Christopher Alan Nkunku (talaffuzi: Kristofer Alan Nkunku; 1997-yil 14-noyabrda tugʻilgan) — fransiyalik professional futbolchi. U Bundesliganing RB Leipzig klubi va Fransiya terma jamoasida yarim himoyachi yoki hujumchi sifatida oʻynaydi.

Nkunku Paris Saint-Germain akademiyasini tamomlagan va 2015-yilning dekabr oyida klubda professional debyut qilgan. U klub safida 78 ta o‘yin o‘tkazdi va 3 marta Liga 1, 2 marta Fransiya kubogi va 2 marta Liga kubogini qo‘lga kiritdi. Nkunku 2019-yil iyul oyida Germaniyaning RB Leipzig jamoasiga qo‘shildi va u bilan 2021—2022-yilgi mavsumda Bundesliganing eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi hamda DFB-Pokal sovrinini qo‘lga kiritdi.

Nkunku 2022-yil mart oyida kattalar terma jamoasida debyut qilishdan oldin xalqaro maydonda Fransiyani bir necha yoshlar darajasida himoya qilgan.

Yoshligi Christopher Alan Nkunku 1997-yil 14-noyabrda Seine-et-Marnedagi Lagny-sur-Marne kommunasida tug‘ilgan. U olti yoshida AS Marolles safida futbol oʻynay boshladi. 2009-yilda Nkunku Fontainebleauga qoʻshildi. Fontaineblau futbol maktabining sobiq rahbari Norbert Boj 2020-yilda Nkunkuni shunday eslaydi: Yoshligi va bolalarcha fizikasiga qaramay, u „tezligi, texnikasi va oʻyinni koʻrishi“ bilan ajralib turardi. Nkunku yarim himoyaning barcha pozitsiyalarida oʻynay olardi, bu koʻp qirralilikni u klubdagi boshqa bir murabbiyning ta’kidlashicha, „shubhasiz, o‘zining texnik mahorati, biroq ayniqsa o‘yindagi aql-zakovati“ tufayli egallagan edi.

Lens, Le Havre va Monaco klublari sinov muddatini o‘tagan bo‘lsa-da, Nkunkuni juda yosh va yengil boʻlganligi uchun o‘z saflariga qo‘shishmagan. Oxir-oqibat u Paris Saint-Germain bilan shartnoma imzoladi va u yerda 15 yoshgacha boʻlganlar darajasida INF Clairefontaine yoshlar tizimiga oʻtishga muvaffaq boʻldi. Hafta kunlarini INF Clairefontaineda oʻtkazgan va faqat dam olish kunlari Paris Saint-Germain bilan oʻynagan Nkunku oʻn besh yoshida Fransiyaning ushbu kuchli klubiga muntazam oʻynash uchun oʻtgan.

Klubdagi faoliyati

Paris Saint-Germain Nkunku 2010-yilda Paris Saint-Germainning yoshlar tizimiga qoʻshilgan. U 2015—2016-yilgi UEFA Yoshlar ligasida ikkinchi oʻrinni egallagan yoshlar jamoasi tarkibida boʻlgan. Nkunku professional debyutini 18 yoshida, 2015-yilning 8-dekabrida UEFA Chempionlar ligasi doirasida Shaxtar Donetskga qarshi kechgan o‘yinda o‘tkazdi va 87-daqiqadan so‘ng Lucas Mouraning o‘rniga maydonga tushib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. U birinchi professional golini 2017-yil 7-yanvarda Fransiya kubogi doirasidagi Bastiaga qarshi oʻyinda (7:0) urgan edi. 2018-yilning 10-martida Nkunku professional sifatidagi ilk dublini Metzga qarshi o‘yinda (5:0) qayd etdi.

RB Leipzig thumb| Nkunku 2021-yilda RB Leipzig safida oʻynamoqda 2019-yilning 18-iyulida RB Leipzig Nkunku bilan taxminan 13 million yevro va bonuslar evaziga besh yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. U klubdagi debyutini 11-avgust kuni DFB-Pokal oʻyinida VfL Osnabruckga qarshi oʻtkazdi va bu oʻyin 3:2 hisobidagi gʻalaba bilan yakunlandi. Nkunkuning Bundesligadagi debyuti bir hafta oʻtib, 2019—2020-yilgi mavsumning birinchi oʻyinida, mintaqaviy raqibi Union Berlinga qarshi uchrashuvda boʻldi va u Leipzig bilan birga raqibi ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonib, birinchi raqobatbardosh golini kiritdi.

