Joshua Thomas Sargent () (2000-yil 20-fevralda tugʻilgan)—amerikalik professional futbolchi. Joshua Sargent EFL chempionati vakili „Norwich City“ futbol klubi va AQSh milliy futbol terma jamoasi safida hujumchi va yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. 2017-yilning may oyida, 17 yoshida Joshua Sargent FIFA U-20 Jahon chempionatida gol urgan eng yosh amerikalik futbolchiga aylandi.
Yoshligi Sargent Missouri shtatining OʻFallon shahrida Jeff va Liane Sargent oilasida tugʻilgan. Joshua Sargent sakkiz yoshida „Scott Gallagher“ futbol klubiga qoʻshilgan„Josh Sargent: The pride of soccer-rich St. Louis“, Soccer America, Mike Wotalla, May 26, 2017..
Klublardagi oʻyin faoliyati
Dastlabki yillar Joshua Sargent St. Louis Scott Gallagher nomli AQSh Futbolni rivojlantirish akademiyasi klubida oʻynagan. 2016-yilgi Nike xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvidagi ajoyib oʻyinidan soʻng, Joshua Sargent 2016-yilning yozida „Kansas City“ futbol klubi bilan ikki hafta mashgʻulot oʻtkazdi. Shuningdek, Joshua Sargent oʻsha yilning oktyabr oyida Gollandiyaning "PSV Eindhoven" futbol klubida bir haftalik mashgʻulot oʻtkazdi. 2017-yil yanvar oyida Joshua Sargent AQShning 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasiga chaqirildi. Shundan soʻng, Joshua Sargent Germaniyaning "Schalke 04" futbol klubida mashgʻulot oʻtkaza boshladi.
Werder Bremen 2017-yilning 20-sentabrida „Werder Bremen“ futbol klubi Sargent 2018-yilning 1-yanvarida klub safiga qo‘shilishi, so‘ngra FIFA qoidalariga ko‘ra, 18 yoshga to‘lgan kunida professional shartnoma imzolashini eʼlon qildi. Shundan soʻng, Joshua Sargent 2018-yil 20-fevralda klub bilan 2018—2019-yilgi mavsum uchun shartnoma imzoladi.
2018-yil 7-dekabrda Joshua Sargent „Werder Bremen“ futbol klubining asosiy jamoasi safida ilk oʻyinini oʻtkazdi.
2019-yilning fevral oyida Sargent klub bilan shartnoma muddatini „uzoq muddatli“ qilishga rozi boʻldi.
Norwich City 2021-yil 9-avgustda Sargent „Werder“ futbol klubini tark etib, Premyer-liga vakili „Norwich City“ futbol klubi safiga qo‘shildi. Joshua Sargent klub bilan 9,5 million yevro miqdorida to‘rt yillik shartnoma tuzdi.
Shaxsiy hayoti Joshua Sargent Kirsten Leppingga uylangan. Ular 2020-yil avgust oyida unashtirilgan edi. Sargentning 2022-yil 13-yanvarda tug‘ilgan bir qizi bor.
Faoliyat statistikasi
Klub +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Werder Bremen II 2018—2019 Nord mintaqaviy ligasi 12 7 — — — 12 7 Werder Bremen 2018—2019 Bundesliga 10 2 — — — 10 2 2019—2020 Bundesliga 28 4 4 0 — 2 0 34 4 2020—2021 Bundesliga 32 5 3 2 — — 35 7 2021—2022 2. Bundesliga 2 2 — — — 2 2 Jami 72 13 7 2 — 2 0 81 15 Norwich City 2021—2022 Premyer-liga 26 2 2 0 1 2 — 29 4 2022—2023 Chempionat 19 9 0 0 1 0 — 20 9 Jami 45 11 2 0 2 2 — 49 13Jami 129 31 9 2 2 2 2 0 142 35
Xalqaro +Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyinlar va gollar Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar Qoʻshma Shtatlar 2018 6 2 2019 6 3 2021 7 0 2022 1 0 Jami 20 5 +Joshua Sargent tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati No. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2018-yil 28-may Talen Energy stadioni, Chester, Amerika Qoʻshma Shtatlari 2-0 3-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi 2 2018-yil 16-oktyabr Pratt & Whitney stadioni, East Hartford, AQSH 1-0 1-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi 3 2019-yil 11-oktyabr Audi Field, Vashington, AQSH 6-0 7-0 2019—2020-yilgi CONCACAF Millatlar ligasi 4 2019-yil 19-noyabr Truman Bodden sport majmuasi, George Town, Cayman orollari 1-0 4-0 2019—2020-yilgi CONCACAF Millatlar ligasi 5 4-0
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Amerikalik erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar