Joseph Gardiner Absolom Bambrick () (1905-yil 3-noyabr – 1983-yil 13-oktabr) – shimoliy irlandiyalik futbolchi. Joseph Bambrick „Chelsea“, „Walsall“, „ Glentoran“ va „Linfield“ kabi futbol jamoalarida oʻynagan.
Klublardagi oʻyin faoliyati
Irlandiya ligasi Joseph Bambrick oʻzining professional faoliyatini „Glentoran“ futbol klubi bilan boshladi. Keyinchalik, Joseph Bambrick „Linfield“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Joseph Bambrickning „Linfield“ futbol klubidagi faoliyati ancha yaxshi boʻldi. Joseph Bambrick klub safida 183 ta oʻyinda jami 286 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Bu gollardan 50 tasi 1930—1931-yilgi mavsumga toʻgʻri keladi,. Bu koʻrsatkich oʻsha yili dunyodagi eng yuqori va Britaniya futbolidagi oʻsha paytdagi rekord natijalar edi. Oʻsha mavsumda Joseph Bambrick barcha musobaqalarda 96 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Bu bilan Joseph Bambrickning „Linfield“ futbol klubidagi umumiy gollari soni atigi 8 yil ichida 509 ta golni tashkil etdi. Shuning uchun Joseph Bambrick toʻrt marta Irlandiya ligasi toʻpurari sifatida mavsumni yakunlangan edi.
Chelsea 1935-yil 24-dekabrda Joseph Bambrick Angliyaning „Chelsea“ futbol klubi bilan 3000 funt sterling evaziga shartnoma imzoladi . Shundan soʻng, Joseph Bambrick 25-dekabr kuni (Rojdestvo kuni) „Aston Villa“ futbol klubiga qarshi klub safidagi ilk uchrashuvini oʻtkazdi. Joseph Bambrick oʻzining birinchi golini ertasi kuni (Boxing Day) „Aston Villa“ futbol klubi darvozasiga kiritdi. 1935-yil 12-oktabrda mahalliy raqib „Arsenal“ futbol klubi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvni (1:1 hisobidagi durang) 82 905 kishi tomosha qildi. Umuman olganda, Joseph Bambrick „Chelsea“ futbol klubi safida 66 oʻyinda 38 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.
Walsall 1938-yil iyul oyida Joseph Bambrick „Walsall“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Joseph Bambrick klub safida ikkinchi jahon urushi boshlanishidan oldin bir mavsum oʻtkazib, nafaqaga chiqdi. Keyinchalik, Joseph Bambrick „Linfield“ futbol klubi safiga murabbiy sifatida qaytdi.
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati Joseph Bambrick Irlandiya milliy futbol terma jamoasi safida 11 oʻyinda maydonga tushib, 12 ta gol urishga muvaffaq boʻ[ldi. Joseph Bambrick Irlandiya milliy futbol terma jamoasi safida Uels millioy futbol terma jamoasiga qarshi uchrashuvda (bitta oʻyinda) 6 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Joseph Bambrickning terma jamoa safida kiritgan gollari soni hali ham Shimoliy Irlandiya terma jamoasi tarixidagi eng koʻp gol urgan futbolchilar roʻyxatida toʻrtinchi oʻrinni egallab turishini taʼminlaydi.
Xalqaro oʻyinlar № Sana Joy Raqib Natija Musobaqa 1 1928-yil 22-oktyabr Liverpool, Angliya 1-2 1929-yilgi Britaniya uy chempionati 2 1929-yil 23-fevral Belfast, Shimoliy Irlandiya 3-7 3 4 1930-yil 1-fevral Belfast, Shimoliy Irlandiya 7-0 1930-yilgi Britaniya uy chempionati 5 6 7 8 9 10 1931-yil 5-dekabr Belfast, Shimoliy Irlandiya 4-0 1932-yilgi Britaniya uy chempionati 11 1935-yil 27-mart Wrexham, Uels 1-3 1935-yilgi Britaniya uy chempionati 12 1938-yil 16-mart Belfast, Shimoliy Irlandiya 1-0 1938-yilgi Britaniya uy chempionati
Manbalar
Turkum:1905-yilda tugʻilganlar Turkum:1983-yilda vafot etganlar Turkum:Shimoliy Irlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:NIFL Premiership futbolchilari Turkum:Glentoran F.C. futbolchilari Turkum:Linfield F.C. futbolchilari Turkum:Walsall F.C. futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari