Mitan tumani — Oʻzbekiston SSR Samarqand viloyatidagi 1926—1959-yillarda mavjud boʻlgan maʼmuriy birlik. Tarixi Mitan tumani 1926-yilda Oʻzbekiston SSR Samarqand viloyati tarkibida tashkil etilgan. Markazi Mitan qishlogʻi.

1930-yilda Samarqand okrugining tugatilishi munosabati bilan tuman bevosita Oʻzbekiston SSR boʻysunuviga oʻtdi.

1938-yil 15-yanvarda tuman Samarqand viloyati tarkibiga kiritildi.

1943-yil 13-fevralda tumanning 5 ta qishloq soveti yangi tuzilgan Qoʻshrabot tumaniga oʻtkazildi.

1948-yil 1-oktyabr holatiga, tuman tarkibiga 9 qishloq soveti: Oqtepa, Barlos, Zarband, Kultusun, Qoʻngʻirot, Qurli, Mitan, Fayzyobod va Chimqoʻrgʻon kirgan.

1957-yil 12-oktyabrda tugatilgan Qoʻshrabot tumanining bir qismi Mitan tumaniga qoʻshib beriladiVedomosti Verxovnogo Soveta SSSR. № 25 (892), 1957 g..

1959-yil 2-martda tuman tugatilib, hududi Ishtixon tumaniga oʻtkazildiVedomosti Verxovnogo Soveta SSSR. № 11 (943), 1959 g.. Aholisi 1939-yildagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, tumanda 40 008 kishi yashagan, jumladan oʻzbeklar 91,5%, ruslar 2,7%, tojiklar 2,4%, tatarlar 1,2%, qozoqlar 1,1% tashkil etgan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonning tugatilgan tumanlari Turkum:Samarqand viloyati tumanlari