Leonardo Koutris (); 1995-yil 23-iyulda tugʻilgan) — professional futbolchi, Superliganing „Olympiacos“ klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

Ergotelis Braziliyaning Ribeirão Preto shahrida tugʻilgan Koutris oʻz faoliyatini Niki Rodos shahrining mahalliy havaskorlar jamoasida boshlagan. 2013-yilning 28-yanvarida Super League klubi Ergotelis bilan professional shartnomasi imzoladi va 2013-yilning 1-dekabrida Gretsiya chempioni „Olympiacos“ ga qarshi o‘yinda zaxira o‘yinchisi sifatida debyut qildi.

PAS Giannina Erkin agent sifatida Koutris 2016-yilning 26-yanvarida Gretsiya Superligasi klubi PAS Gannina bilan uch yillik shartnoma imzoladi. 2016-yilning 21-iyulida, 2016—2017-yilgi UEFA Yevropa Ligasi uchinchi saralash bosqichida Norvegiyaning „Odd“ga qarshi oʻyinda debyut qildi va qo‘shimcha daqiqalarda gol urdi.

2017-yilning 28-aprelida chempion „Olympiacos“ bilan shartnoma imzoladi va sobiq jamoasi taxminan 600 000 yevro ishlab oldi.

Olympiacos 2017-yilning 25-iyulida Koutris klubdagi debyutini „Partizan“ga qarshi oʻyinda (3:1) oʻtkazdi. Klubning barcha xalqaro oʻyinlarini oʻtkazdi va „Olympiacos“ bir yildan soʻng UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga chiqdi. 2017-yil 9-sentabr kuni klub bilan Superligada debyutini safarda „Ksanti“ga qarshi o‘yinda (1:1) o‘tkazdi. 2017-yilning 18-noyabrida klub bilandagi birinchi golini urdi, Superliga doirasidagi „Levadiakos“ga qarshi kechgan bahs 2:1 hisobida yakunlandi.

Mallorcaga ijara 2020-yil 29 yanvarda Koutris „Olympiacos“ dan La Liganing „Mallorka“ klubiga olti oylik ijara shartnoma asosida oʻtdi. 2020-yil 15-fevralda Deportivo Alavesga qarshi oʻyinninng birinchi boʻlimda Lumor Agbenyenu oʻrniga maydonga tushi debyutini oʻtkazdi. 2020-yilning 21-fevralida „Real Betis“ga qarshi o‘yinda jarohat oldi, olti oy maydonga tushmasligi maʼlum bo‘ldi.

Fortuna Düsseldorfga ijara 2020-yil 2-oktyabrda 2. Bundesliga klubi Fortuna Düsseldorf 25 yoshli chap qanot himoyachisini "Olympiacos" dan 3 million yevroga sotib olish opsiyasi bilan ijaraga olganini eʼlon qildi.

Xalqaro faoliyati 2018-yil 9-noyabr kuni Gretsiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Angelos Anastasiadis chap qanot himoyachisi Koutrisni UEFA Millatlar ligasi doirasida Finlandiya va Estoniyaga qarshi o‘yinga chaqirdi. 2018-yilning 15-noyabrida Finlandiyaga qarshi o‘yinda (1:0) debyut qildi.

Shaxsiy hayoti Koutris ham Gretsiya, ham Braziliya fuqaroligiga ega, otasi yunon va onasi braziliyalik.

Faoliyat statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokQitʼaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarErgotelis2012—2013Futbol Ligasi2000—202013—2014Gretsiya Superligasi4000—402014—201511031—1412015—2016Gretsiya Superligasi14050—190Jami31081—391PAS Giannina2015—2016Gretsiya Superligasi1000—102016—20172803021331Jami2903021341Olympiacos2017—2018Gretsiya Superligasi20130903212018—201917040302402019—2020602010902022—202310000010Jami44190130661Mallorca (ijara)2019—2020La Liga2000—20Fortuna Düsseldorf (ijara)2020—20212. Bundesliga15010—1602021—202212010—130Jami2702000290Jami faoliyati13312211511703

Yutuqlari

Klub

Gretsiya Superligasi: 2019—2020 Gretsiya kubogi: 2019—2020

Individual

Gretsiya Superligasining eng yaxshi jamoasi: 2016—2017

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Gretsiyalik erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari