Joan Acocella (Qizlik familiyasi: Ross, 1945-yilda tugʻilgan) — amerikalik jurnalist, The New Yorker gazetasining xodimi. U raqs, adabiyot va psixologiya haqidagi bir nechta asarlar muallifi.
Tarjimai holi Acocella 1966-yilda Berklidagi Kaliforniya universitetida ingliz tilida bakalavr darajasini oʻqigan. Bir necha ilmiy darajaga erishgan. 1984-yilda Rutgers universitetida qiyosiy adabiyot boʻyicha Rus baletlari haqida dissertatsiya yozgan.
Joan The Village Voice gazetasida muharrir boʻlib ishladi. Dance Magazineda katta tanqidchi va sharhlar muharriri boʻlib xizmat qildi. Financial Timesda New York raqs tanqidchisi sifatida faoliyat yuritgan. Acocellaning maqolalari New Yorkdagi gazetalarda muntazam ravishda eʼlon qilinardi. U 1992-yildan The New Yorker gazetasida muharrir va 1998-yildan 2019-yilgacha raqs tanqidchisi sifatida xizmat qilgan.
Acocellaning kitoblari orasida „Creating Hysteria: Women and Multiple Personality Disorder“ (1999), „Mark Morris“ (1993), zamonaviy raqqosa va xoreograf Mark Morrisning tarjimai holi va „Twenty-Eight Artists and Two Saints“ (2007) kabilar bor. Joan g‘ayrioddiy rassomlar orasida keng tarqalgan fazilatlarni o‘rganadi. U shuningdek, "The Diary of Vaslav Nijinsky: Unexpurgated Edition" (1999), „André Levinson on Dance“ (1991) va "Mission to Siam: The Memoirs of Jessie MacKinnon Hartzell" (2001) kabi asarlarni yozgan va tahrirlagan.
Joanning 1995-yil 27-noyabr sonida chop etilgan New Yorker gazetasidagi „Cather and the Academy“ maqolasi New Yorkdagi Newswomenʼs Club tomonidan „Front Page“ mukofotiga sazovor boʻlgan va 1996-yil „Eng yaxshi Amerika maqolalari“ antologiyasiga kiritilgan. Acocella keyinchalik maqola nomini „Willa Cather and the Politics of Criticism“ (2000)ga almashtirgan.
Mukofotlari
2017-yil —Harold D. Vursell xotira mukofoti, Amerika sanʼat va adabiyot akademiyasi 2017-yil — Dorothy and Lewis B. Cullman olimlar va yozuvchilar markazi hamkori 2012-yil — Holtzbrinck (Berlindagi Amerika Akademiyasi)ning Berlin mukofoti sovrindori. 2007-yil — Amerika sanʼat va adabiyot akademiyasining adabiyot yoʻnalishidagi mukofot. 2002-yildan hozirgi kungacha — New York gumanitar fanlar instituti xodimi. 1993-1994 — Guggenheim fondi aʼzosi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1945-yilda tugʻilganlar Turkum:Jurnalistlar