Bagrat IV ( ; 1018 – 1072-yil) – Bagrationi sulolasidan boʻlib, 1027-yildan 1072-yilgacha Gruziya qiroli boʻlgan. Bagrat oʻzining uzoq va toʻqnashuvlarga boy hukmronligi davrida yirik zodagonlarni qatagʻon qilishga, Gruziya suverenitetini Vizantiya va Saljuqiylar imperiyasidan himoya qilishga harakat qilgan. Bir qator toʻqnashuvlarda Bagrat oʻzining eng kuchli vassall hamda Liparitidlar oilasining raqiblarini magʻlub qilishgan shuningdek, bir nechta mamlakat atrofidagi feodallarni oʻz nazoratiga olgan. Lorri va Kaxeti qirollarini, shuningdek, Tbilisi amirini asirga tushirishga muvaffaq boʻlgan. Koʻplab oʻrta asr Kavkaz hukmdorlari kabi, Bagrat ham bir nechta Vizantiya unvonlariga ega edi, xususan, nobelissimos, kuropalatlar va sebastlar ular jumlasidandir.

Yana qarang

Guranduxt (Gruziyalik Jorj I ning qizi)

Manbalar

Turkum:1072-yilda vafot etganlar Turkum:1027-yilda tugʻilganlar Turkum:Gruziya tarixi