda „Yagona Rossiya“ aʼzosi sifatida Davlat Dumasiga saylangan. Erta hayoti va taʼlimi Butina 1988-yil 10-noyabrda Sibirning Oltoy oʻlkasining Barnaul shahrida tugʻilgan. Uning onasi energetika korxonasining bosh muhandisi, otasi Valeriy Viktorovich Butin tadbirkor boʻlib, Barnaulda mebel ishlab chiqarish biznesini yoʻlga qoʻygan. Uning bir singlisi va onasining Kira ismli jiyani borSnob, 2014. Mariya Butina. U 17 yoshida 22-sonli gimnaziyani ingliz tilini chuqur oʻrgatiladigan maktada oʻqigan. U Oltoy davlat universitetida siyosatshunoslik fakultetida tahsil olgan. 19 yoshida u kengashga soʻnggi toʻgʻridan-toʻgʻri saylovda Oltoy oʻlkasi jamoat kengashiga saylanganMostovщikov, Yegor (April 17, 2014). „Kak sozdat orujeynoe lobbi i ne progoret“ [How to create a weapons lobby and not burn out]. GQ Russia (in Russian). Archived from the original on June 13, 2017. Retrieved April 7, 2018. Turkum:CS1 Russian-language sources (ru). Biznes va siyosiy martabasi Butina 21 yoshida Oltoy oʻlkasida mebel savdosi bilan shugʻullanganMostovщikov, Yegor (April 17, 2014). „Kak sozdat orujeynoe lobbi i ne progoret“ [How to create a weapons lobby and not burn out]. GQ Russia (in Russian). Archived from the original on June 13, 2017. Retrieved April 7, 2018. Turkum:CS1 Russian-language sources (ru). 2011-yilda Moskvaga koʻchib oʻtgan va reklama agentligini ochish uchun yettita mebel doʻkonidan oltitasini sotgan. 2011-yilda Butina Rossiya qurol huquqlari tashkiloti sifatida tasvirlangan. U AQShga sayohat qilishni boshlagan. Dastlab Aleksandr TorshinAltman, Alex; Dias, Elizabeth. „Moscow Cozies Up to the Right“. Time magazine. Archived from the original on March 9, 2017. Retrieved July 16, 2018. bilan birga, Rossiya Federatsiya Kengashida senator boʻlgan va Yagona Rossiyaning yetakchi aʼzosi edi. Butina 2014-yil oxirida qurol olib yurish huquqi tashkiloti rahbari lavozimidan isteʼfoga chiqgan. Butinani fitna va chet el agenti sifatida ishlaganlikda ayblab sudga bergan. Rossiyaning Respublikachilar partiyasidagi kun tartibini ilgari surish uchun hiyla boʻlganLafraniere, Sharon; Rosenberg, Matthew; Goldman, Adam (July 18, 2018). „Maria Butina Loved Guns, Trump and Russia. It Was a Cover, Prosecutors Say“. The New York Times. Archived from the original on July 18, 2018. Retrieved July 20, 2018.. Anders Aslund qurol olib yurish huquqini „Amerika guruhlariga kirib borish va NRA bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadidagi oldingi tashkilot“ deb taʼriflagan. 2013-yilda Rossiyada respublikachi siyosiy faol Pol Erikson bilan uchrashgan. 2015-yilda NRA orqali Rossiyaga doʻstona munosabatda boʻlishga taʼsir qilganProkop, Andrew (July 19, 2018). „Maria Butina, explained: the accused Russian spy who tried to sway US politics through the NRA“. Vox. Archived from the original on July 26, 2018. Retrieved July 27, 2018.. 2015-yil yanvar oyida Torshin Rossiya Markaziy banki raisining oʻrinbosari boʻlgan. Butina 2017-yil mayigacha uning maxsus yordamchisi boʻlib ishlaganFandos, Nicholas (December 3, 2017). „Operative Offered Trump Campaign 'Kremlin Connectionʼ Using N. R. A. Ties“. The New York Times. Archived from the original on December 3, 2017. Retrieved December 3, 2017.. 2017-yilda Butina The Washington Post nashriga hech qachon Rossiya hukumati uchun ishlamaganini aytgan. 2016-yil avgust oyida u talabalik vizasi bilan AQShga ko‘chib o‘tgan. Vashingtondagi Amerika universitetining Xalqaro aloqalar bo‘limiga aspiranturaga o‘qishga kirgan. AQSh siyosatiga aralashishi Butina chet el agenti sifatida Rossiya nomidan Milliy miltiq uyushmasiga kirish uchun ishlaganGuardian Staff; Press, Associated (April 26, 2019). „Maria Butina sentenced to 18 months for trying to infiltrate US right and NRA“. The Guardian. ISSN 0261-3077. Archived from the original on August 5, 2019. Retrieved August 6, 2019 – via www.theguardian.com.. Torshin va Butina NRA va qurol olib yurish huquqi oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan. Torshin 2011-yildan beri Qoʻshma Shtatlardagi NRA yillik yigʻilishlarida qatnashgan. 2012-yilgi uchrashuvga taklifnoma yuborgan. Torshin 2012-2013-yillarda NRA yillik yigʻilishlarida ham qatnashgan. 2013-yil noyabr oyida Keen Moskvada qurol olib yurish huquqi konferentsiyasida mehmon boʻlgan. thumb| Butina 2014-yil Butina va Torshin NRAning 2014-yilgi yillik yigʻilishida sobiq NRA prezidenti Kinning maxsus mehmonlari sifatida ishtirok etganMak, Tim (February 23, 2017). „The Kremlin and GOP Have a New Friend — and Boy, Does She Love Guns“. The Daily Beast. Archived from the original on July 17, 2018.. 2014-yilgi yigʻilishda NRA sobiq prezidenti Sandy Fromanning mehmoni sifatida Ayollar yetakchiligida qatnashganHelderman, Rosalind S.; Hamburger, Tom (April 30, 2017). „Guns and religion: How American conservatives grew closer to Putinʼs Russia“. The Washington Post. Archived from the original on April 9, 2018. Retrieved April 8, 2018.. Butina NRA prezidenti Jim Porterga „Right to Bear Arms“ lavhasini taqdim etgan. Butina va Torshin 2015-yilgi NRA yillik anjumanida ham qatnashgan. 2015-yilda NRAning Rossiyada oʻtkazilgan qurolli konferentsiyasida ishtirok etishgan. Ularning mezbonlaridan biri Rossiya Bosh vaziri oʻrinbosari Dmitriy Rogozin boʻlib, 2014-yilda Rossiya Qrimni anneksiya qilganidan keyin Oq uy tomonidan sanksiyaga uchragan edi. Klark taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, „Right to Bear Arms“ uning ovqatlanishi, turar joyi, transporti va boshqa xarajatlarini qoplash uchun 6000 dollar toʻlaganAltman, Alex; Dias, Elizabeth. „Moscow Cozies Up to the Right“. Time magazine. Archived from the original on March 9, 2017. Retrieved July 16, 2018.. Uchrashuv davomida Klark Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi. 2016-yil noyabr oyida Torshin tvitterda va Butina umrbod NRA aʼzosi ekanliklarini yozgаnClifton, Denise; Follman, Mark (March 8, 2018). „The Very Strange Case of Two Russian Gun Lovers, the NRA, and Donald Trump“. Mother Jones. Archived from the original on July 17, 2018.. Butina konservativ Amerika siyosati bilan aloqalarni rivojlantirishga harakat qilgаn. The Daily Beast nashrining yozishicha, u o‘zini "Rossiya markaziy banki xodimi, qurol huquqlari bo‘yicha yetakchi himoyachi, „Rossiya Federatsiyasi vakili“, Vashingtondagi aspirant, jurnalist va Tramp jamoasi bilan aloqador sifatida ko‘rsatgan. 2016-yilgi prezidentlikka nomzod Rik Santorum bilan suratga tushgаn. 2015-yilgi NRA yillik yigʻilishida u Viskonsin gubernatori Skott Uoker bilan uchrashdi va 2015-yil iyul oyida Uokerning 2016-yilgi prezidentlik kampaniyasining boshlanishida ishtirok etgаnClifton, Denise; Follman, Mark (March 8, 2018). „The Very Strange Case of Two Russian Gun Lovers, the NRA, and Donald Trump“. Mother Jones. Archived from the original on July 17, 2018.. Amerika Qoʻshma Shtatlari v. Mariya Butina, aka Mariya Butina  2018-yilning 15-iyulida Butina AQShda xorijiy hukumat agenti sifatida ishlaganlik aybi qo‘yilgаn. Chet el agentlarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qonunni buzganlikda ayblanganligi haqida notoʻgʻri xabar berilgan. Qoʻshma Shtatlar qonunchiligiga koʻra, xorijiy hukumatlarni vakillik qiluvchi barcha lobbichilar Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtishlari shart boʻlgаn„Maria Butina: NRA member, lobbyist, and Kremlin spy?“. Deutsche Welle. July 17, 2018. Archived from the original on July 20, 2018. Retrieved July 20, 2018.. Tasdiqnoma 2017-yil fevraligacha Butina Rossiya hukumatidagi yuqori martabali amaldorning koʻrsatmasi boʻyicha ishlagan. Butinaning Rossiyadan bir necha bor tashrif buyurganida va keyinroq AQShda talaba vizasi bilan kirib kelganida va istiqomat qilganida ushbu harakatni davom ettirish uchun qilgan muayyan harakatlari tasvirlangan. Arizalarda o‘z faoliyatini „qonun talabiga binoan Rossiya hukumatining agenti sifatida ishlaganini rasman oshkor qilmasdan“ boshlagani aytilgаn. Daʼvo shartnomasi Butinaning advokatlari va federal prokurorlari 2018-yil 16-noyabrdagi sud arizasida aybni tan olish bo‘yicha muzokaralarga kirishganliklarini eʼlon qilishgаn. 13-dekabr kuni u noqonuniy chet el agenti sifatida harakat qilish uchun fitna uyushtirganlikdagi aybini tan olgаn. Shu bilan birga chet el agenti sifatida roʻyxatdan oʻtmaslik haqidagi dastlabki ayblov olib tashlangаn. U besh yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan. Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Manbalar