2020-yil 22-fevralda Nkunku Schalke 04 ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Shu tariqa, u Bundesliga tarixida 2012-yilda Szabolcs Hustzidan keyin bitta o‘yinda to‘rtta golli uzatma qayd etgan ikkinchi futbolchiga aylandi.

2021-yil 15-sentyabrda Nkunku 2021—2022-yilgi UEFA Chempionlar ligasining guruh bosqichi doirasida Manchester Cityga 6:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan oʻyinda xet-trik qayd etdi. U klub tarixida Chempionlar ligasida xet-trik qayd etgan birinchi futbolchi boʻldi. 2021-yil 25-sentyabrda Nkunku Hertha BSCga qarshi o‘yinda (6:0) dubl qayd etdi. Bir hafta oʻtgach, u VfL Bochumga qarshi oʻyinda yana bir dubl qayd etdi va faoliyatida birinchi marta ketma-ket dublga erishdi. 2022-yil may oyida Nkunku 34 ta liga oʻyinida 20 ta gol urib, 13 ta golga assistentlik qilganidan soʻng, 2021—2022-yilgi mavsumda Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritdi.

Xalqaro faoliyati Nkunku Fransiyada tug‘ilgan va asli Kongodan. U xalqaro miqyosda 16 yoshgacha, 19 yoshgacha, 20 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan darajalarda Fransiya yoshlar terma jamoasini himoya qilgan. Nkunku 20 yoshgacha boʻlganlar terma jamoa safida 2017-yilgi FIFA 20 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida uchta oʻyin oʻtkazdi.

Nkunku birinchi marta 2022-yilning 25- va 29-mart kunlari Kot-dʼIvuar va Janubiy Afrikaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari uchun Fransiya terma jamoasiga chaqirildi. U Kot-dʼIvuarga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda debyut qildi. 2022-yil 9-noyabrda Nkunku 2022-yilda Qatarda bo‘lib oʻtadigan FIFA Jahon chempionati uchun Fransiya terma jamoasining 25 kishilik tarkibiga kiritildi. 15-noyabr kuni u Clairefontainedagi mashgʻulot vaqtida Eduardo Camavinga bilan toʻqnashib ketganidan soʻng tizzasidan jarohat oldi va bu musobaqadan oldin uni tark etishga majbur boʻldi.

Faoliyat statistikasi

Klub : +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiYevropaBoshqaJamiDivizionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarParis Saint-Germain B2015—2016CFA182————1822016—2017CFA93————93Jami275————275Paris Saint-Germain2015—2016Liga 15000001000602016—2017Liga 181413010001622017—2018Liga 1204313000102752018—2019Liga 122350100011294Jami5581227020217811RB Leipzig2019—2020Bundesliga32530—90—4452020—2021Bundesliga28650—71—4072021—2022Bundesliga342064—1211—52352022—2023Bundesliga151211—63112317Jami10943155—34151115964Faoliyati jami191562777036153226480

Xalqaro : +Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Fransiya 2022 8 0 Jami 8 0

Yutuqlar Paris Saint-Germain

Liga 1: 2015—2016, 2017—2018, 2018—2019 Fransiya kubogi: 2016—2017, 2017—2018  Liga kubogi: 2016—2017, 2017—2018  Chempionlar kubogi: 2017, 2018

RB Leipzig

DFB-Pokal: 2021—2022

Individual

Bundesligada mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi: 2021—2022 Bundesligada mavsumning eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 2021—2022 VDV Bundesligada mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi: 2021—2022 VDV Bundesligada mavsumning eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 2021—2022 Bundesligada oyning eng yaxshi oʻyinchisi: Oktyabr 2021, Fevral 2022, Mart 2022, Aprel 2022 UEFA Yevropa ligasida „Mavsum jamoasi“: 2021—2022

Manbalar

Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:RB Leipzig futbolchilari Turkum:Paris Saint-Germain F.K. futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Championnat National 2 futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Fransiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevropa Konferensiya Ligasi chempion futbolchilari Turkum:Fransiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari